Jizzax politexnika instituti "tasdiqlayman"
Download 2.2 Mb. Pdf ko'rish
|
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari 7
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Qayta tiklanuvchi va qayta tilanmaydigan tabiiy resurslardan foydalanish huquqiy va me’yoriy asoslari Er usti va er osti tabiiy resurslari
Jizzax – 2018 y 1-ma’ruza. Kirish. Tabiiy resurslardan samarali foydalanish va barqaror rivojlanish asoslari. Reja: 1. Er usti va er osti tabiiy resurslari 2. Qayta tiklanuvchi va qayta tilanmaydigan tabiiy resurslardan foydalanish huquqiy va me’yoriy asoslari Er usti va er osti tabiiy resurslari Ma’lumki, energiya deb jismlarning ish bajarish qobiliyatiga aytiladi. Energiyadan to‘liq foydalanish mumkin emas, uni faqatgina bir ko‘rinishdan boshqa ko‘rinishga aylantirish mumkin. Ushbu qonun tabiatning asosiy (fundamental) qonunlardan biri bo‘lib, energiyani saqlanish qonuni deb ataladi . Masalan, neft yoqilganda biz yonish mahsulotlari sifatida asosan karbonat angidrid (SO 2 ) va suvni olamiz, kimyo energiyasi esa issiqlik energiyasiga aylanadi. Barcha energetik jarayonlarda energiya yo‘qolmaydi, u faqat aylanadi. Odatda, biz iste’mol qilgan energiya, oxirida issiqlik energiyasiga aylanib, atrof muhitga tarqaladi, so‘ngra ushbu energiya issiqlik nurlanish orqali er yuzasidan koinotga uzatiladi. SHunday qilib erdagi iqlim issiqlik energiya balansi natijasida ma’lum temperatura me’yorida saqlanib turiladi. Tabiatda mavjud bo‘lgan energiya xar hil turlarda bo‘ladi, shuning uchun bizni oldimizda turgan asosiy vazifa bu kerakli foydali energiya turini olishni o‘rganish, uni aylantirish va foydalanishdir Atrofimizdagi barcha energiya manbalarini birlamchi energiya tashuvchilari bo‘yicha ikkita katta guruhga ajratish mumkin: qayta tiklanmas (an’anaviy) va qayta tiklanuvchan (muqobil). An’anaviy, ya’ni qayta tiklanmas energiya manbalariga ko‘mir, neft, gaz, yadro energiyasi kiradi. Qayta tiklanmas energiya manbalari birlamchi energiya tashuvchilarining zaxiralari er yuzida chegaralangan bo‘lib, ular ma’lum vaqtdan so‘ng tugashi mumkin. Muqobil, ya’ni qayta tiklanuvchan energiya manbalari har yili qayta hosil bo‘lishi natijasida ulardan cheksiz vaqt davomida foydalanish mumkin. BMT bosh assambeyasi №33/148 son rezolyusiyasiga muvofiq noan’anaviy va yangi hosil bo‘luvchi energiya manbaalariga quyidagilar kiradi: quyosh, shamol, geotermal, dengiz to‘lqinlari, okean va dengizlar sohillaridagi to‘lqinlardan hosil bo‘luvchi energiya biomassa, yog‘och, yog‘och-ko‘mir, torf, slanetslar, bitumsimon qumliklar, katta va kichik suv oqimlari gidroenergiyasi. Er yuzasida mavjud bo‘lgan ayrim energiya manbalarining zahiralari 1- jadvalda keltirilgan. Er yuzasidagi ayrim energiya manbalari zahiralari 1-jadval Energiya turi Zahiralar, kVt ch YAngi hosil bo‘lmaydigan energiya manbalari: YAdro energiyasi (bo‘linish) YOnuvchi moddalar kimyoviy energiyasi 547000 10 12 55000 10 12 Erning ichki issiqligi 134 10 12 Har yili yangi hosil bo‘luvchi energiya manbalari: Quyosh nuri energiyasi Dengiz oqimlar energiyasi SHamol energiyasi Daryo energiyasi 580000 10 12 70000 10 12 1700 10 12 18 10 12 Hozirgi kun an’anaviy energetikasining asosi bo‘lib ko‘mir, neft va gaz zahiralari, shuningdek daryo energiyasi hisoblanadi, ularning zahirasi butun er energiya zahiralarining 5% ini tashkil qiladi holos. SHunga qaramay, ular insoniyatning energetikaga bo‘lgan ehtiyojining 90%ini qondira oladi. Download 2.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling