Jizzax politexnika instituti " Energetika va radioelektronika " fakulteti


Download 4.07 Mb.
bet7/9
Sana10.10.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1697177
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2023 Тўғирлагич. тайёр.ЛОТИНЧА

Tekislovchi filtrlar
To‘g‘rilagichning chiqishidagi to‘g‘rilangan kuchlanishni pulsatsiyasini kamaytirishda silliqlovchi filtrlar ishlatiladi.
Tarktbiga reaktiv elementlar: L, C va R kirgan filtrlarni passiv (sust) filtrlar deyiladi. Reaktiv elementlardan tashqari tarkibida tarkibida tranzistorlar mavjud bo‘lsa, bunday filtrlarni aktiv (faol) filtrlar deyiladi.
Har qanday silliqlovchi filtr kuchlanish pulsatsiyasini mo‘ljallangan kattalikda kamaytiradi, bu kamaytirishni silliqlovchi koeffitsient – q orqali aniqlanadi, ya’ni

  va   - silliqlovchi filtrdan oldingi silliqlovchi filtrdan keyingi pulsatsiya koeffitsienti orqali aniqlanadi.
Filtrning asosiy vazifasi yuklamadagi to‘g‘rilangan tok va kuchlanishning o‘zgaruvchan tashkil etuvchisini kamaytirishdan iborat. Yuklamadagi o‘zgaruvchan tashkil etuvchi tok va kuchlanish qancha kamaysa to‘g‘rilangan kuchlanish shuncha silliqlanadi.
Tekislovchi filtrlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
a) manbaning normal ish jarayoniga ta’sir o‘tkazmasligi kerak;
b) avvaldan belgilangan tekislash koeffitsienti ta’minlanishi kerak;
v) o‘zgarmas tashkil etuvchi kuchlanish va quvvat kam miqdorda isrof bo‘ladi;
g) filtrning xususiy tebranish chastotasi kuchlanishning o‘zgaruvchan tashkil etuvchi chastotasidan farqli bo‘lishi kerak, chunki to‘g‘rilagichning zanjirida rezonans hosil bo‘lishi lozim.
d) kichik hajmli yengil, hamda arzon va puxta bo‘lishi lozim.
Yuklamadan kichik pulsatsiyali kuchlanish olish uchun yuklama bilan sig‘im parallel ulanadi (21 - rasm).

a) b)
v)

g)

d)
21- rasm.
To‘g‘rilagichdagi diod ochiq holatdaligida undan tok o‘tadi va sig‘imga elektr energiya yig‘iladi. Diodga teskari kuchlanish to‘g‘ri kelganda diod berk holatda bo‘ladi, sig‘imdagi yig‘ilgan elektr energiya yuklamaga razryadlanadi va yuklama orqali uzluksiz yuklama toki oqadi.
Bitta yarim davrli to‘g‘rilagichlar uchun sig‘im toifali filtr sig‘imi quyidagicha hisoblanadi.

Ikki yarim davrli to‘g‘rilagich uchun sig‘im quyidagicha aniqlanadi

Bu yerda: S0 – filtrning kirishdagi sig‘im; U0, I0 – to‘g‘rilangan kuchlanish va tok.
Filtr elementlarini ketma – ket yoki parallel ulab murakkablashtirgan sari chiqish kuchlanishi va tokning silliqlanishi yaxshilanadi. Induktiv elementlardan tashkil topgan filtrlarda (21, b - rasm) o‘zgaruvchan kuchlanish induktivlikda kamayadi, chunki uning qarshiligi  yuklama qarshiligidan katta bo‘ladi. yuklamaga parallel ulangan sig‘im (21, a - rasm) yuklama qarshiligini shuntlaydi va uning qarshiligi   yuklama qarshiligidan kichkina bo‘lganligi uchun to‘g‘rilangan tokning o‘zgaruvchan tashkil etuvchisini aksariyati sig‘imdan o‘tadi. O‘zgarmas tashkil etuvchi tokka nisbatan sig‘imning qarshiligi   juda katta bo‘lganligi uchun to‘g‘rilangan tok yuklamadan o‘tadi. Filtrning elementlari bilan silliqlovchi koeffitsienti orasidagi munosabat quyidagi formula orqali aniqlanadi

fttarmoq chastotasim, Gs;
m – to‘g‘rilangan fazalar soni (bir fazali to‘g‘rilagich uchun m=1)
Ikki yarim davrli to‘g‘rilagichlar uchun quyidagi formula qulay hisoblanadi.

  larning aniqlanganda quyidagi shartlar bajarilishi kerak

Bu yerda   - tarmoq burchagi chastotasi.
Odatda sig‘imlarni filtr sifatida ishlatilganda elektrolit sig‘im ishlatiladi (10 – 40 mkF). Sig‘imning ishchi kuchlanishi yuklama kuchlanishidan 1,5 barobar katta bo‘lishi kerak. Filtr elementlarining kattaligini aniqlash quyidagicha olib boriladi: avvaliga Sf tanlanadi va yuqoridagi formulalar orqali Lf hisoblanadi.
Silliqlash koeffitsientini oshirish uchun U – shaklli filtrlarni qo‘shib ulash orqali P – shaklli yoki ko‘p zvenoli filtrlar hosil qilinadi (21, v - rasm)
Ikki zvenoli filtrlar uchun silliqlash koeffitsienti quyidagicha aniqlanadi q=q1 q2
LC – filtrlarning induktivligida o‘zgarmas kuchlanishni kam ta’sirga berilishi bu filtrlarni yuklamasi katta tokli qurilmalarda ishlatilishiga asos bo‘ladi. ammo induktivlikdagi temir o‘zakning katta hajmliligidan qat’iy nazar, temir o‘zak atrofidagi hosil bo‘lgan magnit maydonining nozik qurilmalarga ta’siri sezilarli bo‘ladi.
RC – filtrlarda (21, g, d - rasm) bu kamchiliklar bo‘lmaydi. Bu filtrlar LC filtrlarga nisbatan ham arzon ham ixcham bo‘lib kam tokli to‘g‘rilagichlarda (10 – 15mA) va silliqlash koeffitsienti katta bo‘lgan to‘g‘rilagichlarda ishlatiladi. Chunki bu filtrlardagi Rf aktiv qarshilikda to‘g‘rilangan kuchlanishning ham o‘zgaruvchan ham o‘zgarmas tashkil etuvchilari kamayadi, natijada yuklamada tokni birdaniga oshishi filtrni chiqishidagi kuchlanishni pasayishiga olib keladi. Filtr elementlarining kattaligi quyidagi formula orqali aniqlanadi

Rf quyidagi formuladan aniqlanadi  
Bu yerda I0 – to‘g‘rilangan tok oqadi.


  1. Download 4.07 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling