Jizzax politexnika instituti qodirova gavhar alisher qizi muhandislik yo


Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor


Download 0.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/50
Sana24.09.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1686809
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
Avtoreferat 22.09.2023 Q.G

Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor 
yo‘nalishlariga mosligi. Mazkur tadqiqot ishi respublika fan va texnologiyalarni 
rivojlantirishning «Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, 
iqtisodiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy rivojlantirishda, innovatsion g‘oyalar tizimini 
shakllantirish va ularni amalga oshirish yo‘llari» ustuvor yo‘nalishiga muvofiq 
bajarilgan. 
Muammoning 
o‘rganilganlik darajasi. Mamlakatimizda oliy ta’lim 
muassalarida ta’lim jarayonida bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatini 
rivojlantirish 
masalasiga 
doir 
muammolar 
R.H.Djurayev, 
Sh.E.Qurbanov, 
A.R.Xodjabayev, Q.T.Olimov, B.S.Abdullayeva, U.Nishonaliyev, H.Rashidov, 
X.Sanaqulov, 
O‘.Tolipov, 
M.Haydarov, 
O.Haydarov, 
Sh.Sharipov, 
U.Sh.Begimqulov, J.Hamidov, O.X.To‘raqulov tomonidan o‘rganilgan.
Xorijiy tillarini o‘qitishning pedagogik xususiyatlari, axborot-kommunikatsion 
texnologiyalar asosida xorijiy tilni o‘qitish muammolari J.J.Jalolov, F.M.Rashidova, 
K.Dj.Riskulova, Y.T.Umarova, A.R.Gayfutdinova, S.S.Avganov, o‘qituvchilar 
ijodiyligi, xorijiy tilni o‘qitish asoslari Y.V. Yermolaeva, S.N.Aliyev, xorijiy til 
vositasida talabalarda ma’naviy qadriyatlarni shakllantirish, til madaniyati
M.V.Toporkova, N.N.Mukimovalarning ilmiy tadqiqotlarida o‘z aksini topgan. 
Xorijiy tillarni bilish kompetentligini shakllantirishning nazariy va amaliy 
asoslari 
Y.D.Bojovich, 
Y.A.Bistrova, 
Y.M.Vereshagina, 
I.A.Zimnaya, 
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 maydagi «O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni 
ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi
ги PQ-5117-son 
Qarori. 


L.A.Petrovskiy 
va 
boshqalarning 
tadiqotlarida 
ko‘rib chiqilgan. Ushbu 
tadqiqotlarning deyarli ko‘pchiligi O.V.Gordienko, T.M.Voitelevlar xorijiy tillarni 
bilish kompetentligiga talabaning kasbiy tayyorgarligi elementi sifatida qaragan. 
Oliy ta’lim muassasalarida xorijiy tilni o‘qitish orqali talabalarning xorijiy 
tillarni bilish kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha xorijiy olimlardan S.Richard 
Jak, S.Vild, A.Vanitsa, L.Shulze Heling , J.T.Sandefur, A.L.Robert, S.Balan va 
boshqalar ilmiy-tadqiqotlar olib borishgan. 
Pedagogik, psixologik, falsafiy va ilmiy adabiyotlar, ilmiy-tadqiqot ishlarini 
o‘rganib tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, chet tilidan ta’lim sifati va samaradorligini 
oshirish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirilgan, lekin bo‘lajak muhandislarning 
xorijiy tillarni o‘rganish motivatsiyasini oshirish texnologiyasining uslubiy-didaktik 
ta’minotini rivojlantirish, xorijiy tillarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish 
muammolari yetarlicha tadqiq qilinmagan, taklif va tavsiyalar ishlab chiqilmagan. 

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling