Jizzax viloyati zarbdor tumani


Download 282 Kb.
bet1/4
Sana30.10.2023
Hajmi282 Kb.
#1733701
  1   2   3   4
Bog'liq
2023 йил июлдаги



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
JIZZAX VILOYATI
ZARBDOR TUMANI
HOKIMI


Q A R O R

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
JIZZAX VILOYATI
ZARBDOR TUMANI
HOKIMI


Q A R O R




« ____» _________ 2023 yil № ________ Zarbdor shaharchasi


Tuman hokimining 2023-yil 19-yanvardagi №12-3-49-Q/23-sonli
qaroriga oʼzgartirish va qo’shimcha kiritish toʼgʼrisida

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 10-avgustdagi «Keksalar va nogironlarni manzilli ijtimoiy himoya qilish va qoʼllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi №237-sonli qarori Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi «Aholining ijtimoiy himoyaga muxtoj toifalarini moddiy qo’llab- quvvatlash tizimini yanada takomilllashtirish to’g’risida»gi PF-58-sonli Farmoni, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022- yil 8-iyundagi «Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faxriylarining moddiy ta’minotini yaxshilash hamda yolg’iz keksalar va nogironligi bo’lgan shaxslarni qo’llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida»gi PQ-274-sonli qarori, ijrosini taʼminlash maqsadida qabul qilingan tuman hokimining 19.01.2023 yildagi №12-3-49-Q/23-sonli qarori boʼyicha roʼyxatga olingan O’zgalar parvarishiga muhtoj bo’lgan yolg’iz yashaydigan hamda yolg’z keksa va nogironligi bo’lgan shaxslarning vafot etganlar, koʼchib ketganlarni roʼyxatdan chiqarish va yangi roʼyxatga olish hamda tuman Kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish boʼlimining 2023 yi 5-iyuldagi № 321-sonli xatini inobatga olib




Q А R O R Q I L А M А N:

1. Tuman Kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish boʼlimining 2023 yil 05-iyundagi №321-sonli xati ijro uchun qabul qilinsin.


2. Oʼzgalar parvarishiga muhtoj bo’lgan yolg’iz yashaydigan hamda yolg’z keksa va nogironligi bo’lgan shaxslarni ijtimoiy himoyalash maqsadida qabul qilingan tuman hokimining 2023-yil 19-yanvardagi №12-3-49-Q/23-sonli qaroriga, Zarbdor tuman Kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish boʼlimi hisobida turgan yolg’iz yashaydigan hamda yolg’z keksa va nogironligi bo’lgan shaxslarni vafot etganlar va koʼchib ketganlarni roʼyxatdan chiqarish hamda yangi roʼyxatga olinganligi munosabati bilan qisman oʼzgartirish kiritilsin.
3. Tuman Kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish boʼlimi boshligʼi (T.Qodirov)ga taqdimnomaga koʼra 1-ilovada koʼrsatilgan vafot etgan yolg’iz yashaydigan hamda yolg’z keksa va nogironligi bo’lgan shaxslarni hisobdan chiqarish topshirilsin.
4. Tuman Kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish boʼlimi taqdimnomasiga koʼra roʼyxatga olingan yolg’iz yashaydigan hamda yolg’z keksa va nogironligi bo’lgan shaxslarning umumiy roʼyxati 2-ilovaga, oʼzgalar parvarishiga muhtoj ijtimoiy xizmatga olingan yolg’iz yashaydigan hamda yolg’z keksa va nogironligi bo’lgan shaxslar, 3-ilovaga asosan tasdiqlansin.
5. Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi Zarbdor tuman bo’limi boshlig’i (D.Mamirov) ga 4-ilovada koʼrsatilgan ijtimoiy nafaqa oluvchi o’zgalar parvarishiga muxtoj bo’lgan yolg’z keksa va nogironligi bo’lgan shaxslar uchun har oylik kompensatsiya to’lovi-pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 45 foizi miqdorida to’lanishi hamda bepul yetkazib beriladigan oziq-ovqat mahsulotlari hamda gigiena tovarlari o’rniga har oyda bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida qo’shimcha to’lov to’lab berish topshirilsin.
6. Oʼzgalar parvarishiga muhtoj ijtimoiy ximoyaga olingan yolg’iz yashaydigan hamda yolg’z keksa va nogironligi bo’lgan shaxslar harakatlanishida jiddiy qiyinchiliklari boʼlganlar uchun bepul va imtiyozli transport xizmatlari koʼrsatilishi «Аkbarali yo’l trans» MChJ raxbari (А.Kayumov)ga homiylik qilish toʼgʼrisidagi tashabbusi maʼqullansin va 5-ilovaga asosan tasdiqlansin.
7. Iqtisodiyot va moliya boʼlimi (B.Axmedov)ga Oʼzgalar parvarishiga muhtoj ijtimoiy himoyaga olingan Yolg’iz yashaydigan hamda yolg’z keksa va nogironligi bo’lgan shaxslarning uyiga borib xizmat ko’rsatuvchi ijtimoiy xodimlarga qishki va yozgi kiyim-kechaklari, kerakli ish qurollari, devonxona mollari, inventarlar hamda yo’lda yurish uchun alohida mablagʼlar bilan ta’minlansin.
8. Tuman Tibbiyot birlashmasi boshlig’i (B.Navrozov)ga Oʼzgalar parvarishiga muhtoj ijtimoiy himoyaga olingan Yolg’iz yashaydigan hamda yolg’z keksa va nogironligi bo’lgan shaxslarni sog’ligiga ko’ra doimiy nazoratga olib davolash ishlarini olib borish, tashxisi bo’yicha dori darmonlar bilan ta’minlash hamda to’liq tibbiy ko’rikdan o’tkazishi ta’minlansin.
9. Oʼzgalar parvarishiga muhtoj ijtimoiy himoyaga olingan Yolg’iz yashaydigan hamda yolg’z keksa va nogironligi bo’lgan shaxslarni ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va ularning holidan xabar olish hamda moddiy va maʼnaviy jihatdan qoʼllab-quvvatlash maqsadida tegishligi bo’yicha tuman tashkilotlari bilan hamkorlikda yolg’iz yashaydigan hamda yolg’z keksa va nogironligi bo’lgan shaxslarni har bayram arafasida holidan xabar olish va ularning tomorqa ishlariga yordam berish, obodonlashtirish va hasharlari uchun koʼngilli fuqarolarni jalb etish taʼminlansin.
10. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman xokimining 2023-yil 19-yanvardagi №12-3-49-Q/23-sonli qarori oʼz kuchini yoʼqotgan deb hisoblansin.
11. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʼrinbosari Q.Nurmatov zimmasiga yuklatilsin.



Download 282 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling