Jizzax politexnika instituti "tasdiqlayman"
Quyosh energiyasi yordamida havoni sovutish, suvni yumshatish
Download 2.2 Mb. Pdf ko'rish
|
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari 7
Quyosh energiyasi yordamida havoni sovutish, suvni yumshatish. Passiv quyosh sistemali turar joy uylarida tashqi issiqlik qatlamini isitishdan keng foydalaniladi (3.2.-rasm). Bunday qatlamning mashhur varianti – Trob-Mimel devoridir, uning tarkibi beton, g‘isht yoki toshdan, janubiy fasadda joylashgan va to‘q rangga bo‘yalgan. Devordan uncha uzoq bo‘lmagan masofada (600mm atrofida) shisha qoplama ishlanadi. Devor va qoplama orasidagi isigan havo issiqlik tashuvchi vazifasini bajaradi va o‘z navbatida devorni isitadi, devor asta-sekin olingan issiqlikni xonaga uzatadi (harorat 3-5 o S darajaga oshishi mumkin). SHunday qilib, bu konstruksiyada kollektor va akkumulyator vazifalari birlashadi. 3.2.-rasm. Stoverstone (Pensilvaniya)dagi Lefevr uyi. ikki qavatli uy, undagi faqat 1-qavat isitiladi (umumiy foydali maydon 116m 2 ). Havo quyosh kollektori ikki qavat qilib oynavandlangan (maydon yuzasi 41.8m 2 ) ikkinchi qavatga janubiy tomonga vertikal tarzda o‘rnatilgan. Hech qanday maxsus akkumulyatorlar yo‘q, ular devorlariga o‘rnatilgan. Turar joy xonalari sirkulyasiyasi hisobiga isitiladi. YOrdamchi isitish vositasi – gazli. Havo aylanishi uchun maxsus klapan yoki darchalardan foydalaniladi. Havoni tortish kanallarni ruxsati bo‘lgan er to‘lalarga, u holda bu sistemani xonani yozgi sovitish uchun ishlatish mumkin. (havo haroratini 5 – 7 o S ga pasaytirish ehtimoli bor). Oynavand hajmni isitish amalda to‘g‘ridan to‘g‘ri isitish medifikatsiyasidir. Issiqxona, atrium, oranjeriya oynavand xajmi uyning janubiy fasadiga ulangan holda bo‘lishi mumkin yoki uning ichkarisiga quriladi. Issiqxonada qizigan havo tabiiy konveksiya yo‘li bilan, mexanik zo‘riqtirish kanallari va oddiy uskunalar sistemasi orqali boshqa xonalarga tarqaladi. Odatda, issiqxonadagi harorat etarli darajagacha etganda klapanni ochilishini sozlovchi termostat ishga tushadi. Issiqlikni saqlash ichki termal massivi tomonidan yuqorida ta’rif berilganidek amalga oshiriladi. Download 2.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling