Jizzax politexnika instituti qodirova gavhar alisher qizi muhandislik yo


eng muhim shaxsiy ustuvorliklar qatoriga qo‘yish tamoyili


Download 0.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/50
Sana24.09.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1686809
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   50
Bog'liq
Avtoreferat 22.09.2023 Q.G

eng muhim shaxsiy ustuvorliklar qatoriga qo‘yish tamoyili. 
Dissertatsiyaning “Bo‘lajak muhandislarni xorijiy tillarni o‘rganishga bo`lgan 
motivatsiyani oshirish metodikasi” deb nomlangan ikkinchi bobida interaktiv 
metodlar asosida bo‘lajak muhandislarni xorijiy tillarni o‘rganishga motivatsiyasini 
oshirish modeli, bo‘lajak muhandislarga xorijiy tillarni o‘rgatishda interfaol 
texnologiyalardan foydalanish metodikasi hamda bo‘lajak muhandislarga xorijiy 
tillarni o‘rganishga motivatsiyani oshirish texnologiyalari haqida fikr yuritilgan. 
Tadqiqotimizda texnika yo‘nalishi oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak 
muhandislarni xorijiy tillarni o‘rganishga motivatsiyasini rivojlantirish jarayoni 
modelining analogidan foydalanamiz. Bo‘lajak muhandislarning xorijiy tillarni 
o‘rganishga motivatsiyasini rivojlantirish uchun biz tomondan ishlab chiqilgan 
pedagogik modeli o‘ziga xos xususiyati yangi mahsulot yaratish uchun ta’lim 
loyihasini amalga oshirishda yangi bilim olish, loyihalash natijasida kasbiy 
muammolarning yechimini topish jarayonida CDIO texnologiyasidan foydalanish 
hisoblanadi. 
Biz tomonimizdan ishlab chiqilgan bo‘lajak muhandislarning xorijiy tillarni 
o‘rganishga motivatsiyasini rivojlantirish modeli quyidagi bloklar bilan ifodalanadi: 
maqsadli, mazmunli, jarayonli, baholash (1-rasm). 
Maqsadli blokida bo‘lajak muhandislarning xorijiy tillarni o‘rganishga 
motivatsiyasini rivojlantirish maqsadi ko‘zda tutilgan. 


MAQSADLI BLOK 
Maqsad: Bo‘lajak muhandislarni xorijiy tillarni o‘rganishga motivatsiyasini rivojlantirish 
Ijtimoiy buyurtma: Texnika yo‘nalishi oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak muxandislarni tayyorlashning 
DTS va malaka talablari 
MAZMUNLI BLOK 
Vazifalar: xorijiy tillarni o‘qitish sharoitida “Xorijiy tillarni o‘rganish motivatsiyasi” tushunchasining mohiyatini va xorijiy 
tillarni o‘rganishda interfaol texnologiyalarning pedagogik imkoniyatlarini ochib berish; 
texnika yo‘nalishi oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak muxandislar o‘rtasida xorijiy tillarni o‘rganish motivatsiyasining 
asosiy tamoyillarini aniqlash va nazariy jihatdan asoslash; 
interfaol ta’lim texnologiyalari orqali bo‘lajak muhandislarda xorijiy tillarni o‘rganish motivatsiyasini rivojlantirishning 
pedagogik shartlarini nazariy asoslab berish;
interfaol ta’lim texnologiyalari yordamida texnika yo‘nalishi oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak muhandislar o‘rtasida 
xorijiy tillarni o‘rganishga motivatsiyani samarali rivojlantirishga yordam beradigan pedagogik shart-sharoitlar majmuasini 
eksperimental tarzda sinab ko‘rish

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling