O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI
“SERVIS” FAKULTETI
“____________________________________________” KAFEDRASI
KURS ISHI
Маvzu: Jizzax neft baza MCHJ korxona xodimlari mehnatini rag'batlantirish.
Bajardi: ____________.
Ilmiy rahbar: Norboyeva D.
2023-yil
REJA:
KIRISH
I. “Jizzax neft baza” MChJ korxonasida mehnat resurslarini boshqarish.
1.1. “Jizzax neft baza” MChJ korxona xodimlari resurlarini boshqarish va ularni boshqarish haqida tushuncha.
1.2. “Jizzax neft baza” MChJ korxonasining boshqaruv mehnatini ilmiy tashkil qilish.
II. “Jizzax neft baza” MChJ korxonasini boshqarishda xodimlarni zamonaviy rag’batlantirishning holati tahlili.
2.1. “Jizzax neft baza” MCHJ korxona boshqaruv tashkiliy tuzilmasi va xodimlarni boshqarishda rag’batlantirish holati.
2.2. “Jizzax neft baza” MCHJda xodimlarni rag’batlantirishning rivojlangan mamlakatlar tajribasi.
III.Korxonaning strategiyasini tanlash.
3.1. “Jizzax neft baza” MCHJ faoliyatining 2022-yil bo‘yicha asosiy ko`rsatkichlariga oid ma`lumotlar
3.2. Korxona strategiyasini tanlash.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
Mundarija
Kirish
Zamonaviy menejmentda rag’batlantirish omilidan faol foydalanib kelinadi. Ma’lumki, korxona tarkibida turlicha shaxsiy va kasbiy xususiyatga ega individlar mehnat faoliyatini olib borishadilar. Mazkur individlar o’rtasidagi har doim yuzaga kelib turuvchi turlicha ziddiyatlarni bartarf etib borish, ularni jipslashib faoliyat ko’rsatishga undaydigan muhitni yaratish menementdagi asosiy vazifalardan hisoblanadi. Shu maqsadda, korxona samaradorligini oshirishda ijobiy natija beruvchi rag’batlantirish masalalari bugungi kunda mamlakatimiz korxonalari faoliyatidagi muhim va dolzarb yo’nalishlardan hisoblanadi va mazkur jarayonlarni yanada jadallashtirishga qaratilgan tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etadi va ushbu holat mavzuni tanlashga muhim turtki bo’ldi deyish mumkin.
Strategik menejmentning mohiyati uning o'ziga xos tabiatining innovatsion xususiyati, istiqbolli maqsadlarga yo'naltirilganligi, ko'plab alternativalarning mavjudligi, sub'ektivlik, qaytarilmaslik va oqibatlarning uzoq vaqt davomida paydo bo'lishi kabi xususiyatlarni aks ettiradi. Strategik menejmentning mohiyatini ifodalovchi asosiy g'oya bo'lajak o'zgarishlar va muammolarga tezda javob berish qobiliyatini yaratish uchun menejmentning asosiy e'tiborini atrof-muhitga o'tkazish zarurati hisoblanadi. Strategik menejment tushunchasi va mohiyati strategiya orqali ifodalanadi - yetakchilik va tashkiliy ierarxiyaning eng yuqori darajasida murakkab strategik qarorlarni qabul qilish jarayoni. Bu korxona va uning barcha bo'linmalari ishiga samarali va samarali ta'sir ko'rsatishga imkon beradigan resurslarni oqilona taqsimlash orqali korxona yoki korxonaning tanlangan maqsadni amalga oshirish uchun bevosita muhiti bilan aloqani aniqlash va o'rnatishda ifodalanadi. Lekin hozirgi bozor sharoitida ko`pgina korxona va korxonalarda, xususan loyihalar korxonalarida hamon boshqaruv tuzilmasida ortiqcha bo`g`inlar mavjud bo`lib, bular o`z navbatida yuqorida ta`kidlaganimizdek, strategik boshqaruvda mehnat unumdorligining pasayishiga va pirovard natijada korxonaning yakuniy faoliyatiga salbiy ta`sir ko`rsatmoqda. Shu sababli bozor iqtisodiyotini erkinlashtirish sharoitida korxonalarda strategik boshqaruv tizimini bozor talablariga moslashtirish, ya`ni takomillashtirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmonida olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo’yicha ustuvor yo’nalishlarni amalga oshirish maqsadida 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi. Ushbu dasturiy hujjat mamlakatimizning mutlaqo yangi taraqqiyot bosqichiga o’tishi uchun yo’l ochib berdi. Ekspertlar fikricha, Harakatlar strategiyasining qabul qilinishi O’zbekiston uchun katta qadam bo’lib, mamlakat bu borada izchil va ishonchli harakat qilib, zarur mustahkam asosni yaratgan edi. O’zbekiston mustaqillikka erishgan ilk kunlaridayoq bozor iqtisodiyotiga asoslangan iqtisodiy yo’lni tanladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |