“Йўл ҳаракати хавфсизлиги” таълимий ўйини тўплами


Download 0.58 Mb.
bet2/14
Sana21.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1637969
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
6-7o`yinlar har-liipech

kerakli jixozlar: bolalarga bu oʼyinni oʼynash uchun 2 dona gʼisht va tol daraxtidan qilingan 2 dona choʼp kerak boʼladi.
oʼyinning borishi: birinchi bolalar qura tashlab kim birinchi boshlashini kelishib oladilar. Keyin 2 dona gʼishtni orasini 20 santimetr uzoqlikda qoʼyib oʼyin boshlanadi. Birinchi bola 1 ta choʼpni gʼisht ustiga qoʼyib ikkinchi choʼp bilan pastdagi choʼpni ozgina yuqori koʼtarib uzoqqa otadi. Choʼp tushgan joy chizib belgilanadi. Oʼyin boshlagan bola gʼishtdan choʼp tushgan joygacha necha tayyoq chiqishini chamalab aytish lozim. Аgar choʼp tushgan joy bola aytganidek 20 yoki 30 ta tayok chiqsa, bola shuncha ochko toʼplagan boʼladi. Аgar tayoq tushgan joy 20 yoki 30 ta chiqmasa bola yutqazadi va oʼyinni keyingi bolaga beradi. Bu oʼyinni uch kishi yoki toʼrt kishi oʼynashi mumkin. Eng kam ochko toʼplagan bola masalan 200, 300 yoki 1000, ochko toʼplagan boʼlsa shuncha joyni belgilab, chillik gʼishti turgan joydan 1000 choʼp chiqadigan joygacha «zuv» soʼzini bir nafasda toʼxtamasdan aytib borishi kerak va choʼpni oʼsha joyga quyishi kerak.

«Kesаk Qoʼydi» Oʼyini


Maqsad:
taʼlimiy vazifasi: bolalarni jismonan chiniqtirish, bolalarning xotira, eslab qolish kabi xislatlarini shakllantirishga qaratilgan.
rivojlantiruvchi vazifasi: koʼrish, eshitish qobiliyatlarini va xotirasini rivojlantirish, tasavvur va tushunchalarni kengaytirish, qatʼiyatlilik koʼnikmalarini hosil qilish, bolalarni fikrlashga oʼrgatish;
tarbiyaviy vazifasi: oʼyin davomida birdamlik va hamkorlikka oʼrgatish. Jamoa boʼlib harakat qilish va jamoa manfaatiga hurmat ruhini tarbiyalash.
kerakli jixozlar: turli qirq hajmdagi oʼyinchoqlar, oʼyinchi koʼzini bogʼlash uchun roʼmol.
oʼyinning borishi: oʼyinda barcha bolalar qatnashishlari mumkin. Oʼrtada yerga bir qancha predmetlar koʼyilgan boʼlib, bolalar diqqat bilan predmetlarni koʼrib oladilar va 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 ketdi deb sanaydilar «ketdi» soʼzi kimga taqalsa shu qatnashuvchi koʼzini yumib turadi. Onaboshi oʼrtadagi biror predmetdan yonidagi bolalar etagigami, stul orqasigami yashirib qoʼyadi. Koʼzi yumilgan bola ana shu yashiringan predmetning nomini qaysi bolada ekanligini topishi kerak. Topa olmasa oʼynovchilarning talablariga binoan sheʼr, topishmoq aytib beradi. Oʼyin yana boshqa oʼynovchining koʼzini yumishi bilan boshlanadi. Oʼyin shu tariqa davom etadi.
«Qirq Tosh» Oʼyini.
Maqsad:
taʼlimiy vazifasi: bolalarda masofani moʼljal olishni oʼrgatish, diqqatni taqsimlashga oʼrgatish.
rivojlantiruvchi vazifasi: koʼrish, eshitish qobiliyatlarini va diqqatini rivojlantirish, tasavvur va tushunchalarni kengaytirish, bolalarni fikrlashga oʼrgatish;
tarbiyaviy vazifasi: oʼyin davomida birdamlik va hamkorlikka oʼrgatish, jamoa boʼlib harakat qilish va jamoa manfaatiga hurmat ruhini tarbiyalash. Ularda chaqqon harakat qilish malakalarini shaklllantirish.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling