Jobir ahmedovning turli yillardagi savollari
Download 52.4 Kb. Pdf ko'rish
|
SSSRda “Iliqlik davri”. Sovet Ittifoqida qonli zulm va shaxsga sig‘inishni to‘xtatgan Nikita Xrushchyov — «Daryo»
Tarixiy nutq
1956-yilning 25-fevral kuni Moskvada KPSS MQning XX syezdi bo‘lib o‘tadi. Shu kuni ertalab yopiq tarzda o‘tgan sessiyada KPSS MQ Birinchi kotibi Nikita Xrushchyov Stalin shaxsiyatiga sig‘inishni qoralagan “Shaxsga sig‘inish va uning oqibatlari” to‘g‘risida yopiq ma’ruza qiladi. U mamlakatda 1930—1950-yillarda amalga oshirilgan bir qator ommaviy jinoyatlarni sanab, ularning barchasida Stalin shaxsini ayblaydi. Xrushchyovning KPSSning XX qurultoyida Stalin shaxsiga sig‘inishini yo‘q qilish haqidagi ma’ruzasi Foto: “TASS” SSSR Siyosiy Byurosining bo‘lajak a’zosi, XX syezdda qatnashgan MQning yosh ishchisi Aleksandr Yakovlev voqeani shunday xotirlaydi: “Xrushchyov haqiqatni bir-biridan dahshatli qilib ko‘rsatdi, syezd a’zolari boshlarini egib yig‘ilishni tark etdi. ‘’Stalinning o‘zi’, ‘barcha zamon va xalqlarning daho lideri’ jinoyatlari haqida rasman xabar berilganidan so‘ng ular karaxt ahvolga kelib qolgandi…” Syezdda Stalin davrida qatag‘on qilingan partiya va harbiy rahbarlarni reabilitatsiya qilish muammosi ham ko‘tariladi. Butun mamlakat ushbu ma’ruzadan shok holatiga tushib qoladi, chunki ularning dunyo tarixida Stalindek “buyuk lider” bo‘lmaganiga ishonchlari komil edi. Islohotlar Xrushchyov Stalin shaxsiga sig‘inishni to‘xtatgandan so‘ng, uning boshqaruvdagi uslublarini ham o‘zgartiradi. Senzura nisbatan kamaytiriladi, OAVlarga erkinlik beriladi va Stalinning siyosiy raqiblarni qirg‘in qilish an’anasidan voz kechiladi. Xrushchyov mamlakatga qonun ustuvorligi va sud hokimiyatini qaytaradi, Stalin davrida barcha huquqiy masalalar NKVD (Ichki ishlar xalq komissarligi) yerto‘lalarida hal etilardi. NKVD ham ayblovchi, ham tergov va sud qiluvchi, ham ijro etuvchi organ edi. Xrushchyov davrida esa butun respublika bo‘ylab Ichki ishlar va davlat xavfsizlik xizmatlari ustidan Download 52.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling