Jizzax politexnika instituti "tasdiqlayman"


Qayta tiklanuvchi va qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslardan


Download 2.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/70
Sana10.11.2023
Hajmi2.2 Mb.
#1764340
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
Bog'liq
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari 7

 
Qayta tiklanuvchi va qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslardan 
foydalanish huquqiy va me’yoriy asoslari 
Mamlakatimizda energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish va muqobil 
energetikani rivojlantirish iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilishning 
ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi.
Davlatimiz rahbarining 2015 yil 5 maydagi «2015-2019 yillarda iqtisodiyot 
tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sig‘imini qisqartirish, energiya tejaydigan 
texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida»gi qarori bu borada 
muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda. 
Poytaxtimizda o‘tkazilgan «Green Forum – 2016» ilmiy-texnik forumi sohada 
amalga oshirilayotgan ishlar, istiqboldagi vazifalar, milliy va xalqaro tajriba 
muhokamasiga bag‘ishlandi. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan 
«O‘zbekenergo» aksiyadorlik jamiyati, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) 
va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirda xalqaro tashkilotlar 
ekspertlari, olimlar va tadbirkorlar ishtirok etdi.
Muqobil energiya manbalarini qo‘llagan holda elektr energiyasi ishlab chiqarish, 
tarqatish va iste’mol qilish sohalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish alohida 
ahamiyat kasb etadi. SHu maqsadda mamlakatimizda energiya samaradorligi va 
energiya tejash sohasi bo‘yicha ekspertlar va amaliyotchi mutaxassislar jalb qilinib
ilg‘or xorijiy tajriba keng o‘rganilmoqda. 
2020 yilgacha Surxondaryo va Namangan viloyatlarida ham ana shunday 
quvvatga ega quyosh elektr stansiyalari bunyod etilishi ko‘zda tutilgan.
Tadbirda O‘zbekistonda energiya tejaydigan texnologiyalar, muqobil energiya 
manbalari 
joriy 
etilishini 
rag‘batlantirish, 
mazkur 
yo‘nalishni 
yanada 
rivojlantirishdagi imkoniyatlar, elektr energetikasining bugungi holati hamda uni 
rivojlantirish istiqbollari kabi dolzarb masalalar yuzasidan fikrlashildi. 



Download 2.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling