Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
-texnika yo‘nalishi oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak muhandislarga xorijiy
tillarni o‘rganishga motivatsiyasini rivojlantirishning uslubiy-didaktik ta’minoti
tizimli, faoliyatli, kompetentli, lingvomadaniy, integrativ yondashuvlar va kreativlik,
interaktivlik, variativlik tamoyillari asosida mazmunan rivojlantirilgan;
-bo‘lajak
muhandislarni
xorijiy
tillarni
o‘rganishga
motivatsiyasini
rivojlantirishning tashkiliy tuzilmaviy modeli komponentlari mazmuniga CDIO,
ADDIE ta’lim texnologiyalari hamda “experience exchange”, “rotation” kabi
interfaol metodlarni singdirish orqali takomillashtirilgan;
-texnika oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak muhandislarga xorijiy tillarni
o‘rganishga motivatsiyasini rivojlantirishga qaratilgan M-learning mobil ilovasi
mazmuni motivatsion yondashuv asosida takomillashtirilgan;
-bo‘lajak muhandislarning xorijiy tillarini o‘rganishga motivatsiyasini
rivojlanganligini baholashning motivatsion, kognitiv, faoliyatli mezonlari va yuqori,
o‘rta, past darajalarini ishlab chiqish orqali aniqlashtirilgan
Tadqiqotning amaliy natijalari. Texnika oliy ta’lim muassasalarida ingliz
tilini o‘qitish jarayonida bo‘lajak muhandislarning
xorijiy tillarni o‘rganishga
motivatsiyasini rivojlantirishning metodik modeli ishlab chiqilgan;
-talabalarning xorijiy tillarni o‘rganishga motivatsiyasini rivojlantirishga
qaratilgan “Amaliy ingliz tili” o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqilgan va ta’lim
jarayoniga joriy etilgan;
-ingliz tilini kasbiy faoliyatga yo‘naltirib o‘qitishga qaratilgan “texnik terminlar
lug‘ati” mobil ilovasi to‘plami yaratilgan;
-bo‘lajak muhandislarni xorijiy tillarni o‘rganishga motivatsiyasini rivojlantirish
metodikasi CDIO, ADDIE ta’lim texnologiyalari hamda “experience exchange”,
“rotation” kabi interfaol metodlarni mazmuniga singdirish orqali takomillashtirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |