Jizzax politexnika instituti "tasdiqlayman"
Asosiy ko‘rsatgichlarni optimillashtirish
Download 2.2 Mb. Pdf ko'rish
|
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari 7
Asosiy ko‘rsatgichlarni optimillashtirish.
Maxsus adabiyotda 1930-1970-yillarda qurilgan Amerika quyoshli uylari xaqida batafsil ma’lumotlar berilgan. Ma’lum va mashhur binolarni ko‘rib chiqmaylikda, HUD davriy nashrlarida e’lon qilinadigan oxirgi o‘n yillik qurilmalari va loyihalarga to‘xtalib qo‘ya qolaylik. Bir xonadonli quyoshli uylarning turli-tuman ko‘rinishlarini uchta asosiy prinsipial sxemaga keltirish mumkin: - ixcham; - chiziqli-kenglik; - pavilonli; Ixcham uylar nazariy jixatdan shimoliy tumanlar uchun, chiziqli-kenglikli – uylarning xonalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri isitish foydalaniladigan janubiy tumanlar uchun, povilon tarkibli uylar – kuchli elvizakli shamollatish talab qilinadigan issiq nam iqlim uchun xos. Lekin amalda bu echimlar bir-biriga nihoyatda bog‘liq, chunki quyoshli uyni loyihalash asosida maksimal issiqlikdan himoyalanish talabi qo‘yiladi. SHuning uchun ixcham sxemalar issiq iqlim uchun ham tavsiya qilinadi, buning boisi bino xonalariga minimal issiqlik kirishini ta’minlashdir. Xajmiy-tarxiy echimini ayrim xususiyatlari tufayli alohida guruhlarga ajratilgan: gruntga chuqurlashtirib joylashtirilgan binolar; cho‘l hududlari uchun mo‘ljallangan uylar. Ixcham tarhiy yangi sxemalar Angliya birinchi erlik aholisi uylarining an’anaviy echimlariga asoslangan. Odatda bu ikki qavatli hajm, tomi qiya to‘shama bilan yopilgan uydir. Birinchi qavatda – umumiy xonalarning yaxlit fazosi – oshxona joylashgan, unga shimoliy tomondan xo‘jalik xonalari va himoya bufer mintaqasini tashkil qilish uchun garaj joylashgan. Ikkinchi yoki mansard qavatda–yotoqxona xonalari joylashgan. Amerikalik mutaxassislarni fikricha, sovuq iqlimli hududlarda faol sistemalar yilning arzimagan qismidagina faoliyat ko‘rsatishlari mumkin. Passiv sistemalar hatto tarqoq nurlanish holatida ham ishlaydi. AQSH shimoliy tumanlari uchun loyihalanadigan uylarda issiqlikni to‘plash vazifasini: - issiqxonalar; - atiumlar (qishki bog‘); - tromb devori turidagi tashqi termal massivlar bajaradi. Massachusets shtatining tarixiy qurilish saqlangan tumanida 2 qavatli uy an’anaviy xajmiy-tarxiy tarkibi va zamonavy texnologik echimlar qo‘shilishining ajoyib misoli bo‘lib xizmat qiladi . Sovuq iqlimli Massachusetda binoning hamma elementlarini maksimal darajada himoyalash talab qilinadi. Ixcham 2 qavatli uy shimoliy tomondan ozgina chuqurlashtirilgan va sovuq shamollardan garajlar orqali himoyalangan. Uyga kirish – oraliq sathdan tambur orqali amalga oshiriladi. Birinchi qavatni yaxlit fazosi janubga yo‘naltirilgan bo‘lib, unda oshxona suriladigan to‘siq vositasida ajratilgan. Umumiy xonaning markazida oranjereya joylashgan, uni qo‘lda boshqariladigan to‘rparda yordamida ajratib qo‘yish mumkin. Issiqlik nurlanishi janubiy fasadning tromb devori to‘ridagi devor oraliqlarida sodir bo‘ladi: beton devorlar tashqarisidan qora rangga bo‘yalgan, 30 sm qalinlikka ega bo‘lib, oynavandlangan. Havo pol sathi va 1 – qavat shifti tagida tirqishlar orqali aylanadi. Issiqlikning ortiqcha miqdori qora spol plitkalar bilan qoplangan beton asos tomonidan yutiladi. Bosh xona markazida havo yuqori sathga ko‘tarilib, yotoqxonani isitish imkoniyatini beruvchi issiq havo uchun orayopmadagi tirqish (2,0x2,5 m) joylashgan. Tom yopmadagi deraza orqali xuddi shu usulda yozgi vaqtda binoni faol shamollatish amalga oshiriladi. Uyning isitiladigan maydoni 200 m 2 ni tashkil qiladi. Download 2.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling