Jizzax davlat pedagogika unversiteti
Download 0.88 Mb.
|
5-MAVZU
Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6- sentyabr kuni 2020-2030 yillarda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Ushbu yig‘ilishda qishloq xo‘jaligi erlarining aniq hisobini yuritish, ulardan foydalanishni takomillashtirish muhimligi qayd etildi. Shundan kelib chiqib, «Davergeodezkadastr» qo‘mitasiga 2021-yil oxiriga qadar respublikaning barcha hududlarida erni hisobga olish ishlarini yakunlash, er hisobini yuritish bo‘yicha yagona elektron bazani yaratish, sohaning eksport salohiyatini oshirish va qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishhajmini ko‘paytirish masalalariga alohida ahamiyat qaratilib, bu boradagi jahon tajribasi tahlil qilindi. Istiqlol davrida iqtisodiyotda yangi tarmoqlar – avtomobilsozlik, sellyulozaqog‘oz, qand-shakar, farmatsevtika va boshqa tarmoqlar vujudga keldi. Respublika sanoatida yuksak texnologiyaga asoslangan va istiqbolli tarmoqlarning, ya’ni mashinasozlik, yoqilg‘i-energetika, kimyo va engil sanoat kabi tarmoqlarning hissasi ortib bordi. Natijada, 1995-yilga qadar sanoat ishlab chiqarish hajmi pasayib borgan bo‘lsa, 1996-yildan boshlab sanoat ishlab chiqarish hajmi izchil o‘sib bormoqda. Ma’lumotlardan ko‘rinadiki, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning yillik hajmi 2000- yilda 1990-yildagiga nisbatan 1,2 barobar, 2010-yilda 3 barobar, 2015- yilda esa 4.4 barobar o‘sdi.
Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling