Jizzax politexnika instituti “servis” fakulteti
Korxona tashkiliy strukturasi va uning rivojlanish omillari
Download 226.56 Kb.
|
neft3
1.2. Korxona tashkiliy strukturasi va uning rivojlanish omillari
Korxona tashkiliy strukturasi (tuzilmasi) bu biznes-rejani bajarish bo‘yicha boshqarish qarorlarini ishlab chiqish va uni amalga oshirish menejment sistemasi faoliyatini nazorat qilish va uni yaratish bilan shug‘ullanadigan bo‘limlar va xizmatlar yig‘indisidir. Agar korxona tashkiliy strukturasini ishlab chiqarish strukturasiga qo‘shsak, korxonaning umumiy strukturasi hosil bo‘ladi. Korxona tashkiliy strukturasining murakkabligi va pog‘onaligini aniqlovchi omillar, ya’ni xizmatlar bo‘limlari kishilar soni va miqdoriga ta’sir qiluvchi omillari shakllari jadvalda tasvirlangan. Firma, korxona menejerlari pog‘onaliligi (iyerarxiyasi) va ularning ish vaqti strukturasi (tuzilmasi). Boshqarish organlari o‘zaro harakatining qoidalari, majburiyatlari va huquqlarini reglamentlaydigan xizmatlar va lavozimiy ko‘rsatmalar haqidagi nizom menejment sistemasining asosiy elementi hisoblanadi. Ammo hozirgi vaqtda bu hujjatlar marketing talablariga javob bermaydi. Ularda bo‘linmalarning ish hajmining qiymat ifodada bajarilishi, ularning bajarilish muddati, huquqi va majburiyatlarining ishlab chiqarish vazifalarini amalga oshirish bo‘yicha tavsiyanomalari berilmagan. Korxona tashkiliy strukturasini rivojlantirish omillari quyidagilar: — ishlab chiqarishni kooperativlashtirish va ixtisoslashtirishni rivojlantirish; — boshqarishni avtomatlashtirish; — tashkiliy strukturani loyihalashda va menejment sistemasi faoliyatida ilmiy yondashuvlarni qo‘llash; — ishlab chiqarish jarayonlarini ratsional tashkil qilish prinsiplariga rioya qilish; — mavjud boshqarish strukturasini muammo-maqsadli strukturalarda o‘tkazish. Korxona muammo-maqsadli tashkiliy strukturasining shakllanish asosiy prinsiplari: 1. Maqsadli yondashish, yangi tashkiliy strukturani korxona maqsadlari daraxti asosida shakllantirish. 2. Korxona rahbari o‘rinbosarlari miqdorini aniqlashda komplekslilik. 3. Muammolarni mo‘ljalni olish, ya’ni korxona bo‘yicha aniq funksiyalarni bajaruvchi yoki aniq muammolarni hal etuvchi bo‘limlarning shakllanishi. 4. Alohida tovarlar yoki bozorlar bo‘yicha bo‘limlar strukturasini yasashda aniq tovarlar yoki bozorlarga mo‘ljalni olish. 5. Korxona maqsadlar daraxti bajarilishda maxsus bo‘limlarning yo‘qligi. 6. Strukturaning o‘zgarishlarga ko‘nikuvchanligini ta’minlash. 7. Tovar raqobatbardoshligiga erishish bo‘yicha muammolar yechimini nazorat qilishni ta’minlash. Shunday qilib, “Jizzax neft baza” MCHJda tashkiliy struktura bu strukturaning shakllanishiga talablar va prinsiplar miqdori, maqsadlar daraxti, bo‘limlar va lavozimiy ko‘rsatmalar to‘g‘risidagi nizom mazmuni bilan aniqlanadi. Strukturaning uchinchi darajasida alohida tovarlar, bozorlar funksiyalar, muammolar bo‘yicha bo‘limlarda byuro yoki guruhlar tashkil qilinadi. Masalan: 1.1. Bo‘limda tovarlar bozorlari bo‘yicha byuro va guruhlar tashkil qilinadi. 1.2. Bo‘limga quyidagi vazifalar bajarilishini yuklash mumkin: Korxona raqobat afzalligini aniqlash, turli tovarlar bo‘yicha raqobat qonuni harakati mexanizmini o‘rganish, korxona va tovarlar raqobatbardoshligi me’yorlarini bashoratlash, korxona strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishni nazorat qilish, baholar siyosati, texnika siyosati va boshqalar. Bo‘limlar soni, uning strukturasi va ishlovchilar soni ishlab chiqaradigan mahsulotning hajmi, nomenklaturasi, ishlab chiqarishni kooperativlash, markazlashtirish, ixtisoslashtirish darajasiga bog‘liq. Korxona boshqarish apparati minimal soni 4 kishi: Birinchi rahbar, bosh buxgalter-hisobchi, texnik direktor, tijorat direktori, yirik korxonada 30 bo‘lim bo‘lishi mumkin. Bu bo‘limlarda hammasi bo‘lib 500 kishi ishlashi kerak. Download 226.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling