Jizzax politexnika instituti " Energetika va radioelektronika " fakulteti


Download 4.07 Mb.
bet2/9
Sana10.10.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1697177
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2023 Тўғирлагич. тайёр.ЛОТИНЧА

Transformatorlar
1-rasmda bir fazali transformatorning elektrik sxemasi keltirilgan.Bu yerda   – tarmoq kuchlanishiga ulanadigan birinchi chulg‘am o‘zgaruvchan kuchlanish, tok va cho‘lg‘amlar soni.   – yuklamaga ulanadigan kuchlanish, tok va ikkilamchi chulg‘amlar soni.
I1 Tp I2

U1 W1 W2 U2


2-rasm. Bir fazali transformatorning elektrik sxemasi


Shahar tarmog‘idagi kuchlanishga ulanadigan transformator pasaytiruvchi va yuksaltiruvchi transformatorlarga bo‘linadi. Birlamchi chulg‘amga ulangan kuchlanishni ikkilamchi chulg‘amda pasaytiri olinsa pasaytiruvchi transformator deyiladi. Birlamchi chulg‘amga ulangan kuchlanishni ikkilamchi chulg‘amda yuksaltirilsa yuksaltiruvchi transformator deyiladi. Agar transformatorning kirishidagi kuchlanish bilan chiqishidagi kuchlanish teng bo‘lsa, bo‘luvchi yoki ajratuvchi transformator deyiladi. Bunday transformatorlar qurilmalarni xalaqitlardan muxofazalashda ishlatiladi.
II. Nazariy qism
O‘zgarmas kuchlanish manbalaridagi to‘g‘irlagichlarning turlari.
Bir fazali tug‘irlagichlar.

O‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka o‘zgartiruvchi to‘g‘irlagichlarni ko‘p turlari mavjud. Quyidagi sxemalarda keng tarqalganlari keltirilgan. Bularni tartib bilan o‘rganish uchun quyidagi belgilarga asosan klassifikatsiyalanadi


a) faza kuchlanishining har bir yarim davrida yuklamadan oqadigan tokning xarakteriga qarab;
b) o‘zgaruvchan kuchlanishning fazalar soniga qarab;
v) manbaning fazalar soniga qarab.
a) tipli to‘g‘irlagichlarga bitta yarim va ikkita yarim davrli to‘g‘rilagichlar kiradi (3-4- 5-rasm).

3- rasm. Bitta yarim davrli to‘g‘irlagich

4- rasm. Ikki yarim davrli nol chiqishli to‘g‘rilagich

5- rasm. Ikki yarim davrli ko‘priksimon ulangan to‘g‘irlagich

Uch fazali nol chiqishli to‘g‘irlagich 6- rasmda keltirilgan



6– rasm. Uch fazali nol chiqishli to‘g‘rilagich
To‘g‘irlagichlar ishlayotgan tarmog‘iga qarab bir fazali va uch fazali to‘g‘irlagichlarga (6-rasm) bo‘linadi.

7- rasm. Uch fazali ko‘priksimon ulangan to‘g‘irlagich


To‘g‘irlagichlarda to‘g‘irlangan kuchlanishning fazalar sonini aniqlash uchun quyidagi ifodadan foydalaniladi



m – to‘g‘irlangan faza, p – to‘g‘irlanuvchi kuchlanishning fazalar soni, q – yarim davrlar soni.
To‘g‘irlagich qurilmasi chiqish parametrlari, ventil parametrlari, to‘g‘irlash sxemalari va transformator parametrlari bilan xarakterlanadi.
Chiqish parametrlariga:

  • To‘g‘irlangan kuchlanishning o‘rtacha qiymati -  ;

  • To‘g‘irlangan tokning o‘rtacha qiymati -  ;

  • To‘g‘irlangan tok zanjiridagi quvvat -  ;

Pulsatsiya koeffitsienti   to‘g‘irlangan kuchlanishning ta’sir etuvchi o‘zgaruvchan tashkil etuvchisi   nisbatiga tengdir, ya’ni

k – garmonika tartibi
transformatorning parametrlariga quyidagilar kiradi:

  • Transformatorning birlamchi va ikkilamchi cho‘lg‘amidagi tok va kuchlanishning haqiqiy qiymati ( );

  • Birlamchi chulg‘amdagi quvvat  ;

  • Ikkilamchi chulg‘amdagi quvvat  ;

  • Transformatorning quvvati  ;

  • Birlamchi chulg‘amning foydalanish koeffitsienti  ;

  • Ikkilamchi chulgamning foydalanish koeffitsienti  ;

  • Transformatorning foydalanish koeffitsienti  ;

(m1, m2 – birinchi va ikkinchi cho‘lg‘amning fazalar soni).
Diodlarning parametrlariga quyidagilar kiradi:
Ventil tokining o‘rtacha, ta’sir etuvchi va amplituda qiymati foydalanish koeffitsienti  ;
teskari kuchlanishning maksimal qiymati  
hozirgi vaqtda sanoatda diodning uch turi ishlab chiqilyapti:

  • Selenli

  • Germaniyli

  • Kremniyli

Selenli ventillar aluminiy asosda tayyorlanadi. Ularning teskari kuchlanishi 20 45 V
Germaniyli ventillar suvli sovutgichlar bilan tayyorlanadi:
VGV – 200, VGV – 500, VGV – 1000 larning to‘g‘ri toki 50 150 A gacha, teskari toki 20 30 mA, teskari kuchlanishi bir necha yuz voltga boradi, f.i.k. 0.98 ga teng
Kremniyli ventillar havo orqali sovutiladi. V va VL seriyalari mavjud. To‘g‘ri tok – 800 A gacha, VV va VLV da to‘g‘ri tok – 1250 A gacha boradi.   ruxsat berilgan kuchlanish – 100 V   1500 V gacha; teskari tok   mA gacha. Kremniyli D203 va D226 tipli ventillardan oqadigan to‘g‘ri tok 0,1 10 A gacha. Teskari kuchlanish – 600 V gacha



Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling