Jizzax politexnika instituti "tasdiqlayman"
Quyoshli isitish tizimlari
Download 2.2 Mb. Pdf ko'rish
|
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari 7
Quyoshli isitish tizimlari
Quyoshli faol isitish sistemasi (rasm) tarkibiga 5ta asosiy komponent kiradi: quyosh nurlarini qabul qiluvchi va issiqlik energiyasiga aylantiruvchi – kollektorlar (1); issiqlik akkumulyatorlari (2); qo‘shimcha isitgich (3); taqsimlovchi tarmoq va isitish asbobi (4); sozlovchi moslama (5). 3.3–rasm. Quyoshli faol isitish tizimi (sxema). Birinchi tur – yassi kollektorli geliosistemalar (3.3–rasm). YAssi kollektorning xizmati materiallarini quyosh nurini yutish, qayta ishlash va saqlab turishga asoslangan. Material turi va uning yuzasi holatiga qarab yutish qobilyati 0.80.... 0.98 ga etishi mumkin, bu miqdor tushayotgan yorug‘lik oqimi energiyasiga nisbatan olinadi (nurning qolgan qismi material tomonidan qaytariladi). YUtilgan quyosh energiyasi issiqlik energiyasiga aylantiriladi, uning bir qismi material ichkarisiga, qolgan qismi atrof – muhitga nurlanish va konveksiya vositasida chiqib ketadi. CHiqib ketayotgan issiqlik miqdori yuza harorati va atrof – muhit haroratlari farqiga to‘g‘ri proporsional bo‘ladi. Agar nurlantirayotgan yuzani shisha bilan yopib, 20...30mm havo tirqishi qoldirilsa, issiqlik yo‘qotish ancha pasayadi, bunda yutilgan issiqlik miqdorining kamayishi deyarli sezilmaydi. SHisha yuqori haroratli qisqa to‘lqinli quyosh nurlanishini yaxshi o‘tkazadi, issiqlik qabul qiluvchi uzun to‘lqinli infraqizil nurlanishni o‘tkazmaydi. SHu bilan birga shisha konveksiya hisobiga issiqlik yo‘qotilishini keskin kamaytiradi. 4-ma’ruza. Kam potensialga ega quyoshli qurilmalar. Reja: 1. Quyoshli kollektorlar konstruksiyasi va xarakteristikasi. 2. Quyoshli isitish tizimining energetik xarakteristikalari xisobi. Quyoshli kollektorlar konstruksiyasi va xarakteristikasi Butun dunyo mamlakatlari singari respublikamizda quyosh energiyasidan amaliy foydalanishga texnologik jihatdan tayyor hisoblangan sohalardan biri quyosh energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirish va undan aholining issiqlik energiyasiga bo‘lgan ehtiyojlarini qisman qoplash uchun foydalanishdir. Respublikamizda kuyosh energiyasining yillik texnikaviy potensiali (ya’ni resursi) 290 mln. tonna shartli yoqilg‘i miqdoriga teng bo‘lib u yil davomida mamlakatimiz ichki htiyojlari uchun sarflanayotgan birlamchi energetika resurslarining umumiy miqdoriga nisbatan 4 baravar ko‘pdir. Quyosh energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirib beruvchi qurilmalar quyosh issiqlik qurilmalari yoki quyosh isitgichlari deb ataladi. Quyosh isitgichlari, ular yordamida hosil qilinadigan issiqlik energiyasining potensialiga, ya’ni issiqlik tashuvchi muhitning haroratiga qarab shartli ravishda 2 turga bo‘linishi mumkin. Xalq xo‘jaligida eng ko‘p qo‘llaniladigan quyosh isitgichlari asosan yassi shaklda bo‘lib ulardan asosan issiqlik tashuvchi muhitning harorati 100 o S dan oshmagan hollarda foydalaniladi. Bunday haroratga ega bo‘lgan issiqlik tashuvchi muhit, masalan suv, turli iste’molchilarning issiq suv ta’minoti tizimlarida, turar joy binolari, sanoat va qishloq xo‘jalik ob’ektlarini qish mavsumida isitish, sho‘r suvlarni chuchuklashtirish va shu kabi maqsadlarda foydalanilishi mumkin. Agar issiqlik tashuvchi muhit sifatida havo ishlatilsa bunday qurilmalardan yoz paytida meva va sabzavot mahsulotlarini quritish maqsadlarida foydalanish mumkin. 4.1.-Rasm. YAssi quyosh isitgichi sxemasi: 1- issiqlik yo‘qotishdan himoyalangan quti; 2- shaffof qoplama; 3- sirti qoraytirilgan yassi panel; 4- issiqlik tashuvchi muhit harakatlanuvchi kanal; 5- quyosh nurlanishi. YAssi quyosh isitgichlari issiqlik yo‘qotishdan himoyalangan yassi quti ichiga joylashtirilgan metaldan yasalgan nur qabul qiluvchi sirti qoraytirilgan issiqlik almashtirgich, ya’ni muhit harakatlanishi uchun maxsus kanallarga ega bo‘lgan yassi paneldan iboratdir. Qutining quyoshga qaratilgan sirti nur o‘tkazuvchan, ammo panelning issiqlik nurlanishini o‘zi orqali o‘tkazmaydigan shaffof material, masalan oddiy deraza shishasi bilan qoplanadi. Quyosh nurlari shaffof qoplamadan o‘tgandan keyin sirti qoraytirilgan panel tomonidan yutiladi va issiqlik energiyasiga aylanadi. hosil qilingan issiqlikni issiqlik tashuvchi muhit yordamida tashqariga olib chiqiladi. YAssi quyosh isitgichlari yordamida ishlovchi va yilning bahor, yoz va kuz mavsumlarida xonadonlarni issiq suv bilan ta’minlovchi qurilmalarning sxemasi keltirilgan. 4.2-Rasm. Mavsumiy quyosh suv isitgichi sxemasi: 1-yassi quyosh suv isitgichi; 2- issiqlik yo‘qotishdan himoyalangan issiq suv jamlovchi bak. Qurilma asosan o‘zaro quvurlar bilan tutashtirilgan yassi quyosh isitgichi va issitilgan suvni jamlovchi bakdan iborat bo‘lib, qurilmada issiqlik tashuvchi muhit sifatida issiq suvning o‘zi ishlatiladi va uning harakati tabiiy konveksiya, ya’ni termosifon prinsipiga asoslangan. Buning uchun isitilgan suvni jamlovchi bak qurilmaning tepa qismiga o‘rnatiladi. Isitgichning shaffof qoplamasi sirtiga tushuvchi quyosh nurlaridan oqilona foydalanish uchun u janubiy yo‘nalishda ufqqa nisbatan 25 30 burchak ostida joylashtiriladi. Issiq suv jamlovchi bakning hajmi isitgichning nur qabul qiluvchi sirtiga bog‘lik. Mavsumiy quyoshli suv isitgich qurilmalarida ularning har bir kvadrat metr yassi quyosh isitgichining sirtiga hajmi 50 60 litr bo‘lgan issiq suv jamlovchi bak tavsiya qilinadi. Optimal variant 1kv/m panelga 60 litr. Quyosh suv isitgich qurilmalarini yil davomida, jumladan qish mavsumida ham, uzluksiz ishlatish uchun odatda ularni ikki konturli qilib yasalib, birinchi kontur muzlamaydigan issiqlik tashuvchi muhit bilan to‘ldiriladi. Ikkinchi kontur bir tomonidan sovuq suv kiruvchi va ikkinchi tomonidan issiq suv chiqib ketuvchi issiqlik yo‘qotishdan himoyalangan jamlovchi bakdan iborat. Qurilmaning yil davomida har qanday ob-havo sharoitida normal ishlashi uchun issiq suv jamlovchi bakning tepa qismiga elektr energiyasi yordamida ishlovchi qo‘shimcha isitgich- dubler o‘rnatildi. 4.3-Rasm. Yil davomida uzluksiz ishlovchi quyosh suv isitgichi sxemasi: 1.yassi quyosh suv isitgichi; 2- issiq suv jamlovchi bak; 3- issiqlik almashtirgich; 4- qo‘shimcha elektr isitgich. Muzlamaydigan issiqlik tashuvchi muhit quyosh qurilmasidan olgan issiqligini isitilayotgan suvga issiq suv jamlovchi bak ichiga o‘rnatilgan issiqlik almashtirgich orqali beradi. Download 2.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling