Jizzax shahar kasb-hunar maktabi


Download 366.5 Kb.
bet2/29
Sana05.01.2022
Hajmi366.5 Kb.
#211895
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
матем ишчи2020

Mashg`ulot turlari

Ajratilgan soat

shu jumladan semestrlar bo`yicha

I

II

III

IV

1.

Auditoriya jami yuklamasi

220

80

40

80

20

2.

Nazariy mashg`ulot

68

22

16

22

8

3.

Amaliy mashg`ulot

152

58

24

58

14

4.

Seminar
















5.

Laboratoriya mashg`uloti
















6.

Kurs ishi (loyihasi)
















7.

Yakka tartibli mashg`ulot
















8.

O`quvchining mustaqil ishi

99

30

26

28

15

Tuzuvchi: Yakubxonova M.U. - Jizzax kasb-hunar maktabi matematika fani o’qituvchisi



Taqrizchilar: Pardayev J. A.---Jizzax davlat pedagogika instituti “Umumiy matematika” kafedrasi

katta o’qituvchisi



Qayumova Y.T.--- Jizzax kasb-hunar maktabi “Umumta’lim fanlar” kafedrasi mudiri
“Matematika” fanining ishchi o`quv dasturi va ekspert guruhining xulosasi kasb-hunar maktabining 2020-yil 29-avgustdagi Pedagogika kengashida yig’ilishida muhokama qilindi, tasdiqlashga va o`quv jarayoniga tadbiq etishga qaror qilindi. Bayonnoma №1.

MUNDARIJA


1. Mundarija …………………………………………………………

3-bet

2. O`quv fani (moduli)ning maqsad va vazifalari, o`zlashtirish natijasiga qo`yiladigan talablar……………………………………


4-bet


3. O`quv fani (moduli)ning mashg`ulot turlari bo`yicha mavzular rejasi va mazmuni ……………………………………………………

9-bet


4. O‘quv rejasida “Matematika” faniga ajratilgan soat miqdori va mavzular bo‘yicha taqsimoti……………………………………
5.Dars mashg`ulotlarni bajarish uchun zarur bo`ladigan jihozlar ro`yxati…………………………………… 20-bet

16-bet


6. O`quv fani (moduli)ning moddiy-texnik ta’minoti …………………



21-bet

7. Fan (modul)ning o`zlashtirish darajasini nazorati va baholash …….


22-bet

8. Tavsiya etilgan adabiyotlar va saytlar ro`yxati ……………………..


23 -bet



2. O`QUV FANI (MODULI)NING MAQSAD VA VAZIFALARI, O`ZLASHTIRISH NATIJASIGA QO`YILADIGAN TALABLAR
So’z boshi

Kadrlar tayyorlashning milliy modeli asosida uzluksiz ta’lim yotadi. Uzluksiz ta’lim malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo’lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko’rsatish muhitini o’z ichiga oladi.

Umumiy o’rta ta’lim negizida o’qish uch yil bo’lgan majburiy o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi uzluksiz ta’lim tizimidagi mustaqil turdir. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim yo’nalishi akademik litsey yoki kasb-hunar maktabi o’quvchilari tomonidan ixtiyoriy tanlanadi.

Akademik litsey va kasb-hunar maktabi davlat ta’lim standartlariga muvofiq o’rta maxsus ta’lim beradi. O’quvchilarning imkoniyatlarini va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intelektual rivojlanishini chuqur, sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yo’naltirilgan ta’lim olishini ta’minlaydi.

Akademik litsey va kasb-hunar maktablarida o’quvchilar o’zlari tanlab olgan ta’lim yo’nalishi bo’yicha (gumanitar, texnika, agrar va boshqa sohalar) bilim saviyalarini oshirish hamda fanni chuqur o’rganishga qaratilgan maxsus, kasb-hunar ko’nikmalarini o’zlarida shakllantirish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

Yuqoridagi maqsadlarni e’tiborga olgan holda biz quyida akademik litsey va kasb-hunar maktablari uchun matematika fani bo’yicha uzviylashtirilgan dasturni havola qilamiz.

Ushbu uzviylashtirilgan dasturni tuzishda quyidagi omillarni asos qilib olindi:

uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash;

mavzu va boblarni mantiqiy ketma-ketligi saqlash;

o’quvchilarni uzluksiz ta’limni akademik litsey yoki kasb-hunar maktablarida davom ettirishga tayyorlash umumiy o’rta ta’lim maktablarining asosiy vazifasi ekanligi;

mavzularni ta’lim turlarida bir xil talqinda takrorlanishiga yo’l qo’ymaslikka erishish;

matematika fani o’zlashtirishning yagona va effektiv yo’li masala va misollar yechishga alohida e’tibor berishdan iboratligi;

Akademik litsey va kasb-hunar maktablarida matematikani o’qitishdan ko’zda tutilgan asosiy maqsad quyidagilardan iborat:

-o’quvchilarni kundalik hayotda, mehnat faoliyatida, shuningdek, kelgusida bilim olishning davom ettirish uchun zarur bo’ladigan matematik bilim va malakalar sistemasini chuqur va ongli ravishda o’zlashtirishini ta’minlash;

-o’quvchilarda izchil mantiqiy fikrlashni shakllantirib borish natijasida ularning aql zakovat rivojiga, tabiat va jamiyatdagi muammolarni hal etishning maqbul yo’llarini topa olishlariga ko’maklashish;

- o’quvchilarda vatanparvarlik, milliy g’ururni tarkib toptirishni rivojlantirish;

- o’quvchilarni qomusiy olimlarimizning matematika rivojiga qo’shgan ulkan hissalaridan xabardor qilish;

-jamiyat taraqqiyotida matematikaning ahamiyatini his qilgan holda umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida matematika to’g’risidagi tasavvurlarni shakllantirish.



AKADEMIK LITSEY VA KASB-HUNAR MAKTABI, KOLLEJ VA TEXNIKUMLARIDA MATEMATIKA TA’LIMINING VAZIFALARI:

akademik litsey va kasb-hunar maktablari o’rta umumiy ta’limning bevosita davomi bo’lgani uchun ham bu yerda matematika o’qitishda o’quvchilarning ilgari olgan bilimlarini chuqurlashtirish, amaliyotga tadbiq qilishda abstrakt va mantiqiy fikrlashini o’stirish;

o’quvchilarni funksiyalar va ularning xossalarini matematik analiz tushunchalari vositasida tekshirishga o’rgatish;

tenglama va tengsizlikarni yechishdagi matematik usullarni mohiyatini sistemali ravishda o’rgatish;

fazoviy jismlarning xossalarini o’rgatish va bu xossalarni amaliyot masalalarini yechishga tatbiq etish ko’nikmalarini shakllantirish;

o’quvchilarga faqatgina tushunchalar berib qolmasdan ularda masalalar yechish yordamida mustaqil mantiqiy fikrlash, erkin matematik mushohada yurita olish, ma’lum qarorlar qabul qila olish kabi xislatlarni shakllantirishdan iborat.



Download 366.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling