Jobir ahmedovning turli yillardagi savollari
partiya va prokuror nazorati o‘rnatiladi
Download 52.4 Kb. Pdf ko'rish
|
SSSRda “Iliqlik davri”. Sovet Ittifoqida qonli zulm va shaxsga sig‘inishni to‘xtatgan Nikita Xrushchyov — «Daryo»
partiya va prokuror nazorati o‘rnatiladi. 1956-yilda SSSR Oliy sudida hatto oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lmagan sudyalar ham faoliyat yuritardi. Xrushchyov buni to‘g‘rilaydi: 1962-yilga kelib sud tizimining 97 foiz oliy va o‘rta yuridik ma’lumotga ega bo‘ladi. Shuningdek, jinoiy jazo sohasi insonparvarlashtiriladi, “xalq dushmani” tushunchasi amaliyotdan chiqarib tashlanadi, jinoiy jazo yoshi o‘n to‘rtdan o‘n oltiga oshiriladi. Advokatlarning suddagi ishtiroki kengaytiriladi va ular o‘lim jazosini bekor qilishni yoqlay boshlaydi. Xrushchyov kolxozning sut fermasida. Ukraina, Cherkas tumani. 1953-yil Foto: “RIA Novosti” Byurokratiya bilan kurashda Xrushchyov partiya va davlat apparatini uchdan bir qismga kamaytiradi, boshqaruv tizimini markazsizlashtirishga intilib, vazirliklarning vakolatini Iqtisodiy kengashlarga o‘tkazadi. Uning viloyat qo‘mitalari sanoat va qishloq xo‘jaligi qismlariga ajratiladi. Ammo bu islohotlar teskari natija beradi: byurokratik apparat o‘sdi, turli bo‘limlar bir -birini takrorladi va raqobat qila boshladi. “Olmaota tumanlaridan birida kartoshka yig‘ish bilan ikkita viloyat, to‘rtta tuman va Qozog‘iston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining qishloq xo‘jaligi bo‘limi shug‘ullanardi, lekin oxir-oqibat masala shunday holga keldiki, sabzavot yig‘ishda yordam berish masalasi hech kim tomonidan to‘liq hal qilinmadi” — deb yozadi tarixchi Aleksandr Pijikov. Xrushchyov davrida Uzoq Sharq va Qozog‘istonda yangi yerlar ochilishi hisobiga iqtisodiy o‘sish kuzatiladi. Tuzilganidan beri birinchi bor SSSR o‘zini don bilan ta’minlay boshlaydi. Biroq oradan bir necha yil o‘tib yangi yerlar sho‘rlash va eroziyaga uchraydi. SSSR don importini qayta tiklaydi. Sovet Ittifoqi bu davrda o‘zining “temir parda”sini ham ko‘taradi. Millionlab sovet yoshlari dunyo bo‘ylab sayr qilishga muvaffaq bo‘ladi, shu bilan birga chet ellik mehmonlarga ham mamlakat eshiklari ochiladi. Bular bilan bir qatorda bilimsiz Xrushchyovning davlatni abgor ahvolga olib kelgan “xizmatlari” ham mo‘l bo‘ldi. Malenkov aholining shaxsiy uy-joylarga ega bo‘lishni qo‘llab- quvvatlagan bo‘lsa, Xrushchyov ularni yo‘qotish uchun harakat qildi va aslida Stalinning “ko‘chirish” siyosatini davom ettirdi. Tarixchi Pijikov Xrushchyov davrida kolxozlardagi ahvolni shunday xotirlaydi: “Dehqon jamoat dalasi yoki fermasida jamoat burchini bajarib, o‘zi uchun ishlab bilmas, pul jarimasi tahdidi ostida mahsulotini shaharga olib ketolmasdi. Ular kolxozda minimal ish kuni ishlashga majbur bo‘lib, kolxozni tark etish huquqiga ega emasdi va mahalliy ma’muriyatga to‘liq qaram edi” . Va, albatta, Xrushchyov davrining eng esda qolarli ijobiy voqealaridan biri bu — SSSR kosmonavtining insoniyat tarixida ilk bor kosmosga chiqishi edi. 1961-yiling 12-aprel kuni sovet uchuvchisi Yuriy Gagarin tarixdagi birinchi inson sifatida kosmosga parvoz qiladi. Shuningdek, Xrushchyov davlat rahbarining mamlakat bo‘ylab joylarga tashriflarini (korxona, fabrika, kolxoz, ferma va hokazo) boshlab bergan inson ham hisoblanadi. Aynan Xrushchyovdan keyin SSSR, undan so‘ng postsovet davlat rahbarlari bu an’anani davom ettirib, hozirga qadar amalga oshirib kelmoqda. Download 52.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling