Jizzax politexnika instituti qodirova gavhar alisher qizi muhandislik yo
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi
Download 0.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Avtoreferat 22.09.2023 Q.G
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati
- Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi. Dissertatsiyada shakllangan qoidalar,
xulosa va tavsiyalarning ishonchliligi pedagogik-psixologik ta’lim sohasidagi respublika va xorijiy davlatlar olimlari, shuningdek, amaliyotchi pedagoglarning ishlariga asoslanganligi; tadqiqot ishining vazifalariga mos, o‘zaro bir-birini to‘ldirib turuvchi tadqiqot metodlarining qo‘llanilganligi; tajriba-sinov ishlarining tahlili, tadqiqot natijalarining miqdor va sifat jihatidan ta’minlanganligi, matematik-statistik tahlil metodlari yordamida qayta ishlanganligi, xulosa va tavsiyalarning amaliyotga joriy etilganligi vakolatli tashkilotlar tomonidan tasdiqlanganligi bilan belgilanadi. Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati bo‘lajak muhandislarning xorijiy tillarni o‘rganishga motivatsiyasini rivojlantirishning mazmunini hozirgi zamon sharoitida shakllantirishga nisbatan ilmiy yondashuvlar ishlab chiqilganidan, mazmunni tanlashga bo‘lgan talablar aniqlangani va asoslab berilganidan; bo‘lajak muhandislarning xorijiy tillarni o‘rganishga tayyorgarligi mazmuni ishlab chiqilganidan; uni amalga oshirish shart-sharoitlari asoslanganidan iboratdir. Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati bo‘lajak muhandislarning xorijiy tillarni o‘rganishga motivatsiyasini rivojlantirishning mazmunini hisobga oluvchi dasturi ishlab chiqilganidan; bo‘lajak muhandislarning xorijiy tillarni o‘rganishga ko‘nikmalari bo‘yicha ma’ruzalar kursi, treninglar, topshiriqlar majmuining mazmuni ishlab chiqilgani bilan izohlanadi. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy ta’lim sharoitida bo‘lajak muhandislarning xorijiy tillarni o‘rganishga motivatsiyasini rivojlantirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida: -texnika yo‘nalishi oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak muhandislarga xorijiy tillarni o‘rganishga motivatsiyasini rivojlantirishning uslubiy-didaktik ta’minoti tizimli, faoliyatli, kompetentli, lingvomadaniy, integrativ yondashuvlar va kreativlik, interaktivlik, variativlik tamoyillari asosida mazmunan rivojlantirildi, uning natijalariga ko‘ra “Amaliy ingliz tili” nomli uslubiy qo‘llanma hamda “Men qanday chet tillarini o‘rganaman” nomli maxsus kursi ishlab chiqilgan va ta’lim jarayoniga joriy etilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 29 maydagi buyrug’i bilan tasdiqlangan 232-767 raqamli mualliflik guvohnomasi) . Natijadan ta’lim jarayonida foydalanish, ta’lim sifatini oshirish va bo‘lajak muhandislarning xorijiy tillarni o‘rganishga motivatsiyasini rivojlantirish imkonini bergan; -bo‘lajak muhandislarni xorijiy tillarni o‘rganishga motivatsiyasini rivojlantirishning tashkiliy tuzilmaviy modeli komponentlari mazmuniga CDIO, ADDIE ta’lim texnologiyalari hamda “experience exchange”, “rotation” kabi interfaol metodlarni singdirish orqali takomillashtirishga oid takliflardan Jizzax politexnika instituti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining “OT-F1-049 raqamli “Talabalarda assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy – psixologik xususiyatlari” (2017-2021) mavzusida bajarilgan loyiha doirasida foydalanilgan. (Jizzax politexnika instituti 02-1321-1320 15.05.2023). Natijada bo‘lajak muhandislarning xorijiy tillarni o‘rganishga motivatsiyasini rivojlantirishga imkoniyat yaratilgan; -texnika oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak muhandislarga xorijiy tillarni o‘rganishga motivatsiyasini rivojlantirishga qaratilgan M-learning mobil ilovasi mazmuni motivatsion yondashuv asosida takomillashtirishga oid takliflardan Jizzax politexnika instituti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining “AIF 1/4 – Kasb-hunarga yo‘naltirilgan markaz va elektronika bo‘yicha qo‘shma o‘quv laboratoriya yaratish” (2019-2021) mavzusidagi xalqaro amaliy tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Jizzax politexnika instituti tomonidan berilgan 02-1322-1321, 15.05.2023 raqamli ma’lumotnoma.) Mazkur ishlanmalar bo‘lajak muhandislarning xorijiy tillarni o‘rganishga motivatsiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga xizmat qilgan. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling