Jizzax politexnika instituti "tasdiqlayman"
-ma’ruza. SHamol generatorlari
Download 2.2 Mb. Pdf ko'rish
|
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari 7
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shamol generatorlari 6.1-rasm. SHamol generatorining namunaviy konstruksiyasi
6-ma’ruza. SHamol generatorlari. Reja: 1. SHamol energiyasidan mexanik yoki elektr energiyasi ishlab chiqarish. 2. SHamol generatorlari. SHamol energiyasidan mexanik yoki elektr energiyasi ishlab chiqarish SHamol energiyasidan mexanik yoki elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun foydalanish mumkin. Ishlab chiqarilayotgan energiya miqdori to‘laligiga shamol tezligiga bog‘liq bo‘ladi. SHamol generatorining standart turbinasi uch kurakchali propellar rotordan iborat bo‘lib, quvur ko‘rinishidagi po‘lat tayanchga o‘rnatiladi (6.1-rasm). Buriluvchi mexanizm rotorni shamol yo‘nalishi bo‘yicha joylashuvini ta’minlaydi. Rotor reduktor va asinxron generatorni harakatga keltiradi. Uncha katta bo‘lmagan shamol yo‘nalishi shamol generatorlari shamol 3 – 4 m/sek tezlikdan ortiq bo‘lganda ishlaydi va tezligi 8 – 25 m/s bo‘lganda turbina turi va shamol kadastriga ko‘ra maksimal quvvatga ega bo‘lgan. SHamol generatorlarini masofada turib boshqarish va nazorat qilish mumkin. Ular alohida, guruh ko‘rinishida yoki katta shamol fermalariga katta miqdordagi qurilmalarni joylashtirib o‘rnatish mumkin. Bunday fermalardan energo tizimni yuqori darajasini sozlashda foydalanish mumkin. SHamol generatorlarining afzalliklari: ishlab chiqarilayotgan energiyani narxi, yoqilg‘i narxi o‘zgarishiga bog‘liq emas, ekspluatatsion harajatning kamligi zararli chiqindilar chiqarmasligi SHamol generatorlari kamchiliklari: avtonom ishlash jarayonida rezerv manbaga ega bo‘lishlik, chunki generator ishi shamol tezligiga bog‘liq. bog‘lang‘ich harajat yuqoriligi shovqinga ega bo‘lishi. Shamol generatorlari 6.1-rasm. SHamol generatorining namunaviy konstruksiyasi Dunyo bozorida ishlab chiqarilayotgan shamol generatorlarini aksariyati 0,5 dan 3,0 MVt qiymatga ega. 2020 yilgacha ishlab chiqarilayotgan shamol generatorlarining o‘rtacha quvvati 5,0 MVtgacha bo‘lishi kutilmoqda. Hozirgi kunda shamol generatorlarining kafolatlangan ishlash vaqti 30 yilni tashkil etadi. SHamol generatorlarining narxi 1 Vt quvvat uchun 0,95 – 1 AQG dollari atrofida 2020 – 2030 yillarga kelib bu narx 1 Vt uchun 0,65 AQSH dollariga tushishi kutilmoqda. Kichik shamol generatorlaridan elektr energiyasi bilan ta’minlash tarmog‘idan olisda joylashgan maishiy iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun foydalanish mumkin. 100 Vt va undan ortiq elektr energiyasini barqaror ishlab chiqaradigan shamol generatorlari mavjud. Kichik shamol generatorlari yaxshi konstruksiyasiga ega minora va nazorat tizimiga ega bo‘lishi mumkin. Bunday manbalar sifatida dizel generatorlari, quyosh fotoelektrik tizimlari, mikro GES va biogaz reaktorlaridan foydalaniladi. Odatda kichik shamol genneratorlaridan yoritish, kichik quvvatli muzlatgich, elektr nasoslar va radio televizion uskunalarni elektr energiyasi bilan ta’minlash yaxshi natijalar beradi. Download 2.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling