Jizzax politexnika instituti “servis” fakulteti
KURS ISHINING MAQSADI: Korxona faoliyatining strategik tahlili va uning strategiyasini tanlash
Download 226.56 Kb.
|
neft3
- Bu sahifa navigatsiya:
- mazmuni va mohiyati
- SWOT, BKG, Makkinzey va Ansoff matritsalari yordamida tahlil tushunchalari Strategiyani tanlash, uni amalga oshirish, amalga oshirishini baholash hamda nazorat qilish.
KURS ISHINING MAQSADI: Korxona faoliyatining strategik tahlili va uning strategiyasini tanlash mavzusini o’rganish va taxlil etish va bu orqali Strategik menejmentning predmeti, vazifalari va mohiyati, kompaniyaning strategik qarashlari va strategik boshqarishning maqsadi, turi va tamoyillarining mazmuni va mohiyati tuzulishi, turlarini taxlil qilish metodi orqali o’rganishda quyidagilarni kurs ishining vazifalari deb belgilab oldik.
KURS ISHINING VAZIFALARI:Ishning maqsadidan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalar belgilangan: Strategik menejmentning predmeti, vazifalari va mohiyati SWOT, BKG, Makkinzey va Ansoff matritsalari yordamida tahlil tushunchalari Strategiyani tanlash, uni amalga oshirish, amalga oshirishini baholash hamda nazorat qilish. I. Korxonada boshqarish tuzilmasi. 1.1. Korxona ishlab chiqarish strukturasi va uning rivojlanish omillari “Jizzax neft baza” MCHJda ishlab chiqarish (tuzilmasi) strukturasi bu sistema «kirishi»ni, biznes-rejada bajarilishi kerak tayyor mahsulot parametrlarini ya’ni «chiqishi» ni qayta ishlashini ta’minlaydigan asosiy yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi bo‘linmalar yig‘indisidir. Ishlab chiqarish strukturasi bir necha prinsiplar asosida quriladi: Predmetli prinsip bo‘yicha har bir mahsulot yoki uning biror bir qismini ishlab chiqarishga ixtisoslashtiriladi. Yirik seriyali va ommaviy ishlab chiqarishda shu prinsip asosida sexlar tashkil qilinadi. Predmetli prinsip bo‘yicha sexlarda jihozlar, mashinalar texnologik operatsiyalarni bajarish tartibida joylashtiriladi. Predmetli sexlar yoki uchastkalarga xos kamchiliklar shundan iboratki, alohida operatsiyalarda ish hajmining to‘liqsiz aylanishi tufayli jihozlarning kam yuklanganligi kuzatiladi. Bu ustaxonalar kam nomenklatura, assortiment yoki doimiy mahsulot ishlab chiqaradigan uchastkalar uchun tashkil qilinadi. Ular ko‘p seriyali va ommaviy ishlab chiqarishga xosdir. Texnologik prinsip sex yoki uchastka uchun boshqarishni yengillashtiradi: bir turdagi mashina, stanoklar uchun javob beradigan master ularni har tomonlama o‘rganadi, bir stanokning haddan tashqari yuklanishi mumkin bo‘lgan bir paytda ish boshqa xoli bo‘lgan stanokka uzatilishi mumkin. Potok metodi asosida sexlarda uchastkalarning potok chiziqlariga bo‘linishi sodir bo‘ladi. Potok chiziqlari bir yoki bir necha mahsulotga ishlov berishga ixtisoslashtirilgan alohida potok uchastkalari ko‘rinishida tashkil qilinadi. Potok metodi ishlari ommaviy ishlab chiqarishga xosdir. “Jizzax neft baza” MCHJda ishlab chiqarish strukturasi (tuzilmasi)ning asosiy zvenosi bo‘lib ish joyi xizmat qiladi. Ish joylarining joylashuvi ishlab chiqarish turlariga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, potok chiziqlarida ular texnologik jarayon bo‘yicha joylashtiriladi. Ishlab chiqarishning potok metodi bo‘lmagan joylarda ish joylari bir turdagi jihozlar guruhlari bo‘yicha joylashtiriladi. Ishlab chiqarish strukturasining rivojlanish omillari Korxona ishlab chiqarish strukturasini rivojlantirish asosiy omillari: — korxona ishlab chiqarish bo‘linmalari hajmi va miqdorini optimizatsiyalash; — asosiy, yordamchi va xizmat qiluvchi bo‘linmalar orasida tenglikni ratsional tashkil qilish; — ishlab chiqariladigan mahsulot konstruktiv bir turdaligini ta’minlash; — korxona bosh rejasi va bo‘linmalarni ratsional loyihalash; — ishlab chiqarishning avtomatizatsiya darajasini oshirish; — korxona ishlab chiqarish strukturasi komponentlarining proporsionallik prinsipi bo‘yicha ishlab chiqarish quvvati, texnologik jarayonlarining progressivligi, avtomatizatsiya darajasi, kadrlar malakasi yoki ixtisosligi bilan to‘g‘ri kelishini ta’minlash, mehnat predmetlarining o‘tish davomiyligini qisqartirish maqsadida texnologik jarayonlarning to‘g‘ri aniqlilik prinsipi asosida strukturaning to‘g‘ri kelishini ta’minlash; — sistema jarayonlari sifati darajasining sistema «kirishi» sifati yuqori bo‘ladi; — yirik korxona ichida yuridik mustaqil bo‘lgan predmetli yoki texnologik ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mayda tashkilot yaratish; — asosiy fondlar me’yoriy xizmat vaqtini qisqartirish; — korxona asosiy ishlab chiqarish fondlari rejali ogohlantirish grafigiga rioya qilish, o‘tkaziladigan remontlar davomiyligini qisqartirish va uning sifatini oshirish, fondlarni o‘z vaqtida yangilash. Namunaviy ishlab chiqarish strukturasi chizma tarzida tasvirlangan: Download 226.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling