Dissertatsiya tadqiqotining dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim yoki ilmiy-
tadqiqot muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi. Mazkur
tadqiqot ishi Jizzax politexnika instituti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining «AIF 1/4 –
Kasb-hunarga yo‘naltirilgan markaz va elektronika bo‘yicha qo‘shma o‘quv
laboratoriya yaratish” (2019-2021) mavzusidagi elektron ta’lim resurslari loyihasi
doirasida bajarilgan.
Tadqiqotning maqsadi. Muhandislik yo‘nalishi talabalarida xorijiy tillarni
o‘rganishga motivatsiyasini rivojlantirishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari:
-texnika yo‘nalishi oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak muhandislarga xorijiy
tillarni
o‘rganishga
motivatsiyasini
rivojlantirishni
didaktik
ta’minotini
takomillashtirish;
-bo‘lajak
muhandislarni
xorijiy
tillarni
o‘rganishga
motivatsiyasini
rivojlantirishning tashkiliy tuzilmaviy modelini ishlab chiqish;
-texnika oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak muhandislarga xorijiy tillarni
o‘rganishga motivatsiyasini rivojlantirishga qaratilgan elektron ta’lim resurslarini
ishlab chiqish;
-bo‘lajak muhandislarning xorijiy tillarini o‘rganishga motivatsiyasini
rivojlanganligini baholash darajalari hamda mezonlarini aniqlashtirish
Tadqiqotning obyekti. Muhandislik yo‘nalishi talabalarida xorijiy tillarni
o‘rganishga motivatsiyasini rivojlantirish jarayoni.
Tadqiqotning predmeti. Muhandislik yo‘nalishi talabalarida xorijiy tillarni
o‘rganishga motivatsiyasini rivojlantirish texnologiyasining shakllari, pedagogik
shart-sharoitlari va imkoniyatlari.
Tadqiqot usullari. Ilmiy tadqiqot ishini olib borishda mos holatda o‘rganishni
ta’minlashga qaratilgan metod va treninglar majmui qo‘llanildi: nazariy (tahliliy-
sintetik, qiyosiy-taqqoslash, analogiya), diagnostik (so‘rovlar, test o‘tkazish, kuzatish,
loyihalashtirilgan metodikalar), prognostik (ekspert baholash, mustaqil baholarni
umumlashtirish), pedagogik eksperiment va matematik metodlar (ma’lumotlarni
statistik qayta ishlash, natijalarni grafik tasvirlash va boshqalar).
8
Do'stlaringiz bilan baham: |