Jizzax politexnika instituti "tasdiqlayman"
-ma’ruza. Quyosh energiyasidan foydalanish
Download 2.2 Mb. Pdf ko'rish
|
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari 7
3-ma’ruza. Quyosh energiyasidan foydalanish.
Reja: 1. Quyosh nuri orqali suvni qizdirish. 2. Quyosh energiyasi yordamida havoni sovutish, suvni yumshatish. 3. Quyoshli isitish tizimlari. Quyosh nuri orqali suvni qizdirish Issiqlik qabul qiluvchi material bilan muloqot qiluvchi biron – bir issiqlik tashuvchi (suv, havo)ni sirkulyasiyasini tashkil qilib, bu issiqlik tashuvchini qizdirish mumkin va uning yordamida olingan issiqlikni isitilishi zarur bo‘lgan xonalarga quvurlar orqali etkazib beriladi. Issiqlik qabul qiluvchi element sifatida quvurli metall plastinalari yoki qora rangga bo‘yalgan va issiqlikdan himoyalangan panelga joylashtirilgan oddiy quvurlar ishlatilishi mumkin. Panelni quyoshga qaragan tomonini shisha yoki yorug‘ shaffof material bilan to‘siladi. Quvurlardan issiqlik tashuvchi o‘tkaziladi. Issiqlik yo‘qotilishiga xalaqit beruvchi va quyosh nurlarini yutish ulushini oshiruvchi issiqlik qabul qilish yuzali maxsus qoplamalari bo‘yicha takliflar mavjud. Kollektorlar samarali ishlashi ularni o‘rnatish joyi, maydoni, optimal yo‘nalishi va nishabi, soya tushmasligi, quyosh energiyasini iloji boricha ko‘proq tutib qolishiga bog‘liq. 3.1-rasm. Suv isitish uchun yassi issiqlik qabul qilgichlar: a-shtamplangan qobiqdagi quvurlar; b-ikki qavatli qovirg‘ali list; v-quvurchalar ustidan qoplangan qovirg‘ali list; g-ikkita to‘lqinli list; d-shtaplangan va yassi listlar; e-kolletorga ulangan quvurchalar; j-pastki shtamplangan (yuqori-yassi) list; z- butilkauchukdan tayyorlangan kollektor; i-valslangan panel. Kollektor maydoni geliosistema ishlash sharoiti yoki uning minimal bahosi va bino issiqlikka bo‘lgan talabini qondirishda quyosh energiyasi ulushiga qarab aniqlanadi. A.A.Seidov tadqiqotlariga qo‘ra, bino iste’mol qilayotgan issiqlikdagi ulushining optimal nisbati (40...70%)ni tashkil qiladi, binoning issiqlikga bo‘lgan talabi geliota’minlanganlik koeffitsienti K gp =0,…0,65 ga teng (geliota’minlanganlik koeffitsienti – gelioqabul qilgich yuzasining binoni isitiladigan yuzasiga nisbatiga aytiladi). Koeffitsientning bu qiymati kam qavatli binolarga tegishli. To‘rt qavatli binolar uchun K gp =0,38…0,5 , to‘qqiz qavatli binolar uchun – K gp =0,38…0,46. Faol geliosistemalar va kollektorlar sxemalari 3.1-rasmlarda keltirilgan. Nisbatan sifatli kollektorlar mis quvur va mis varaqasidan yasalgan issiqlik yutuvchi panellarga ega, panel va quvurlarni ulash usuli – payvandlash. Qoplamasi – selektiv. Oyna do‘lga bardoshli, tarkibidagi temir miqdori – 0.03%, qalinligi 3.2mmli bo‘ladi. Sinchi anodlangan alyuminiy yoki kukunsimon poliester bilan qoplangan ruxlangan po‘latdan yasaladi. Issiqlik himoya materiali sifatida penopoliuretan, shishapaxtadan foydalaniladi. O‘rta sifatli kollektorlar mis quvur va po‘lat varaqasidan yasalgan issiqlik yutuvchi panelga ega. Ulanish usuli – ularni qisish orqali amalga oshiriladi. Qoplamasi selektiv. SHisha do‘lga bardoshli, tarkibida temir moddasi miqdori past, qalinligi 3.2mm. korpusi ruxlangan po‘latdan yasaladi. Issiqlik himoya materiali sifatida penopoliuretandan foydalaniladi. Download 2.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling