“Йўл ҳаракати хавфсизлиги” таълимий ўйини тўплами


Download 0.58 Mb.
bet3/14
Sana21.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1637969
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
6-7o`yinlar har-liipech

kerakli jixozlar: sport maydonchasi, koptoklar, toshchalar
oʼyinning borishi: oʼyinni maysazorda, sport zalida maydonchalarda oʼtkazish mumkin. Start chizigʼi boshlab har qaysi bola uchun bir xil oraliqda doiralar belgilanadi. Har bir bola tosh yoki bittadan latta koptokchani qoʼlida oʼynab tayyorlanib turadi. Tarbiyachining buyrugʼi boʼyicha har qaysi bola belgilangan doirada yugurib borib toshni yoki koptokni qoʼyib oʼz joyiga qaytib keladi. Oxirgi oʼyinchi toshni borib qoʼyib qaytgandan keyin bolalar tartib bilan yugurib borib oʼz toshlarini qaytarib olib ketadi. Qaysi gurux birinchi boʼlib oʼz toshlarini terib olib kelsa oʼsha gurux gʼolib hisoblanadi.

«Qаrmoqchа» oʼyini.


Maqsad:
taʼlimiy vazifasi: bolalarda jismoniy sifatlarni rivojlantirish, diqqatni jamlab oʼynashga oʼrgatish.
rivojlantiruvchi vazifasi: bolalarni diqqatini jamlashga, bolalarni oʼz mahoratlarini namoyish qilishga oʼrgatish.
tarbiyaviy vazifasi:berilgan topshiriqlarni birgalikda aniq bajarishga oʼrgatish, ularda chaqqon harakat qilish malakalarini shaklllantirish.
kerakli jixozlar: oʼyin uchun 3-4 ta arqon kerak boʼladi. Аrqonning bir tomonida qum yoki kepak solingan xaltacha bogʼlab qoʼyiladi
oʼyinning borishi: hamma bolalar doira hosil qilib turadilar, boshlovchi doira oʼrtasida turib arqonchani oʼz atrofida aylantira boshlaydi. Аrqonni aylantirganda xaltacha baland koʼtarilmasligi lozim. Oʼyinchining oyoqlariga xaltacha tegib ketmasligi uchun sakrab turadi. Аrqon uchida bogʼlangan xaltacha oʼyinchining oyoq uchi tegsa u qarmoqqa ilingan hisoblanadi. U doira oʼrtasiga chiqadi va arqonni boshlovchi sifatida aylantiradi. Oʼyin oddiy qiziqarli boʼlganligi uchun bolalar oʼz mahoratlarini namoyish qila oladilar. Oʼrtadagi oʼyinchilar bu oʼyinda uzoq turib qolmasligi uchun oʼyinchini tezroq qarmoqqa ilintirib olishga harakat qilinadi. Аrqonni aylantirish tezlatiladi yoki pasaytiriladi bu oʼyin 5-6 yoshli bolalar uchun moʼljallangan.
«Boʼri Zovurdа» Oʼyini
Maqsad:
taʼlimiy vazifasi: bolalarni chaqqon harakat qilishga oʼrgatish, tezkorlik malakalarini shakllantirish.
rivojlantiruvchi vazifasi: koʼrish, eshitish qobiliyatlarini va diqqatini rivojlantirish, tasavvur va tushunchalarni kengaytirish, bolalarni fikrlashga oʼrgatish;
tarbiyaviy vazifasi: oʼyin davomida birdamlik va hamkorlikka oʼrgatish, jamoa boʼlib harakat qilish va jamoa manfaatiga hurmat ruhini tarbiyalash. Ularda chaqqon harakat qilish malakalarini shaklllantirish.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling