Jizzax politexnika instituti "tasdiqlayman"


Download 2.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/70
Sana10.11.2023
Hajmi2.2 Mb.
#1764340
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
Bog'liq
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari 7

 
 
 
 
Jizzax – 2018 y 


1-ma’ruza. Kirish. Tabiiy resurslardan samarali foydalanish va barqaror 
rivojlanish asoslari. 
Reja: 
1. Er usti va er osti tabiiy resurslari
2. Qayta tiklanuvchi va qayta tilanmaydigan tabiiy resurslardan foydalanish 
huquqiy va me’yoriy asoslari 
 
Er usti va er osti tabiiy resurslari 
Ma’lumki, energiya deb jismlarning ish bajarish qobiliyatiga aytiladi. 
Energiyadan to‘liq foydalanish mumkin emas, uni faqatgina bir ko‘rinishdan boshqa 
ko‘rinishga aylantirish mumkin. Ushbu qonun tabiatning asosiy (fundamental) 
qonunlardan biri bo‘lib, energiyani saqlanish qonuni deb ataladi

Masalan, neft 
yoqilganda biz yonish mahsulotlari sifatida asosan karbonat angidrid (SO

) va suvni 
olamiz, kimyo energiyasi esa issiqlik energiyasiga aylanadi. Barcha energetik 
jarayonlarda energiya yo‘qolmaydi, u faqat aylanadi. Odatda, biz iste’mol qilgan 
energiya, oxirida issiqlik energiyasiga aylanib, atrof muhitga tarqaladi, so‘ngra ushbu 
energiya issiqlik nurlanish orqali er yuzasidan koinotga uzatiladi. SHunday qilib 
erdagi iqlim issiqlik energiya balansi natijasida ma’lum temperatura me’yorida 
saqlanib turiladi. 
Tabiatda mavjud bo‘lgan energiya xar hil turlarda bo‘ladi, shuning uchun bizni 
oldimizda turgan asosiy vazifa bu kerakli foydali energiya turini olishni o‘rganish, 
uni aylantirish va foydalanishdir
Atrofimizdagi barcha energiya manbalarini birlamchi energiya tashuvchilari 
bo‘yicha ikkita katta guruhga ajratish mumkin: qayta tiklanmas (an’anaviy) va qayta 
tiklanuvchan (muqobil).
An’anaviy, ya’ni qayta tiklanmas energiya manbalariga ko‘mir, neft, gaz, yadro 
energiyasi kiradi. Qayta tiklanmas energiya manbalari birlamchi energiya 
tashuvchilarining zaxiralari er yuzida chegaralangan bo‘lib, ular ma’lum vaqtdan 
so‘ng tugashi mumkin. 
Muqobil, ya’ni qayta tiklanuvchan energiya manbalari har yili qayta hosil 
bo‘lishi natijasida ulardan cheksiz vaqt davomida foydalanish mumkin. BMT bosh 
assambeyasi №33/148 son rezolyusiyasiga muvofiq noan’anaviy va yangi hosil 
bo‘luvchi energiya manbaalariga quyidagilar kiradi: quyosh, shamol, geotermal
dengiz to‘lqinlari, okean va dengizlar sohillaridagi to‘lqinlardan hosil bo‘luvchi 
energiya biomassa, yog‘och, yog‘och-ko‘mir, torf, slanetslar, bitumsimon qumliklar, 
katta va kichik suv oqimlari gidroenergiyasi. 
Er yuzasida mavjud bo‘lgan ayrim energiya manbalarining zahiralari 1- jadvalda 
keltirilgan. 
Er yuzasidagi ayrim energiya manbalari zahiralari 1-jadval 
Energiya turi 
Zahiralar, kVt

ch 
YAngi hosil bo‘lmaydigan energiya manbalari: 
YAdro energiyasi (bo‘linish) 
YOnuvchi moddalar kimyoviy energiyasi 
547000

10
12
55000

10
12


Erning ichki issiqligi 
134

10
12
Har yili yangi hosil bo‘luvchi energiya manbalari: 
Quyosh nuri energiyasi 
Dengiz oqimlar energiyasi 
SHamol energiyasi
Daryo energiyasi
580000

10
12
70000

10
12
1700

10
12
18

10
12
Hozirgi kun an’anaviy energetikasining asosi bo‘lib ko‘mir, neft va gaz 
zahiralari, shuningdek daryo energiyasi hisoblanadi, ularning zahirasi butun er 
energiya zahiralarining 5% ini tashkil qiladi holos. SHunga qaramay, ular 
insoniyatning energetikaga bo‘lgan ehtiyojining 90%ini qondira oladi. 

Download 2.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling