Jizzax davlat pedagogika


 O’zbekistonda adir mintaqasi hayvonlarni o’simliklarga ta’asiri


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana01.03.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1242429
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kurs ishi 2m0403 JONIQULOV DILSHOD

 
2.2 O’zbekistonda adir mintaqasi hayvonlarni o’simliklarga ta’asiri. 
 
Hayvonlarning o‘simliklarga ta‘siri haqida. Hayvonlar tarqalishida aniq 
o‘simlik guruhlari fitotsenozlari bilan bog‘langan bo‘ladi. Hayvonlar va 
o‘simliklarning o‘zaro munosabatini o‘rganishda hayvonlarning o‘simliklarga 
ko‘rsatadigai foydali va zararli ta‘sirini farq qilish kerak bo‘ladi. Yovvoyi 
hayvonlar, chamasi, zarardan ko‘ra ko‘proq foyda keltiradi. Hayvonlar keltiradigan 
asosiy zarar o‘simliklarni yeb tugatish, payhon qilishdan iborat. Lekin ko‘pincha 
hayvonlarning o‘simliklarni yeyishi foydali bo‘ladi. 
Hayvonlar. bidan o‘simlikdarning o‘zaro ta‘siri oziq zanjiri orqali sodir 
bo‘ladi. O‘simliklarni va ularning mevasini hayvonlar yeganda, o‘simlik 
qoplamiga katta ta‘sir ko‘rsatadi. Hayvonlar o‘simliklarning juda ko‘plab urug‘ini 
yo‘qotadi deb hisoblaydilar. Lekin bu borada yetarli ma‘lumotlar yo‘q, chunki 
hammaga ma‘lum, biror o‘simlikka bevosita ta‘sir etilsa, u birinchi navbatda 
yetilgan mevalarini to‘kadi. 
SHuning uchun hayvonlarniig harakati tufayli o‘simlikning pishgan mevalari 
to‘qiladi va hayvonlar ularni yeyishta ham ulgurmaydi. CHigirtkalar, masalan, 
o‘simliklarga juda katta zarar yetkazar edi, ya‘ni yo‘lida uchraganni yeb, yo‘q qilib 
ketar edi. Ular tufayli dehqonchilikda kagta zarar ko‘rilardi. Lekin hoznrgi vaqtda 
bu xildagi ofat bizda uzil-kesil tugatilgan. 
SHuni ham aytish kerakki, hayvonlar o‘simliklarga ham bevosita, ham tuproq 
orqali bilvosita ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Hayvonlarning bevosita ta‘siri 
changlapishda va meva, urug‘larning tarqalishida, yerni go‘ng bilan o‘g‘itlashda 
namoyon bo‘ladi, Hayvonlar o‘simliklarning urug‘i va mevalarini tarqatib, 
fitotsenozga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. Yovvoyi hayvonlarning o‘simliklarga bilvosita 
ta‘siri turli hayvonlar tuproqnn qayta ishlashida namoyon bo‘ladi. Masalan, 
qo‘shoyoqlar taqirlarda tuproq yoriqlaridan lola piyozchalarini kovlab, bu yerda 
shuvoq va boshqa o‘simliklarning o‘sishiga ta‘sir etadi. 
Yer qazuvchi hayvonlar — krotlar, yumronqoziqlar, sichqonlar, kemiruvchilar yer 
yuzasiga karbonatlarni, gipsni olib chiqadi, tuproq va tuproq osti ximizmiga 
nisbatan tuproq sho‘rlanishiga hamda chuqurlanishiga imkon yaratadi, bu xildagi 
sharoit ba‘zi o‘simliklar uchun foydali bo‘lsa, boshqalarni uchun zararli bo‘lishi 
mumkin. 
O‘rta Osiyo cho‘llarida qumsichqonlarning faoliyati ayniqsa yorqin namoyon 
bo‘ladi. Botanik _V. _B. Drobov o‘z ishlarining birida takidlashishicha — 
6
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-
1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 951 w 
October 2022 www.oriens.uz 


18 
qumsichqonlar saksovulning yaxshi rivojlanishiga imkon yaratadi. Saksovul 
shoxlari ostida deyarli hech narsa o‘smaydi, chunki uning to‘kilayotgan 
barglaridan yuvilib tushgan tuzlar tuproqni tsementlaydi, natijada uning yuzasnda 
suv va havo kirishiga to‘sqinlik qiluvchi qatlam hosil bo‘ladi. 
Qumsichqonlar saksovulning-ostiga joylashib olganda, intensiv ravishda 
shoxcha-larini kemirib arralay boshlaydi, bu esa tinim davrida bo‘lgan 
kurtaklarning uyg‘onishiga olib keladi va saksovul ma‘lum vaqtgacha yaxshi 
o‘sadi. Lekin bunda saksovul tezda kuchsizlanib qoladi va ildizlari ham 
shikastlangani uchun qurib qoladi. Saksovul qurib qolgan joylardan piyoda yurish 
ancha qiyin, tuyada yurish hayot uchun xavfli, chunki bu joylarni qumsich-qonlar 
juda kovlab tashlagan bo‘ladi. Tuproq qatlamida o‘sadigan o‘simliklar va o‘simlik 
guruhlari hayo-tida umurtqasiz hayvonlarning roli katta. 
Tuproqda katta ish olib boruvchi yomg‘ir chuvalchanglariga ayniqsa e‘tibor berish 
kerak. Ular tuproqni yumshatadi, o‘simliklar qoldig‘ini maydalaydi va qayta 
ishlaydi, ularning parchalanishiga va tuproq organik moddalarga boyishiga imkon 
yaratadi. Buning natijasida tuproqning strukturasi, suv o‘tkazuvchanligi, namligi 
va ximiyaviy tarkibi yaxshilanadi. Yomg‘ir chu-valchanglari tuproqning 
unumdorligini oshiradi. 
Lekin keyingi vaqtlarda tuproqda yomg‘ir chuvalchanglari kamayib 
ketayotganligi kuzatilmoqda, ayniqsa ular turli ximikatlar ishlatiladigan 
maydonlarda kamayib bormoqda. 
Ta‘sirning boshqa yo‘llari yuqorida batafsil ko‘rib chiqilgan.
7
2.2. 3-rasim. 
7
https://ziyonet.uz/ 


19 
XULOSA 

Adirlarni o‘zining go‘zalligi bilan o‘ziga insonoyatni jalb etadi. Har bir 
kishini maftunkor adirlarni qoplab turgan o‘tloqlar, ulardagi xushbo‘y gullar, 
dorivor o‘simliklar, hayvon turiari, toza havo, sho‘x sharsharalari, baland 
tepaliklar, qoyalari bilan rom etadi. Bularning hammasidan zavq. olish kerak, har 
bir narsaning o‘z qadriga etish,tabiatdagi mujazgina bir jonli mavjudotni ham 
asray-avaylash lozim. Lekin insonlar bularning qadriga etish, zavq olish o‘rniga 
ularga ozor etkazishadi, masalan, adirdagi endi ochilgan gullarning eng kattasi, eng 
chiroylisini uzib olib, guldasta tayorlaydi, lekin o‘ylab ko‘rishmaydi-ki ozgina vaqt 
o‘tib bu gullar so‘lib, qurib qolishini, o‘z chiroyini yuqotgan guldastani esa tashlab 
yuboriladi. Boshqa mamlakatlarda bunday olishda ko‘pgina ishlar qilingan. 
Masalan, Fransiyada toğ etaklarida odamlar, uchun turli mavzularda 
"murojaatnoma"lar taxtakachlarda qoqib qo‘yilgan, jumladan, gullarning dam 
oluvchi sayyohlarga murojaati: "Bizni uzmang, uzib siz bizni o‘ldirasiz va bizni 
avlod qoldirishdan mahrum etasiz". Gullarni asray bilish, uning qadriga etish har 
bir kishining madaniyati va tarbiyasidan darak beradi.Yovvovi gullar - bu 
hammaning boyligidir. Agarda bunday gullar yo‘qolib ketsa tabiat qashshoqlanib 
qoladi va toğ, yaylovlarimiz o‘z chiroyi va ko‘rkini yo‘qotadi. Shuning uchun biz 
tabiatning barcha jonzotlarni avaylaymiz, ularni asray olishimiz, ona- 
Vatanimizning har bir burchagini saqlashda o‘z kuchimizni sarflashimiz kerak. 
Tabiat faqat bizgina emas, balki kelajak avlodimiz uchun ham kerak. 


20 

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling