Jizzax shahar kasb-hunar maktabi
O’QUVCHILAR BILIM, MALAKA VA KO’NIKMALARIGA QO’YILADIGAN TALABLAR
Download 366.5 Kb.
|
матем ишчи2020
O’QUVCHILAR BILIM, MALAKA VA KO’NIKMALARIGA QO’YILADIGAN TALABLAR:Algebra va analiz asoslari kursini o’rganish natijasida o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlari lozim: - to’plam tushunchasiga ega bo’lishi, to’plamlar ustida amallarni bajara olishi, , , , , , - mantiqiy amallardan foydalanishni bilish; - haqiqiy va kompleks sonlar ustida amallar bajarish, haqiqiy sonning modulini bilish, - kompleks sondan kvadrat ildiz chiqara olish; - matematik induksiya usulini sonlarning bo’linishi, yig’indilarni hisoblash, tengsizlik va ayniyatlarni isbotlashga qo’llash; - ko’rsatkichli, logarifmik, trigonometrik funksiyalarni asosiy xossalarini bilish hamda ularga ko’ra funksiyalarni grafigini chizish; - kvadrat tenglamaga keltiriladigan tenglamalar, ko’rsatkichli, logarifmik, trigonometrik tenglama va tengsizliklarni yecha olishi, tenglamalar yechishning umumiy, xususiy usullarini bilishi; - hosila, hosilani hisoblash qoidalari, elementar funksiyalarning hosilalari, hosilalar jadvali, hosilani geometrik va fizik ma’nosini bilish; - egri chiziqqa urinmaning ta’rifi, urinma tenglamasini bilish; - funksiyaning oraliqdagi eng katta va eng kichik qiymatlarini topish; - boshlang’ich funksiya, aniqmas integral va ularning xossalarini bilishi; - egri chiziqli trapetsiyaning yuzi, aniq integral, Nьyuton-Leybnets formulasini bilishi; - aniq integral yordamida yuza va hajmlarni hisoblashni bilish; - o’rinlashtirish, o’rin almashtirish, guruhlashning sonini topish formulalarini bilish; - ehtimollikning klassik, statistik va geometrik ta’rifini bilish, Geometriya kursini o’rganish natijasida o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlari lozim: - yassi figuralar va asosiy geometrik munosabatlar haqida ma’lumotlarni o’zlashtirish; - teoremalarni isbotlash, masala va misollar yechishda mantiqiy mulohaza yuritishni bilish; - stereometriya elementlari va aksiomalarini bilish; - fazoda to’g’ri chiziq bilan tekislikni o’zaro joylashishini tasavvur qila olish; - to’g’ri prizma, piramida, silindr, konus, shar hajmlari haqida umumiy tushunchaga ega bo’lishi; - to’g’ri prizma, piramida, silindr, konuslarni yon va to’la sirtlari haqida ma’lumotga ega bo’lishi; - modellarda, chizmalarda ko’pyoqlar, aylanma jismlarni ajratish, ularning elementlarini ayta olish, shunga doir masalalarni yechishi; - vektorning ta’rifi, moduli, qarama-qarshi vektorlar, nol vektor tushunchasini bilishi, - - vektorlar ustida amallarni bilishi; - bazis vektor tushunchasini bilishi, vektorlarni uchta bazis vektorlar bo’yicha yoyilmasini bilishi; - vektorlarni skalyar ko’paytmasi va uning xossalarini bilishi. Download 366.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling