Jizzax politexnika instituti "tasdiqlayman"


Asosiy ko‘rsatgichlarni optimillashtirish


Download 2.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/70
Sana10.11.2023
Hajmi2.2 Mb.
#1764340
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   70
Bog'liq
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari 7

Asosiy ko‘rsatgichlarni optimillashtirish. 
Maxsus adabiyotda 1930-1970-yillarda qurilgan Amerika quyoshli uylari xaqida 
batafsil ma’lumotlar berilgan. Ma’lum va mashhur binolarni ko‘rib chiqmaylikda, 
HUD davriy nashrlarida e’lon qilinadigan oxirgi o‘n yillik qurilmalari va loyihalarga 
to‘xtalib qo‘ya qolaylik. Bir xonadonli quyoshli uylarning turli-tuman ko‘rinishlarini 
uchta asosiy prinsipial sxemaga keltirish mumkin:
- ixcham; 
- chiziqli-kenglik; 
- pavilonli; 
Ixcham uylar nazariy jixatdan shimoliy tumanlar uchun, chiziqli-kenglikli – 
uylarning xonalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri isitish foydalaniladigan janubiy tumanlar 
uchun, povilon tarkibli uylar – kuchli elvizakli
shamollatish talab qilinadigan issiq 
nam iqlim uchun xos. Lekin amalda bu echimlar bir-biriga nihoyatda bog‘liq, chunki 
quyoshli uyni loyihalash asosida maksimal issiqlikdan himoyalanish talabi qo‘yiladi. 
SHuning uchun ixcham sxemalar issiq iqlim uchun ham tavsiya qilinadi, buning boisi 
bino xonalariga minimal issiqlik kirishini ta’minlashdir. Xajmiy-tarxiy echimini 
ayrim xususiyatlari tufayli alohida guruhlarga ajratilgan: gruntga chuqurlashtirib 
joylashtirilgan binolar; cho‘l hududlari uchun mo‘ljallangan uylar. 
Ixcham tarhiy yangi sxemalar Angliya birinchi erlik aholisi uylarining 
an’anaviy echimlariga asoslangan. Odatda bu ikki qavatli hajm, tomi qiya to‘shama 
bilan yopilgan uydir. Birinchi qavatda – umumiy xonalarning yaxlit fazosi – oshxona 
joylashgan, unga shimoliy tomondan xo‘jalik xonalari va himoya bufer mintaqasini 
tashkil qilish uchun garaj joylashgan. Ikkinchi yoki mansard qavatda–yotoqxona 
xonalari joylashgan. 
Amerikalik mutaxassislarni fikricha, sovuq iqlimli hududlarda faol sistemalar 
yilning arzimagan qismidagina faoliyat ko‘rsatishlari mumkin. Passiv sistemalar hatto 
tarqoq nurlanish holatida ham ishlaydi. AQSH shimoliy tumanlari uchun 
loyihalanadigan uylarda issiqlikni to‘plash vazifasini: 
- issiqxonalar; 
- atiumlar (qishki bog‘); 
- tromb devori turidagi tashqi termal massivlar bajaradi. 
Massachusets shtatining tarixiy qurilish saqlangan tumanida 2 qavatli uy 
an’anaviy xajmiy-tarxiy tarkibi va zamonavy texnologik echimlar qo‘shilishining 
ajoyib misoli bo‘lib xizmat qiladi . 
Sovuq iqlimli Massachusetda binoning hamma elementlarini maksimal 
darajada himoyalash talab qilinadi. Ixcham 2 qavatli uy shimoliy tomondan ozgina 
chuqurlashtirilgan va sovuq shamollardan garajlar orqali himoyalangan. Uyga kirish 
– oraliq sathdan tambur orqali amalga oshiriladi. Birinchi qavatni yaxlit fazosi 
janubga yo‘naltirilgan bo‘lib, unda oshxona suriladigan to‘siq vositasida ajratilgan. 


Umumiy xonaning markazida oranjereya joylashgan, uni qo‘lda boshqariladigan 
to‘rparda yordamida ajratib qo‘yish mumkin. 
Issiqlik nurlanishi janubiy fasadning tromb devori to‘ridagi devor oraliqlarida 
sodir bo‘ladi: beton devorlar tashqarisidan qora rangga bo‘yalgan, 30 sm qalinlikka 
ega bo‘lib, oynavandlangan. Havo pol sathi va 1 – qavat shifti tagida tirqishlar orqali 
aylanadi. Issiqlikning ortiqcha miqdori qora spol plitkalar bilan qoplangan beton asos 
tomonidan yutiladi. Bosh xona markazida havo yuqori sathga ko‘tarilib, yotoqxonani 
isitish imkoniyatini beruvchi issiq havo uchun orayopmadagi tirqish (2,0x2,5 m) 
joylashgan. Tom yopmadagi deraza orqali xuddi shu usulda yozgi vaqtda binoni faol 
shamollatish amalga oshiriladi. Uyning isitiladigan maydoni 200 m

ni tashkil qiladi.

Download 2.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling