Jizzax politexnika instituti "tasdiqlayman"


Quyoshli isitish tizimlari


Download 2.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/70
Sana10.11.2023
Hajmi2.2 Mb.
#1764340
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   70
Bog'liq
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari 7

Quyoshli isitish tizimlari 
Quyoshli faol isitish sistemasi (rasm) tarkibiga 5ta asosiy komponent kiradi: 
quyosh nurlarini qabul qiluvchi va issiqlik energiyasiga aylantiruvchi – kollektorlar 
(1); issiqlik akkumulyatorlari (2); qo‘shimcha isitgich (3); taqsimlovchi tarmoq va 
isitish asbobi (4); sozlovchi moslama (5). 
3.3–rasm. Quyoshli faol isitish tizimi (sxema). 


Birinchi tur – yassi kollektorli geliosistemalar (3.3–rasm). YAssi kollektorning 
xizmati materiallarini quyosh nurini yutish, qayta ishlash va saqlab turishga 
asoslangan. Material turi va uning yuzasi holatiga qarab yutish qobilyati 0.80.... 0.98 
ga etishi mumkin, bu miqdor tushayotgan yorug‘lik oqimi energiyasiga nisbatan 
olinadi (nurning qolgan qismi material tomonidan qaytariladi). YUtilgan quyosh 
energiyasi issiqlik energiyasiga aylantiriladi, uning bir qismi material ichkarisiga, 
qolgan qismi atrof – muhitga nurlanish va konveksiya vositasida chiqib ketadi. 
CHiqib ketayotgan issiqlik miqdori yuza harorati va atrof – muhit haroratlari farqiga 
to‘g‘ri proporsional bo‘ladi. Agar nurlantirayotgan yuzani shisha bilan yopib
20...30mm havo tirqishi qoldirilsa, issiqlik yo‘qotish ancha pasayadi, bunda yutilgan 
issiqlik miqdorining kamayishi deyarli sezilmaydi. SHisha yuqori haroratli qisqa 
to‘lqinli quyosh nurlanishini yaxshi o‘tkazadi, issiqlik qabul qiluvchi uzun to‘lqinli 
infraqizil nurlanishni o‘tkazmaydi. SHu bilan birga shisha konveksiya hisobiga 
issiqlik yo‘qotilishini keskin kamaytiradi. 
 
 
 
4-ma’ruza. Kam potensialga ega quyoshli qurilmalar. 
Reja: 
1. Quyoshli kollektorlar konstruksiyasi va xarakteristikasi.
2. Quyoshli isitish tizimining energetik xarakteristikalari xisobi. 
 
Quyoshli kollektorlar konstruksiyasi va xarakteristikasi 
Butun dunyo mamlakatlari singari respublikamizda quyosh energiyasidan 
amaliy foydalanishga texnologik jihatdan tayyor hisoblangan sohalardan biri quyosh 
energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirish va undan aholining issiqlik energiyasiga 
bo‘lgan ehtiyojlarini qisman qoplash uchun foydalanishdir.
Respublikamizda kuyosh energiyasining yillik texnikaviy potensiali (ya’ni 
resursi) 290 mln. tonna shartli yoqilg‘i miqdoriga teng bo‘lib u yil davomida 
mamlakatimiz ichki htiyojlari uchun sarflanayotgan birlamchi energetika 
resurslarining umumiy miqdoriga nisbatan 4 baravar ko‘pdir. 
Quyosh energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirib beruvchi qurilmalar quyosh 
issiqlik qurilmalari yoki quyosh isitgichlari deb ataladi. Quyosh isitgichlari, ular 
yordamida hosil qilinadigan issiqlik energiyasining potensialiga, ya’ni issiqlik 
tashuvchi muhitning haroratiga qarab shartli ravishda 2 turga bo‘linishi mumkin. 
Xalq xo‘jaligida eng ko‘p qo‘llaniladigan quyosh isitgichlari asosan yassi shaklda 
bo‘lib ulardan asosan issiqlik tashuvchi muhitning harorati 100 
o
S dan oshmagan 
hollarda foydalaniladi. Bunday haroratga ega bo‘lgan issiqlik tashuvchi muhit, 
masalan suv, turli iste’molchilarning issiq suv ta’minoti tizimlarida, turar joy binolari, 
sanoat va qishloq xo‘jalik ob’ektlarini qish mavsumida isitish, sho‘r suvlarni 
chuchuklashtirish va shu kabi maqsadlarda foydalanilishi mumkin. Agar issiqlik 
tashuvchi muhit sifatida havo ishlatilsa bunday qurilmalardan yoz paytida meva va 
sabzavot mahsulotlarini quritish maqsadlarida foydalanish mumkin.


4.1.-Rasm. YAssi quyosh isitgichi sxemasi:
1- issiqlik yo‘qotishdan himoyalangan quti; 2- shaffof qoplama; 3- sirti qoraytirilgan 
yassi panel; 4- issiqlik tashuvchi muhit harakatlanuvchi kanal; 5- quyosh nurlanishi. 
YAssi quyosh isitgichlari issiqlik yo‘qotishdan himoyalangan yassi quti ichiga 
joylashtirilgan metaldan yasalgan nur qabul qiluvchi sirti qoraytirilgan issiqlik 
almashtirgich, ya’ni muhit harakatlanishi uchun maxsus kanallarga ega bo‘lgan yassi 
paneldan iboratdir. Qutining quyoshga qaratilgan sirti nur o‘tkazuvchan, ammo 
panelning issiqlik nurlanishini o‘zi orqali o‘tkazmaydigan shaffof material, masalan 
oddiy deraza shishasi bilan qoplanadi. 
Quyosh nurlari shaffof qoplamadan o‘tgandan keyin sirti qoraytirilgan panel 
tomonidan yutiladi va issiqlik energiyasiga aylanadi. hosil qilingan issiqlikni issiqlik 
tashuvchi muhit yordamida tashqariga olib chiqiladi.
YAssi quyosh isitgichlari yordamida ishlovchi va yilning bahor, yoz va kuz 
mavsumlarida xonadonlarni issiq suv bilan ta’minlovchi qurilmalarning sxemasi 
keltirilgan.
4.2-Rasm. Mavsumiy quyosh suv isitgichi sxemasi: 
1-yassi quyosh suv isitgichi; 2- issiqlik yo‘qotishdan himoyalangan issiq suv 
jamlovchi bak. 
Qurilma asosan o‘zaro quvurlar bilan tutashtirilgan yassi quyosh isitgichi va 
issitilgan suvni jamlovchi bakdan iborat bo‘lib, qurilmada issiqlik tashuvchi muhit 
sifatida issiq suvning o‘zi ishlatiladi va uning harakati tabiiy konveksiya, ya’ni 
termosifon prinsipiga asoslangan. Buning uchun isitilgan suvni jamlovchi bak 
qurilmaning tepa qismiga o‘rnatiladi. Isitgichning shaffof qoplamasi sirtiga tushuvchi 
quyosh nurlaridan oqilona foydalanish uchun u janubiy yo‘nalishda ufqqa nisbatan 


25

30

burchak ostida joylashtiriladi. Issiq suv jamlovchi bakning hajmi isitgichning 
nur qabul qiluvchi sirtiga bog‘lik. Mavsumiy quyoshli suv isitgich qurilmalarida 
ularning har bir kvadrat metr yassi quyosh isitgichining sirtiga hajmi 50

60 litr 
bo‘lgan issiq suv jamlovchi bak tavsiya qilinadi. Optimal variant 1kv/m panelga 60 
litr. 
Quyosh suv isitgich qurilmalarini yil davomida, jumladan qish mavsumida 
ham, uzluksiz ishlatish uchun odatda ularni ikki konturli qilib yasalib, birinchi kontur 
muzlamaydigan issiqlik tashuvchi muhit bilan to‘ldiriladi. Ikkinchi kontur bir 
tomonidan sovuq suv kiruvchi va ikkinchi tomonidan issiq suv chiqib ketuvchi 
issiqlik yo‘qotishdan himoyalangan jamlovchi bakdan iborat. Qurilmaning yil 
davomida har qanday ob-havo sharoitida normal ishlashi uchun issiq suv jamlovchi 
bakning tepa qismiga elektr energiyasi yordamida ishlovchi qo‘shimcha isitgich-
dubler o‘rnatildi. 
4.3-Rasm. Yil davomida uzluksiz ishlovchi quyosh suv isitgichi sxemasi: 
1.yassi quyosh suv isitgichi; 2- issiq suv jamlovchi bak; 3- issiqlik almashtirgich; 
4- qo‘shimcha elektr isitgich. 
Muzlamaydigan issiqlik tashuvchi muhit quyosh qurilmasidan olgan issiqligini 
isitilayotgan suvga issiq suv jamlovchi bak ichiga o‘rnatilgan issiqlik almashtirgich 
orqali beradi. 

Download 2.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling