Jizzax politexnika instituti qodirova gavhar alisher qizi muhandislik yo


Tadqiqot natijalarining ishonchliligi


Download 0.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/50
Sana24.09.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1686809
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   50
Bog'liq
Avtoreferat 22.09.2023 Q.G

Tadqiqot natijalarining ishonchliligi. Dissertatsiyada shakllangan qoidalar
xulosa va tavsiyalarning ishonchliligi pedagogik-psixologik ta’lim sohasidagi 
respublika va xorijiy davlatlar olimlari, shuningdek, amaliyotchi pedagoglarning 
ishlariga asoslanganligi; tadqiqot ishining vazifalariga mos, o‘zaro bir-birini to‘ldirib 
turuvchi tadqiqot metodlarining qo‘llanilganligi; tajriba-sinov ishlarining tahlili, 
tadqiqot natijalarining miqdor va sifat jihatidan ta’minlanganligi, matematik-statistik 
tahlil metodlari yordamida qayta ishlanganligi, xulosa va tavsiyalarning amaliyotga 
joriy etilganligi vakolatli tashkilotlar tomonidan tasdiqlanganligi bilan belgilanadi. 
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining 
ilmiy ahamiyati bo‘lajak muhandislarning xorijiy tillarni o‘rganishga motivatsiyasini 
rivojlantirishning mazmunini hozirgi zamon sharoitida shakllantirishga nisbatan ilmiy 
yondashuvlar ishlab chiqilganidan, mazmunni tanlashga bo‘lgan talablar aniqlangani 
va asoslab berilganidan; bo‘lajak muhandislarning xorijiy tillarni o‘rganishga 
tayyorgarligi mazmuni ishlab chiqilganidan; uni amalga oshirish shart-sharoitlari 
asoslanganidan iboratdir. 
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati bo‘lajak muhandislarning xorijiy 
tillarni o‘rganishga motivatsiyasini rivojlantirishning mazmunini hisobga oluvchi 


dasturi ishlab chiqilganidan; bo‘lajak muhandislarning xorijiy tillarni o‘rganishga 
ko‘nikmalari bo‘yicha ma’ruzalar kursi, treninglar, topshiriqlar majmuining mazmuni 
ishlab chiqilgani bilan izohlanadi. 
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy ta’lim sharoitida bo‘lajak 
muhandislarning xorijiy tillarni o‘rganishga motivatsiyasini rivojlantirish bo‘yicha 
tadqiqot natijalari asosida: 
-texnika yo‘nalishi oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak muhandislarga xorijiy 
tillarni o‘rganishga motivatsiyasini rivojlantirishning uslubiy-didaktik ta’minoti 
tizimli, faoliyatli, kompetentli, lingvomadaniy, integrativ yondashuvlar va kreativlik, 
interaktivlik, variativlik tamoyillari asosida mazmunan rivojlantirildi,
uning 
natijalariga ko‘ra “Amaliy ingliz tili” nomli uslubiy qo‘llanma hamda “Men qanday 
chet tillarini o‘rganaman” nomli maxsus kursi ishlab chiqilgan va ta’lim jarayoniga 
joriy etilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 29 maydagi 
buyrug’i bilan tasdiqlangan 232-767 raqamli mualliflik guvohnomasi)

Natijadan 
ta’lim jarayonida foydalanish, ta’lim sifatini oshirish va bo‘lajak muhandislarning 
xorijiy tillarni o‘rganishga motivatsiyasini rivojlantirish imkonini bergan;
-bo‘lajak 
muhandislarni 
xorijiy 
tillarni 
o‘rganishga 
motivatsiyasini 
rivojlantirishning tashkiliy tuzilmaviy modeli komponentlari mazmuniga CDIO, 
ADDIE ta’lim texnologiyalari hamda “experience exchange”, “rotation” kabi 
interfaol metodlarni singdirish orqali takomillashtirishga oid takliflardan Jizzax 
politexnika instituti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining “OT-F1-049 raqamli 
“Talabalarda assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy – psixologik xususiyatlari” 
(2017-2021) mavzusida bajarilgan loyiha doirasida foydalanilgan. (Jizzax politexnika 
instituti 02-1321-1320 15.05.2023). Natijada bo‘lajak muhandislarning xorijiy 
tillarni o‘rganishga motivatsiyasini rivojlantirishga imkoniyat yaratilgan; 
-texnika oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak muhandislarga xorijiy tillarni 
o‘rganishga motivatsiyasini rivojlantirishga qaratilgan M-learning mobil ilovasi 
mazmuni motivatsion yondashuv asosida takomillashtirishga oid takliflardan Jizzax 
politexnika instituti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining “AIF 1/4 – Kasb-hunarga 
yo‘naltirilgan markaz va elektronika bo‘yicha qo‘shma o‘quv laboratoriya yaratish” 
(2019-2021) mavzusidagi xalqaro amaliy tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan 
(Jizzax politexnika instituti tomonidan berilgan 02-1322-1321, 15.05.2023 raqamli 
ma’lumotnoma.) Mazkur ishlanmalar bo‘lajak muhandislarning xorijiy tillarni 
o‘rganishga motivatsiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga xizmat 
qilgan.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling