Jizzax politexnika instituti "tasdiqlayman"
-rasm. Kichik gidroelektrstansiyaning namunaviy sxemasi
Download 2.2 Mb. Pdf ko'rish
|
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari 7
9.1-rasm. Kichik gidroelektrstansiyaning namunaviy sxemasi
Ayni damda xalqaro tan olishnish bo‘yicha quvvati 1000 KVtgacha bo‘lgan stansiyalar mikro, 1 MVtdan 10 MVtgacha bo‘lganlari esa kichik gidroelektrstansiyalar sanalmoqda. Mikroenergetikadan kichik sanoat, qishloq xo‘jalik ob’ektlariva maishiy iste’molchilarni to‘g‘ridan – to‘g‘ri mexanik energiya (suv tegimonlariva h.k.) yoki uni elektr energiyaga aylantirish orqali energiya bilan ta’minlash amalga oshiriladi. Ishlab chiqarilayotgan elektr energiyadan alohida – alohida binolardagi iste’molchilarni kitchik elektr tarmoqlari orqali ta’minlaydi yoki akkumulyator batareyalarni zaryadka qilish uchun foydalaniladi. Ikkinchi variant iste’molchilar mikrogidroelektrostansiyadan olishda joylashganda manfaatliroq. Mikrogidroenergetika uchukn ikki turdagi turbinalardan foydalaniladi. Impulsiv (aktiv) turbinalarda suv oqimini kinetik energiyasidan reaktiv gidroturbinalar to‘laligicha suv ichida joylashtiriladi va turbina kurakchalaridagi suv oqimining burchak ostidagi hamda to‘g‘ri chiziqli harakatidan foydalaniladi. Gidroturbina orqali harakatga keltirilayotgan gidrogenerator yuklanishni elektron nazorat qilish uskunasi bilan ta’minlanadi (YU.E.N.). YU.E.N. yuklanma o‘zgarganda aylanma harakat qilish tezligi sozlab turishni ta’minlaydi. Mikroenergetika obektlaridagi asosiy xarajat qurilish – montaj ishlarini bajarish va uskunalar sotib olishga to‘g‘ri keladi. Odatda gidroenergitekada solishtirma xarakat uskuna quvvati echimi, ya’ni suv sarfi va bosimi echimi bilan kamayadi. Foydalanilayotgan iaratsion kanallar, gidroelektrostansiyalarni iste’molchilarga iloji boricha yaqin joylashtirish ,turli binolarni yaroqsiz holga kelishini oldini oluvchi o‘zi tozalanadigan panjaralar o‘rnatish gidroelektrostansiyalar harajatini kamaytiradi. Mikrogidroelektrostansiyalar qiymatida, ob’ekt ixtisosligiga bog‘liq bo‘lib, ob’ektni qanday masofada joylashganligi va uni asosiy tashkil etuvchsilari: qurilish ishlari (suv quvurlari, platina va h.k.), hamda generatsiya etuvchi uskunalar va energiyani uzatuvchi tarmoqlanish tio‘zimining tarkibiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Ishlab chiqarilayotgan elektr energiyaning solishtirma narxi, asosan gidroelektrostansiya quvvatiga bog‘liq bo‘lgan holda, kapital harajat gidrotexnik qurilmalar va elektrotexnik uskunalar narxiga bog‘liq bo‘lib qoladi. SHu tufayli oldindan mikrogidroelektrostansiyalar uskunalarining umumiy qiymatini aniqlash murakkab bo‘ladi. Odatda yuqoriga belgilangan narx 1kVt quvvat uchun 2000 AQSH dollariga teng deb stansiya uchun harajatni aniqlash mumkin. Kichik elektrostansiyalar uchun qayta tiklanadigan manbalar juda ko‘p. Bularga daryolar, daryo irmoqlari, ko‘llardan tushayotgan suv balanddan pastga harakatlanish va irrigatsion tizimlari kiradi. Odatda kichik gidroenergetika tizimi uchukn, mikrogidroenergetika tizimi uchun ishlatiladigan texnologiyalardan foydalaniladi. Kichik gidroelektrostansiyalar uchun katta miqdordagi suv oqimi kerak bo‘ladi va zarur bo‘lgan suv bosimi narxi baland bo‘lgan inshootlarisiz kerak bo‘lgan suv bosimiga erishish maqsaddga muvofiq bo‘ladi. Kerakli bo‘lgan suv bosimi foydalanilayotgan dambalar, suv sathini nazorat qilish tizimi va irrigatsion sxemalardan foydalanish kichik gidroenergetika ob’ektlari qiymatini mikro va kichik gidroelektrostansiyalar uchun effektiv, ishonchli va arzon uskunalar yaratish hozirgi vaqtning eng dolzarb masalalaridan biridir. Yirik masshtabli gidroenergetika uchun foydalanilayotgan konstruksiyalar va muhandislik echimlarni to‘g‘ridan – to‘g‘ri kichik gidroenergetika uchun ko‘chirib o‘tkazish mumkin emas. Mikro va kichik gidroenergetika uchun uskunalarni yaratish tamomila boshqa yondoshishni talab qiladi. Download 2.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling