Issiqlik energiyasiga aylantirilgan quyosh energiyasidan qish mavsumida turar-
joy binolarini isitish maqsadlarida foydalanish mumkin.
Ammo qish paytida atrof
muxit haroratining pasayib ketishi va quyoshdan kelayotgan energiya miqdorining
yoz paytidagiga nisbatan 2-2,5 baravar
kamayishini hisobga olsak, quyosh
energiyasidan binolarni isitish uchun foydalanish issiq suv ta’minoti
tizimlariga
nisbatan ancha murakkab ekanligi kelib chiqadi. SHu sababli binolarni 100 % quyosh
energiyasi hisobiga isitish mushkul masala hisoblanadi. Ammo binoning tomiga yoki
yon devorlariga o‘rnatilgan quyosh issiqlik qurilmalari yordamida olingan issiqlik
energiyasidan foydalanib binoning qish mavsumida isitilishi uchun zarur bo‘lgan
yoqilg‘ining 30-40 % ni tejab qolish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: