maqsad:
taʼlimiy vazifasi:bolalarni jismonan rivojlantirish, epchil va chaqqon harakat qilishga oʼrgatish.
kerakli jixozlar: oʼyin maydoncha, doʼppilar
oʼyinning borishi: oʼyin boshlanishi oddidan bolalardan bir ikkita bola boshiga doʼppi kiyib oladi. Uni qoʼl bilan ushlab yugurishga ruxsat berilmaydi. Bolalar signaldan keyin doʼppini olishga xarakat qiladi yaʼni doʼppi kiygan bolalarni quvlab boshidagi doʼppini olib kiyishga harakat qiladilar. Doʼppini boshiga kiygan bolalar doʼppini boshqalarga oldirmaslikka harakat qiladi. Doʼppini olgan bola doʼppini oldirgan bola bilan joyini almashadi. Oʼyin shu tariqa davom etadi.
“Boʼron” Oʼyini
oʼyinni bolalar maydonchasining yarmida oʼtkazgan yaxshi. Bu holatda maydoncha ichida yuza chiziqdan 3 m masofada diametri 1,5 m boʼlgan doira chiziladi. Unga oʼyinchilar katta boʼlmagan roʼmol– qumli bogʼlamani irgʼitadilar. Uni shunday tayyorlaydilar: oʼlchovi 70x70 sm boʼlgan qalin matodan roʼmolcha olinadi, oʼrtasiga qum yoki qipiq sepiladi, biroq ular 300 gr. Dan ortiq boʼlmasligi darkor. Keyin roʼmolchani toʼrt tomonidan qattiq bogʼlanadi. Bunda roʼmolchaning chiqib turgan uchlari – “quloqcha”lari oʼziga xos tarzda bogʼlamani hosil qiladi.
oʼyin ishtirokchilari 6 yoki 12 nafar kishidan ikki komandaga boʼlingancha maydonchani boʼylamasiga teng ikki qismga boʼluvchi yuza chiziqqa qator boʼlib saflanadilar. Bir vaqtning oʼzida sudьya hushtagi bilan roʼmol – bogʼlamani maydonda 10-15m oldinga irgʼitadi. Shu lahzada har ikki komandaning oʼyinchilari maydonga yuguradilar, roʼmol – bogʼlamaga egalik qilishga urinadilar va uni bir - birlariga bergancha doiraga belgi qoʼyadilar.
buni uddalagan komandaga 1 ochko qoʼyiladi. Muayyan vaqt (5-10 daqiqa) oraligʼida koʼproq ochkolar yiqqan komanda gʼolib hisoblanadi.
jismoniy va boshqa sifatlarning rivojlanishiga oʼyin taʼsiri ish mohiyati boʼyicha universaldir. Shu bilan u alohida qadrli.
«Uchinchi Ortiqchа» Oʼyin
maqsad:
taʼlimiy vazifasi: bolalarni hamjixat boʼlib oʼynashga va intizomli boʼlishga oʼrgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |