- So’ngra axborot- kutubxona fondini shakllantirish hisobga olish, ishlov berish, joylashtirish, saqlash, kitobxonga yetkazib berish jarayonini bajaradi.
Hisobga olish-Axborot kutubxona fondiga kelib tushgan va undan chiqarilgan axborot kutubxona resurslarining umumiy va yakka tartibda hisobga olinishini belgilangan hisobga olish birligida amalga oshiriladi. O’zDST7.76-96 2.41
Yakka tartibda hisobga olish
Umumiy hisobga olish tartibi
Axborot kutubxona fondini hisobga olish
Jamlama hisobga olish- Qog’oz yoki elektron shaklda yuritiladigan axborot-kutubxona resurslarini jamlama hisobga olish kitobining quyidagi uchta qismida qayd qilinadi.
“AXBOROT –KUTUBXONA RESURSLARIGA KELIB TUSHGAN AXBOROT KUTUBXONA RESURSLARI.”
AXBOROT –KUTUBXONA FONDIDAN CHIQARILISHI.
JAMLAMA HISOBGA OLISH
AXBOROT –KUTUBXONA FONDINING HARAKATI YAKUNLARI”.
1
2
3
Yakka hisobga olish- Axborot –kutubxona resurslarining har bir nusxasi yakka tartibda hisobga olish unga inventar raqamini berish orqali inventar kitobida amalga oshiriladi. Inventar kitoblar axborot –kutubxona resurslarining har bir turlari bo’yicha alohida yuritiladi.
INVENTAR KITOBI
ИНВЕНТАРНАЯ КНИГА
Ilmiy ishlov berish -Nashrlarga inventar raqam beriladi, nashrlarga KBK jadvali asosida qaysi sohaga tegishli ekanligi aniqlanadi, mualliflik belgisi jadvali asosida mualliflik belgisi aniqlanadi, so’ngra bibliografik tavsif elementlari asosida katalog kartochkalari yoziladi. Elekron kutubxonalarda esa maxsus dasturga bibliografik tavsif elementlari kiritiladi. Nashrlarga tuzilgan bibliografik tavsif sohalar bo’yicha ajratilib katalogga joylashtiriladi.
Texnik ishlov berish.
Qabul qilingan barcha nusxalarga kutubxonaning muhri 3 va 17 sahifalariga tushiriladi va unga inventar raqami yoziladi. Muqovaning ichki tomoninig pastki chetidan 2sm oraliqqa yoki forzatsga kitob formulyari uchun cho’ntakcha yopishtiriladi. (Kitob formulyariga kitobning muallifi, sarlavhasi,
nashr yili,nashr joyi, mualliflik belgisi va shifri keltirilgan bo’ladi.)
Muqovaning ichki tarafidagi cho’ntakcha ichiga kitob formulyari joylashtiriladi. Muqovaning cho’ntakcha yopishtirilgan qismini yuqori qismiga kitobning qaytarish varaqchasi yopishtiriladi. Muqovaning chap burchagiga kitob shifrini ko’rsatuvchi yorliq yopishtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |