Jizzax davlat pedagogika unversiteti


Download 0.88 Mb.
bet2/15
Sana13.02.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1193493
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
5-MAVZU

Mulkni xususiylashtirish va ko‘p ukladli iqtisodni shakllantirish O‘zbekistonda o‘ziga xos yo‘l bilan amalga oshirildi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdagi maqsad: 1. Davlat monopoliyasini tugatib ma’muriy buyruqbozlik tizimiga barham berish va bozor iqtisodiyotiga asos solish; 2. Xususiy mulkdorlarning keng qatlamini shakllantirish; 3. Xorijiy sarmoyadorlarga keng yo‘l ochish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va aholining turmush tarzini yuksaltirishdan iborat. 1992-1993-yillar xususiylashtirishning birinchi bosqichida «Kichik xususiylashtirish» amalga oshirildi. Buning oqibatida asosan maishiy xizmat va savdo korxonalari, transport va qurilishning kichik korxonalari, davlat sanoat va mahsulot qayta ishlash korxonalari mulk shaklini o‘zgartirdi. Bular mulkning ijara, jamoa va aksiyadorlik shakliga aylantirildi. Uy-joylar keng miqyosda xususiylashtirilib, aholining ayrim qismiga tekin, boshqa qismiga esa arzon narxda xususiy mulk etib berildi.

  • Mulkni xususiylashtirish va ko‘p ukladli iqtisodni shakllantirish O‘zbekistonda o‘ziga xos yo‘l bilan amalga oshirildi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdagi maqsad: 1. Davlat monopoliyasini tugatib ma’muriy buyruqbozlik tizimiga barham berish va bozor iqtisodiyotiga asos solish; 2. Xususiy mulkdorlarning keng qatlamini shakllantirish; 3. Xorijiy sarmoyadorlarga keng yo‘l ochish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va aholining turmush tarzini yuksaltirishdan iborat. 1992-1993-yillar xususiylashtirishning birinchi bosqichida «Kichik xususiylashtirish» amalga oshirildi. Buning oqibatida asosan maishiy xizmat va savdo korxonalari, transport va qurilishning kichik korxonalari, davlat sanoat va mahsulot qayta ishlash korxonalari mulk shaklini o‘zgartirdi. Bular mulkning ijara, jamoa va aksiyadorlik shakliga aylantirildi. Uy-joylar keng miqyosda xususiylashtirilib, aholining ayrim qismiga tekin, boshqa qismiga esa arzon narxda xususiy mulk etib berildi.

Dastlabki davrda agrar sohada ham islohotlar amalga oshirildi. Natijada qishloq xo‘jaligida 770 kolxoz va davlat xo‘jaliklari xususiylashtirildi, jamoa va ijara xo‘jaliklariga aylantirildi. Lekin qishloqda bu jarayon sekin va qiyinchliklarni bartaraf etishga to‘g‘ri keldi. I.A.Karimov ta’kidlaganidek, agrar sohadagi byurokratik boshqaruv tizimining har xil to‘siqlari qishloqda islohotning borishiga xalaqit berardi. Mulkning davlat tasarrufidan chiqarish jarayonining birinchi bosqichidagi eng muhim xulosa mulkdorlar sinfining shakllana boshlagani, xususiylashtirish mexanizmining ishlab chiqilishi, iqtisodiy islohotlarga nisbatan kishilar psixologiyasi va munosabatining o‘zgarishi bo‘ldi. Mustaqillik yillari yuz bergan tub o‘zgarishlardan biri mamlakatda ikki yo‘l bilan mulkdorlar sinfi shakllana boshladi. Birinchidan, kichik korxonalar va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish, ikkinchidan, pul mablag‘larini omonat kassalari yoki banklarigaqo‘yish, qimmatbaho qog‘ozlarga aylantirish yo‘li bilan. Iqtisodiy jihatdan erkin bo‘lgan mulkdor «o‘z boyligini ko‘paytirishdan manfaatdor bo‘libgina qolmay, balki butun mamlakatni boyitishga ham qodir bo‘ladi»-deydi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov.

  • Dastlabki davrda agrar sohada ham islohotlar amalga oshirildi. Natijada qishloq xo‘jaligida 770 kolxoz va davlat xo‘jaliklari xususiylashtirildi, jamoa va ijara xo‘jaliklariga aylantirildi. Lekin qishloqda bu jarayon sekin va qiyinchliklarni bartaraf etishga to‘g‘ri keldi. I.A.Karimov ta’kidlaganidek, agrar sohadagi byurokratik boshqaruv tizimining har xil to‘siqlari qishloqda islohotning borishiga xalaqit berardi. Mulkning davlat tasarrufidan chiqarish jarayonining birinchi bosqichidagi eng muhim xulosa mulkdorlar sinfining shakllana boshlagani, xususiylashtirish mexanizmining ishlab chiqilishi, iqtisodiy islohotlarga nisbatan kishilar psixologiyasi va munosabatining o‘zgarishi bo‘ldi. Mustaqillik yillari yuz bergan tub o‘zgarishlardan biri mamlakatda ikki yo‘l bilan mulkdorlar sinfi shakllana boshladi. Birinchidan, kichik korxonalar va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish, ikkinchidan, pul mablag‘larini omonat kassalari yoki banklarigaqo‘yish, qimmatbaho qog‘ozlarga aylantirish yo‘li bilan. Iqtisodiy jihatdan erkin bo‘lgan mulkdor «o‘z boyligini ko‘paytirishdan manfaatdor bo‘libgina qolmay, balki butun mamlakatni boyitishga ham qodir bo‘ladi»-deydi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov.

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling