Jizzax politexnika instituti qodirova gavhar alisher qizi muhandislik yo


Download 0.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/50
Sana24.09.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1686809
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   50
Bog'liq
Avtoreferat 22.09.2023 Q.G

Baholash mezonlari 
Motivatsion 
Kognitiv 
Baholash darajalari 
Past 
O‘rta 
Yuqori
NATIJA: 
XORIJIY TILLARNI MUKAMMAL O‘RGANGAN MUHANDIS 
1-rasm. Bo‘lajak muhandislarni xorijiy tillarni o‘rganishga motivatsiyasini 
rivojlantirish modeli 


18 
Modelning mazmunli blokida bo‘lajak muhandislarning xorijiy tillarni 
o‘rganishga motivatsiyasini rivojlantirishda hisobga olinishi lozim bo‘lgan 
yondashuv va tamoyillar keltirilgan. Modelning ushbu bloki tizimli, faoliyatli
kompetensiyaviy, shaxsga yo‘naltirilgan, lingvomadaniy, integrativ yondashuvlar 
bilan ifodalanadi. 
Shuni ta’kidlash lozimki, biz muhandislik yo‘nalishi talabalarini xorijiy tillarni 
o‘rganishga motivatsiyasini rivojlantirish modelidagi asosli yondashuvlar o‘rtasidagi 
o‘zaro bog‘liq ta’lim loyihasi asosida xorijiy tillarni o‘rganishga motivatsiyasini 
tarkibiy qismlari bilan bog‘liq munosabatlarni aniqladik. Shunday qilib, shaxsga 
yo‘naltirilgan yondashuv bo‘lajak muhandislarni xorijiy tillarni o‘rganishga 
motivatsiyasini barcha komponentlari uchun uslubiy asos bo‘lib, har bir talaba o‘z-
o‘zini rivojlantirish va turli o‘quv vositalaridan foydalanish orqali o‘z-o‘zini 
rivojlantirish imkonini beradi. 
Bo‘lajak muhandislarni xorijiy tillarni o‘rganishga motivatsiyasini rivojlantirish 
modelining komponentlarini amalga oshirishda albatta pedagogik shart-sharoitlarning 
o‘rni beqiyosdir. Biz tadqiqot doirasida quyidagi bir–biri bilan bog‘liq pedagogik 
shartlarni ajratib o‘tdik (Shaxsiy – motivasion,
Tashkiliy–metodik, Moddiy-texnik). 
Jarayonli blok bo‘lajak muhandislarni xorijiy tillarni o‘rganishga motivatsiyasini 
rivojlantirishni interfaol texnologiyalar yordamida amalga oshirilishini hisobga olgan 
holda, o‘qitishning ko‘rib chiqiladigan shakllari quyidagicha bo‘ladi: auditoriyada 
jamoaviy, guruhli va yakka tartibda, auditoriyadan tashqarida mustaqil ta’lim hamda 
onlayn ta’lim. 
Ta’limning sanab o‘tilgan shakllarini amalga oshirish uchun o‘quv materiallarini 
ishlab chiqish va takomillashtirish zarur. Ta’lim vositalari sifatida kompyuter
proyektor, darslik, o‘quv qo‘llanma, o‘quv uslubiy ta’minot, tarqatma materiallarni 
keltirish mumkin. Ushbu jarayonda bo‘lajak muhandislarda rivojlangan motivatsiya 
darajalari: salbiy, neytral, ijobiy amorf, ijobiy kognitiv, ijobiy faol, shaxsiy quyidagi 
bosqichlarda shakllantirildi. 
Birinchi bosqich (variativ rivojlanish bosqichi) yangi bilimlarni o‘zlashtirishga 
diqqatni jalb etish, motivasiyani oshirish hisobiga yangi bilimlarni o‘zlashtirishning 
boshlang‘ich bosqichida “talaba-talaba” o‘zaro ta’sirlashuvini ko‘zda tutadi. Ikkinchi 
bosqich (faol o‘qitish bosqichi) da fikrlashning ratsional apparatini qo‘llash 
(o‘qituvchi tomonidan “o‘qituvchi-talaba” ko‘rinishidagi o‘zaro ta’sirlashuv 
shakllanadi. Uchinchi bosqich (ijodiy mustaqillik bosqichi) o‘zlashtirilgan bilim, 
egallangan ko‘nikma va malakalar asosida bilvosita o‘qituvchi rahbarligida yangi 
obyektlarni yaratish, kashf etishni ko‘zda tutadi. 
To‘garakda 
tadbirkorlik, 
boshqaruv, 
tashkilotchilik 
kabi 
bo‘lajak 
muhandislarning xorijiy tillarni o‘rganishga motivatsiyasini rivojlantirish (CDIO, 
hikoya zanjiri, interfaol ta’lim texnologiyalari); 
Xorijiy tilni kasbiy faoliyatga yo‘naltirib o‘qitishda turli-tuman samarali metod 
va texnologiyalardan foydalanildi.



Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling