Jizzax shahar kasb-hunar maktabi


Tormoz kameralari shtoki yo‘lini tekshirish va sozlash


Download 1.31 Mb.
bet19/37
Sana19.01.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1101494
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   37
Bog'liq
Avtomobil txk Bo`ronova qo`llanma

5. Tormoz kameralari shtoki yo‘lini tekshirish va sozlash. Shtok yo‘lining uzunligi chizg‘ich yordamida aniqlanadi; bu oraliq oldingi g‘ildiraklarda 15...25 mm, orqa g‘ildiraklarda 20...30 mm bo‘lishi kerak. Shtok yo‘li, uning uchiga o‘rnatilgan vilkani oldinga yoki ketinga burash yo‘li bilan sozlanadi. Sozlash davrida chap va o‘ng g‘ildiraklardagi tormoz kamerasi shtogining ishchi yo‘li bir xil bo‘lishi ta’minlanadi.
Tormoz kamerasi shtogining uzunligi hamda kolodka qoplamasi va baraban orasidagi tirqish qo‘shimcha ravshda chervyakli sozlash mexanizmi yordamida me'yoriga keltiriladi.
Tormoz tizimi birikmalarini joriy ta’mirlash. Bunda tormoz tizimining ishdan chiqqan birikmalari bo‘laklarga ajratiladi, yeyilgan detallar yangisiga almashtiriladi.
Avtomobillarning tormoz tizimiga 2-TXK va JT vaqtida yeyilgan tormoz kolodkalarining qoplamalari R174 turidagi jihozlar yordamida yo‘nilib yoki parchinmixlar parmalanib olib tashlanadi. Yangi qoplamalar rangli metallardan tayyorlangan parchinmixlar yoki VS-10T yelimi yordamida qotiriladi. Yelimlash ish hajmini uch barobar kamaytiradi, rangli metallarni tejaydi, qoplamalarning ishqalanish yuzasini va ishlash muddatini oshiradi. Yelimlashdan avval kolodkalar metallgacha tozalanadi, atseton yordamida moysizlantiriladi va 10 min. davomida quritiladi. Yelim yuzaga 0,1¼0,15mm qalinlikda bir qatlam surtiladi va 10¼15 min. ushlab turiladi (yelim qatlamining qalinligi 0,5mm dan yuqori bo‘lsa, birikma mustahkamligi pasayadi), keyin ikkinchi qatlam suriladi va qaytadan quritiladi. Qoplama kolodka bilan birlashtirilib maxsus moslamaga (1.68-rasm) o‘rnatiladi hamda 0,2¼0,4MPa bosim bilan siqiladi va 175¼185°S haroratda 1,5¼2 soat quritiladi. Bundan so‘ng 50¼60 min. davomida pechka harorati 100°S ga tushguncha hamda 2¼3 soat havoda sovutiladi. Bunday sovutishda yelimlangan birikmada qoldiq kuchlanish kamayadi.
Yelimlashning boshqa usuli ham mavjud bo‘lib, unda paxta qog‘ozli lenta maxsus moslamalar yordamida VS-10T yelimi bilan shimdiriladi va quritiladi. Yelimlash vaqtida kerakli o‘lchamdagi lenta qirqib olinadi, kolodka va qoplama orasiga qo‘yiladi va uni 0,2¼0,3MPa bosim bilan siqiladi, 180±5°S haroratda 1,5 soat ushlab turiladi. Yelimlash sifati 7,5¼8MPa bosim ostida press yordamida siljishga tekshiriladi.
Kolodkalarning ishchi yuzalari radiusi tormoz barabani o‘lchamiga mos kelishi zarur. Buni amalga oshirish uchun tormoz kolodkalari R114 yoki R117 turidagi jihozlarda yo‘nib tashlanadi. Xuddi shu jihozlarda tormoz barabanlarini ta’mirlash o‘lchamlarigacha yo‘nish mumkin. Kolodkalarni tormoz barabanlariga o‘rnatishda ishchi yuzalar bir-biriga to‘liq birlashishini ta’minlash zarur. Ular orasidagi tirqish juda kam qiymatga ega bo‘lishi, lekin barabanning erkin aylanishini ta’minlashi lozim. 

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling