Jizzax politexnika instituti " Energetika va radioelektronika " fakulteti
Download 4.07 Mb.
|
2023 Тўғирлагич. тайёр.ЛОТИНЧА
- Bu sahifa navigatsiya:
- I.K irish
- Elektr manbaning komponentlari
Jizzax politexnika instituti “ Energetika va radioelektronika “ fakulteti. 432-21 RQva T guruh talabasi Ergashev Nodirning “Elektr ta’minot qurilmalari“ fanidan bajargan kurs ishiga TAQRIZ: Bu kurs ishi “Elektr ta’minot qurilmalari” fanidan Ergashev Nodir tomonidan yozilgan. Ushbu kurs ishida grammatik xatolarga yo’l qo’yilgan lekin u xatolar ushbu kurs ishiga ta’sir ko’rsatmaydi bu kurs bajarilishida ko’plab kurs ishiga taalluqli adabiyotlardan foydalanilgan va korsatma boyicha bajarilgan. Ushbu mavzuni yoritishda ko’plab chizmalardan foydalanilgan. Amaliy hisoblashga to’g’ri hisoblangan va to’g’ri bajarilgan. Qurilma namunasi ustida ishlanib talaba Ergashev N. tamonidan bajarilgan (yasalgan). Bu kurs ishini men “Radioelektronika“ kafedrasi katta o’qituvchisi D.Bobonov tekshirdim bu kurs ishini Ergashev Nodir namunali himoya qilishga tayyor deb hisoblayman. Radioelektronika kafedrasi: ___________ katta o’qituvchi D.Bobonov Mundarija Kirish .................................................................................................. Nazariy qism ........................................................................................ 2.1 Kuchlanish uch marta oshirilgan tugirlagich haqida umumiy tushuncha. Asosiy qism ......................................................................................... Kuchlanish uch marta oshirilgan tugirlagichni xisoblash…………………... Xulosa ………………………………………………………………… 5. Adabiyotlar………………………………………………………………………………………… I.Kirish Elektr energiya boshqa turdagi energiyalarga nisbatan bir nechta yutuqqa ega. Elektr energiya asosan 50 Gs li o‘zgaruvchan tokda ishlab chiqariladi. Shu bilan birga o‘zgarmas tok yoki standart bo‘lmagan (50 Gs dan farqli) chastotali energiyaga bo‘lgan extiyoj borgan sari ko‘plab sezilmoqda. Elektrotexnologik qurilmalarda, transport va xokazolarda foydalanish uchun mo‘ljallangan kuchli yarim o‘tkazgichlar ventillar asosida katta quvvatli o‘zgartkich qurilmalari jadal sur’atlarda ishlab chiqilib tadbiq etilmoqda. O‘zgartkichlardan foydalanish ko‘lami kengaymoqda, shu jumladan o‘zgartkichlar elektr yenergiyani ishlab chiqarish, va taqsimlashda optimal sharoitlarni yaratish maqsadida elektroenergetikada keng qullanilmoqda. Elektr manbadan oqadigan elektr tokini boshqa shaklli elektr tokiga o‘zgartiradigan qurilmaga ikkilamchi elektr manba deyiladi. Shahar tarmog‘idan oqadigan 50 Gs chastotali o‘zgaruvchan tokni energosistema yoki mahalliy elektrostansiya ishlab chiqaradi. Ikkilamchi elektr manbani shahar tarmog‘idan oqadigan o‘zgaruvchan tok bilan ulash uchun kirish transformatori yoki kuchlanishni bo‘luvchi qurilma ishlatiladi.Sanoat tarmog‘ida ishlatiladigan ko‘p qurilmalar, maishiy xizmat mashinalari va jihozlari o‘zgarmas tokda ishlaydi. O‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka o‘zgartirib beruvchi qurilmalar esa to‘g‘rlagichlar deyiladi. O‘zgarmas tokni o‘zgaruvchan tokka o‘zgartiruvchi (invertorlar) yoki o‘zgarmas tokni bir kattalikdan boshqa kattalikka o‘zgarmas tokka (konvertor) o‘zgartiruvchi qurilmalar ham ishlatiladi. O‘ziniing asosiy vazifasini bajarish bilan birga ventilli o‘zgartkichlar elektr tarmoqni yuqori garmonikali toki bo‘lgan reaktiv quvvat bilan yuklaydi, bu esa tarmoq kuchlanishini yuqori amplituda bilan tebranishga va shaklini buzilishiga, tarmoqni o‘tkazish qobiliyatini pasayishiga olib keladi. Sarflarni ortishi shu tarmoqdan ta’minlanayotgan boshqa iste’molchilarni ishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun o‘zgartkich qurilmalarini loyixalash va tanlashda iste’molchi nafaqat elektr energiyaning talab etiladigan sifatni ta’minlashi, balki o‘zgarttkich qurilmalarining ishlashi xisobiga xosil bulayotgan tarmoq kuchlanishi sifatini yomonlashuvini xam oldini olish darkor. O‘zgaruvchan elektr tokini to‘g‘rilash, yani uni o‘zgarmas elektr tokiga aylantirish jarayoni yarim o‘tkazgichli (yoki elektrovakuum) diodlarning ventil (tokni faqat bir tomonga o‘tkazish) hususiyatiga asoslanadi. To‘g‘rilash qurilmalari umumiy xolda transformator, to‘g‘rilash sxemasi, filtr va stablizatordan iborat bo‘ladi. 1-rasm. Elektron to‘g‘rilagichning umumiy blok sxemasi. 1-transformator, 2-to‘g‘rilash elementi, 3-pulsatsiyani tekislovchi filtr, 4-kuchlanish stablizatori, 5 –iste’molchi. Elektr manbaning komponentlari Elektr manbani tuzishdan oldin uni tashkil qiladigan komponentlar o‘zlashtiriladi. Elektr manbaning komponentlari kamyob elementlar hisoblanmaydi va tannarxi ham qimmat emas. Manbaning tarkibini quyidagi qurilmalar: transformator, sig‘im, induktivlik, qarshilik va yarimo‘tkazgichli asboblar (yarim o‘tkazgichli diodlar, tranzistorlar, dinistorlar va tiristorlar)ni tashkil etadi. Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling