Jizzax politexnika instituti "tasdiqlayman"


Biogaz qurilmalaridan foydalanishning afzalliklari


Download 2.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/70
Sana10.11.2023
Hajmi2.2 Mb.
#1764340
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   70
Bog'liq
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari 7

 
Biogaz qurilmalaridan foydalanishning afzalliklari 
Biogaz SO
2
ga nisbatan neytral yoqilg‘i hisoblanadi, undan foydalanish esa 
organik chiqindilarni firmentatsiyasida (chirishida) hosil bo‘layotgan atmosfera 
ajralib chiqishini kamaytiradi. 
CHiritilgan biomassadan olingan o‘g‘it birlamchi xom ashyoga nisbatan yuqori 
sifatga ega. Qattiq biomassalarni biogaz chirishi fermerlarning erlarida 
oziqlantiruvchi moddalarni ikkilamchi moddalarni ekologik xavfsiz bo‘lishini va 
iqtisodiy tomondan samarali qayta ishlashini ta’minlaydi. Biogaz qurilmalar qishloq 
xo‘jalik ehtiyojlari uchun energiya ta’minlash maqsadida ko‘proq ishlatiladi. Hozirgi 


kunda biogaz qurilmalarining rivojlanishi iqtisod nuqtai nazaridan ularni 
yiriklashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha bormoqda. (Masalan Daniyada) ammo ko‘p 
davlatlarda kichik va mikrobiogaz reaktorlarga bo‘lgan talab mavjud. 
Nepal va Qirg‘izistonning chekka tog‘li tumanlarida kuniga 100 – 120 litr 
o‘g‘it va 6 – 8 m
3
gaz ishlab chiqaradigan kichik bioreaktorlar o‘rnatilgan. 
Bioreaktorlar go‘ng va maishiy chiqindilar bilan to‘ldiriladi. Nepalda o‘rnatilgan 
qurilmaga undan tashqari insonlar chiqindilari ham qo‘shiladi. Bu esa qurilma 
samaradorligini oshirish bilan birga sanitar sharoitlarni ham yaxshilaydi. 
Bioreaktorlar odatda mahalliy korxonalarda ishlab chiqariladi. Masalan 
Qirg‘izistonda ishlab chiqarilgan bioreaktor qiymati 250 $ turadi. 
Maishiy chiqindilardan ajratib olinayotgan gaz 
Qattiq maishiy chiqindilar yig‘ilgan joylarni ko‘mish, ular tarkibidagi organik 
tashkil etuvchilarni anaerob sharoitlarda chirishi va chiqindi gazi ajralib chiqishiga 
olib keladi. CHiqindi gazlarini ajralib chiqish davri 50-100 yil atrofida bo‘ladi, ammo 
dastlabki 10-15 oralig‘ida faol ajralish kuzatiladi. Bioreaktorlardan foydalanish 
chiqindi gazlarini hosil bo‘lishini nazorat qilish imkonini yaratib, suv va boshqa 
moddalarni qo‘shish ajralib chiqayotgan gaz miqdorini oshishiga olib keladi. 
CHiqindi gazlarini tarkibi ko‘milgan chiqindilar tarkibi, ko‘milgan vaqti, tabiiy 
sharoit va boshqa faktorlarga bog‘liq. Odatda chiqindi gaz tarkibini 50% ini metan, 
45% ini uglerod dioksidi tashkil etiladi SHuningdek uning tarkibida azot, kislorod, 
serovodorod, suv bug‘lari va qattiq zarrachalar mavjud. Foydalanishdan avval 
chiqindi gazi qattiq zarrachalardan tozalanishi, quritilishi, sovutilishi va siqilgan 
bo‘lishi lozim. 
Tozalanish darajasi, qiymati, to‘yintirish va siqish darajasiga ko‘ra chiqindi 
gazi bug‘ va elektr energiya ishlab chiqarish uchun qozonlarga yoki gorelkalarga, 
shuningdek, gaz bilan ta’minlash tizimiga beriladi. 
Ushbu muammo istiqbolli yo‘llardan biri, bu yuqori quvvatga ega ko‘ndalang 
oqimli oqizish tizimga ega yoki ikki maratoba ishlaydigan gidroturbinalar yaratishdir. 
Dunyo bo‘yicha xozirgi kunda qo‘llanilayotgan bunday turbinalar FIK 90 % ga teng 
konstruksiyasining soddaligi, tannarxini kichikligi, yuqori energetik effektiv 
ishonchli ishlashi bunday konstruksiyaga ega turbinalar bilan mikro va kichik 
gidrostansiyalarni ta’minlash uchun keng imkoniyat yaratib beradi. 
Ko‘ndalang oqimli turbinalardan foydalanish keng diapozonga ega. YUqorida 
keltirilgan turbinalardan suv bosimi 1,5 m dan 180 m gacha bo‘lganda foydalanish 
mumkin. 
Kichik va mikro gidrostansiyalardan, kichik daryolarning patensialidan 
foydalashning xalqoro tajribasi energiya bilan ta’minlashini, muammosini echish 
imkonini yaratmoqda. 


Foydalanilayotgan gidrotexnik inshoootlarda kichik gidrostansiyalarda tashkil 
etilishi yuqori samaradorlikka ega bo‘ladi. 
“Ellims-CHalmers” (AQSH) firmasining ma’lumotlariga ko‘ra, yangitdan 
qurilayotgan . 10 MVt quvvatga ega gidroelektrostansiyalarning kapital harakati 1 
kVt uchun 1100-1400 AQSH dollorini tashkil etmoqda. 
1 MVt ega kichik gidroelektrostansiyalarni qurish uchun 0,5 dan 2 millionga 
tushadi. Undan kelayotgan daromat yiliga 300 ming AQSH dollorini tashkil etish 2 – 
6 yil ichida u o‘zini to‘la oqlaydi. 
Tabiiy gaz yoqish uchun mo‘ljallangan gorelkalarda, chiqindi gazi yoqilishi 
uchun bu gorelkalar qisman modifikatsiyalantirilishi zarur, chunkichiqindi gazi tabiiy 
gazga nisbatan kichikroq issiqlik ajratib chiqarish qobiliyatiga ega. Bug‘ ishlab 
chiqarilayogan sharoitda iste’molchi qurilmaga yaqin joyda joylashishi zarur, chunki 
katta bosim uchun mo‘ljallangan, izolyasiya bilan qoplangan po‘lat quvurlar narxi 
yuqori va bug‘ni transportirovka qilish vaqtida issiqlik yo‘qoladi. 
Hozirgi kunda elektr energiyasini ishlab chiqarishda porshenli kompressorga 
ega dvigatellar, gaz va bug‘ turbinalari, shuningdek mikroturbinalardan 
foydalanilioqda. 

Download 2.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling