Jizzax viloyat xalq ta’limi boshqarmasi


Download 95.75 Kb.
bet16/20
Sana20.02.2023
Hajmi95.75 Kb.
#1216028
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
2 5461008572781429026

__________________fani o’qituvchisi__________________ __________


(F.I.O) (imzo)

DARS TAHLILLARINI OLIB BORISh YuZASIDAN
METODIK TAVSIYa


O’qituvchilik kasbi odobiga ko’ra shaxslarni darsga kiritish oldidan (ayniqsa, tashqaridan kelgan shaxslarni) qaysi auditoriya (sinf)ga va qaysi darsga kirish kerak ekanliklari bo’yicha ogohlantirilishlari lozim. Avvalo, uslub birlashma raisi, imkoniyat bo’lmay qolgan taqdirda ma’muriyat a’zolaridan biri, tashqaridan kelgan kuzatuvchini birga olib kirishi maqsadga muvofiq. Har qanday darsga hohlagan shaxs (yuqori tashkilot xodimi, rahbariyat, hamkasb va b.) o’qituvchini ogohlantirmasdan to’g’ridan-to’g’ri kirib kelishlari madaniyatsizlik (afsuski, ko’pchilik rahbarlar bunga rioya qilmaydilar) hisoblanadi. Bu, o’z navbatida, ba’zi-bir anglashilmovchiliklar va psixologik to’siqlarning oldini olishga ërdam beradi.
Dars tahliliga kirish vaqtida

  • dars o’tiladigan o’quv xonasiga qo’ng’iroq chalinishidan oldin kirib joylashib olish;

  • dars tahlilini o’qituvchini darsga qanday kirib kelishini kuzatishdan boshlash;

  • darsga kechikib kelish, egnida ortiqcha kiyim, qo’lida ortiqcha narsalar bilan kirib kelish madaniyatsizlik hisoblanadi;

Demak, kuzatuvchilar orqa o’rindiqlardan birini egallagach, dars boshlanadi.
O’qituvchi darsga kirganida qo’lida (yoki o’qituvchi stolida) guruh jurnali, o’quv dasturi, kalendar-mavzu rejasi, darsning texnologik xaritasi bo’lishi kerak, kuzatuvchilar dars boshlangunga qadar kerakli xujjatlar bilan tanishib oladilar, xona va o’quvchilarni darsga tayyorgarlik darajalarini aniqlab oladilar.
Dars jarayonini kuzatish vaqtida

  • o’qituvchini darsga kirib kelishi (kayfiyati, ishonchli qadam tashlashi, samimiylik holati, birinchi so’zi, tashqi qiyofasi, kiyimi va b.) ni kuzatish;

  • darsga qo’yilgan maqsad asosida dars jarayonini kuzatib borish;

  • kerakli yozuvlar, taklif va tavsiyalarni daftarga qayd qilib borish;

  • chiqib ketmaslik, o’qituvchiga tikilib qaramaslik, uyali telefon bilan so’zlashmaslik, o’qituvchini e’tiborini chalg’itmaslik, halaqit bermaslik va h.

Demak, o’qituvchi faoliyatiga samimiy holatda munosabatda bo’lish, unga hurmat bilan qarash, harakatlarini (pantomimika orqali) ma’qullab turish.

Download 95.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling