“Йўл ҳаракати хавфсизлиги” таълимий ўйини тўплами


kerakli jixozlar: oʼyin maydoncha


Download 0.58 Mb.
bet4/14
Sana21.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1637969
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
6-7o`yinlar har-liipech

kerakli jixozlar: oʼyin maydoncha, echki niqoblari, rangli boʼrlar.
oʼyinning borishi: oʼyin ochiq maydonchada 6-7 yoshli bolalar bilan olib boriladi. Hovlida oraligʼi 10-15 sm boʼlgan ikki paralel chiziq chizib qoʼyiladi. Bu chiziq “zovur” zovurdan 2-3 qadam nari, maydoncha chetiga “echkilar” uchun uycha chiziladi. Ishtirokchilardan biri-boʼri, qolganlari esa echkilar rolini bajaradilar, onaboshining “boʼri zovurda” chaqirigʼiga, echkilar uylaridan chiqib zovurga sakraydilar. Echkilar sakrab oʼtayotganda boʼri ularni ushlab olishga harakat qiladi. U shlangan echkilar zovurda turadi. Oʼyin 3-4 marta takrorlanadi. Ushlanmagan echkilarni boʼri zovurdan chiqib quvlaydi.

«Bekinmаchoq» Oʼyini


Maqsad:
taʼlimiy vazifasi: bolalarni hamjixatlikda harakat qilishga odatlantirish.
rivojlantiruvchi vazifasi: koʼrish, eshitish qobiliyatlarini va diqqatini rivojlantirish, tasavvur va tushunchalarni kengaytirish, bolalarni fikrlashga oʼrgatish;
tarbiyaviy vazifasi: oʼyin davomida birdamlik va hamkorlikka oʼrgatish, jamoa boʼlib harakat qilish va jamoa manfaatiga hurmat ruhini tarbiyalash. Ularda chaqqon harakat qilish malakalarini shaklllantirish.
kerakli jihozlar: oʼyin maydoncha va oʼtirgichlar
oʼyinning borishi: oʼyin qatnashchilari ikki guruxga boʼlingan holda maydonda oʼyin olib boradilar. Birinchi gurux bolalari oʼyin boshlangan joyda qoladi. Ikkinchi gurux bolalari esa maydondan uzoqroq joyga (oʼtirgichlar orqasiga) berkinadilar. Birinchi gurux bolalari ularni izlaydilar. Аgar ularni topsalar yana oʼyin boshlangan joyga qaytib keladilar. Yashiringan bolalarni topa olmasalar: “engildik chiqinglar” deb aytadilar. Yutgan gurux oʼyinni davom ettiradi. Yaʼni boshqatdan berkinadi.
«Quvlаshmаchoq» Oʼyini
maqsad:
taʼlimiy vazifasi: bolalarni chaqqon hararkat qilishga va tezlik bilan yugurishga, masofani chamalashga oʼrgatish.
kerakli jixozlar: oʼyin maydoncha
oʼyinning borishi: oʼyinchilar juft-juft boʼlib qatorga saflanadilar, qator oldida ikki uch metr narida tutuvchi qilib saylangan bola oldinga qarab turadi. Bolalar bir ikki uch degandan keyin bolalar qator oxiridan boshlab qoʼllarini qoʼyib yuboradilar va oldinga yugurib ketadilar. Biri chap tomondan, ikkinchisi oʼng tomondan yuguradilar. Ular qator oldiga yugurib chiqadilar va yana qoʼl ushlashib tutuvchining oldiga turib olishga harakat qiladi. Tutuvchi bolalar qoʼlushlashib olishdan avval ulardan birini tutib olishga harakat qiladi. Аgar u buning uddasidan chiqsa oʼzi tutgan bola bilan juft boʼlib olib qator oldiga borib turadi. Sheriksiz qolgan bola tutuvchi boʼladi. Аgar tutuvchi bola xech kimni tuta olmasa yana bir marta harakat qiladi. Oʼyin shu tariqa davom etadi. Oʼyin barcha bolalar yugurib chiqgandan soʼng tugaydi. Shundan keyin yangi tutuvchi saylanadi.
«Boshdаn doʼppini olish» oʼyini.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling