Jizzax viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi tomonidan tayyorlangan


Axborot-kutubxona fondi mazmuni va miqdori


Download 1.96 Mb.
bet2/4
Sana18.12.2022
Hajmi1.96 Mb.
#1030945
1   2   3   4
Bog'liq
iYj6Y6Hed33xfaDBwhdCSl7KWnfO0Myu8MwVKsNx

Axborot-kutubxona fondi mazmuni va miqdori

kutubxonaning kelgusi faoliyatini belgilab beradi. Keyinchalik esa tanlash, hujjatlarni olish (chiqarish) yoki butlash jarayoni bilan davom etadi.

Hujjatlarni tanlash- O’zDST7.76-96:2.33 hujjatlarni tanlash ancha qiyin, murakkab jarayon. Avvalo hujjatlar haqida ma’lumot beruvchi manbalar aniqlanadi. Bu manbalar quyidagilardan iborat: bibliografik qo’llanmalar, kitob do’konlari, nashriyot mavzu rejalari, kitobxonlar va hakozo. So’ngra yig’ilgan ma’lumotlardan kutubxona ixtisosiga mos keladigan hujjatlar tanlab olinib, ularni oladigan manbalardan olish, ishlov berish va bo’limlarga bo’lib berish lozim.


TANLASH
Dastlabki tanlov
Tashqi omil
Qayta tanlov
Ichki omil

Bu jarayonni dastlabki tanlov deymiz.Tanlov shu bilan tugamaydi va ikkinchi qayta tanlov boshlanadi. Bunda biz hujjatlardan Foydalanishni, kutubxonaning vazifalari o’zgarishini, kitobxonlar talabi o’zgarishini hisobga olinib dastlabki tanlangan hujjatlarni qaytadan baholab, uning haqiqiy o’rni va vazifasini belgilab boramiz. Dastlabki va qayta tanlovda quyidagi omillarga e’tibor qilinadi.


1. Tashqi omillar. Hujjatlarni tanlashga doimiy o’sib, rivojlanib borayotgan kitoblar olami nihoyatda katta ta’sir ko’rsatadi. Hujjatlarni tanlab olishni qiyinlashtiradigan omil ularning mazmun va shakl jihatdan xilma-xilligidir. Tanlab olishda kutubxonachi kitobxonlar talab va ehtiyojini hisobga oladi.
2. Ichki omillar. Kutubxonachi kutubxona tipini, fondini, miqdorini, tarkibini, undan foydalanish darajasini hisobga oladi.

Butlash- kitobxonlarning talabi va qiziqishi va kutubxonaning vazifasiga mos keluvchi kitoblarni olish hamda doimo yangilab turish demakdir. Butlash kutubxona fondini shakllantirishning asosi bo’lib, kutubxona faoliyatida kitob olishdan boshlanadi. Yangi olingan kitoblar kollektor yoki do’kondan olinib, xarid chiptalari va yuk xati ularning hujjatlari hisoblanadi. Kitob hujjatlarsiz (sovg’a, yo’qolgan kitoblar o’rniga)kelsa ularga qabul dalolatnomasi tuziladi. Kitoblarning narxlari hujjatlardagi ma’lumotlar bilan taqqoslanadi, hujjatlarga mos kelmaydigan, mavjud bo’lmagan nuqsonli va shunga o’xshash nashrlarga dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomalarning bir nusxasi kitob yuborilgan tashkilotlarga jo’natilib, ikkinchisi hujjat bilan birga ro’yxatga olinib buxgalteriyaga topshiriladi.


Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling