Jobir ahmedovning turli yillardagi savollari


Download 52.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana18.06.2023
Hajmi52.4 Kb.
#1583230
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
SSSRda “Iliqlik davri”. Sovet Ittifoqida qonli zulm va shaxsga sig‘inishni to‘xtatgan Nikita Xrushchyov — «Daryo»

Makkajo‘xori kampaniyasi
SSSRning uchinchi rahbari bir qator ahmoqona va
kulgili voqealari bilan birga, shubhasiz,
“makkajo‘xori” kampaniyasi bilan tarixda qolgan.
1955-yilda Xrushchyov amerikalik
fermer Rosvel Garst bilan uchrashadi va undan
makkajo‘xorining afzalliklari haqida eshitadi.
Keyinchalik AQShga safari chog‘ida u
makkajo‘xorining SSSR uchun an’anaviy ekinlardan
ancha foydali ekaniga amin bo‘ladi. Makkajo‘xori
ekishni ko‘paytirish orqali 1959—1965-yillardagi
yetti yillik davrda qoramollarning o‘sish sur’atini
uch barobarga oshirish rejalashtiriladi. Butun
mamlakat bo‘ylab makkajo‘xori kampaniyasi
targ‘ib qilinadi va “Soyuzfilm” tomonidan
makkajo‘xori propagandasi uchun “Mo‘jizakor
ayol” multfilmi olinadi.
Foto: Google Images
1960-yillarning boshiga kelib SSSRdagi barcha
ekin maydonlarining to‘rtdan bir qismiga
makkajo‘xori ekiladi. Ammo makkajo‘xori
hosildorligi kutilganidan ancha past bo‘ladi va
o‘simlikni ekish sekin-asta kamaya boshlaydi.
Makkajo‘xorining qishloq xo‘jaligi uchun muhim
pichan maydonlariga ekilishi natijasida qishloq
xo‘jaligi bundan qattiq zarar ko‘radi.
Xrushchyovning iste’fosidan keyin makkajo‘xori
maydonlari deyarli yo‘q qilinadi. Shunday qilib
buyuk SSSRning buyuk lideri o‘zining “buyukligini”
yana bir ahmoqona qarori bilan isbotlaydi.
BMTdagi poyabzal tomoshasi
1959-yilda tarixda ilk bor SSSR rahbari AQShga
tashrif buyuradi. Amerikaga rasmiy tashrif bilan
kelgan Nikita Xrushchyovni AQSh
prezidenti Duayt Eyzenxauer kutib oladi. Bu AQSh
—SSSR munosabatlaridagi eng yuqori nuqta
hisoblanadi. Xrushchyov AQShga yana bir necha
bor rasmiy tashrif bilan keladi, ammo ularning
ichida esda qolarlisi 1960-yil oktabr oyidagisi
bo‘ldi.
1960-yil 12-oktabr kuni BMTning navbatdagi
sessiyasi bo‘lib o‘tadi. Unda so‘zga chiqqan
Xrushchyov mustamlakachilik va uning oqibatlarni
bartaraf qilish kerakligi haqida gapiradi.
Xrushchyovdan so‘ng minbarga ko‘tarilgan Filippin
delegati Lorenso Sumolong mustamlakachilik
zulmidan aziyat chekkan xalq vakili sifatida gapirib,
SSSR nafaqat G‘arb mustamlakachiligi bilan
kurashishi kerakligi, balki o‘zi ham Sharqiy Yevropa
xalqlariga erkinlik berishi kerakligi haqida aytadi.
Vengriya voqeasi va Boltiqbo‘yi davlatlari
anneksiya qilingani haqidagi so‘zlaridan so‘ng
Xrushchyovning ortiq sabri 
chidamaydi
.
Nikita Xrushchyovning mashhur botinkasi BMT sessiyasida
Foto: Google Images
Filippin vakilining nutqini eshitishni istamagan
Xrushchyov norozilik belgisi sifatida stolni
mushtlab ura boshlaydi. Keyin esa ko‘pchilik turli
xil talqin qiluvchi hodisa yuz beradi: Xrushchyov
oyoq kiyimini chiqarib, uni stolga ura boshlaydi.
Ba’zilar Xrushchyov poyabzalni stolga urmaganini,
shunchaki uning ustiga chiqarib qo‘yganini
ta’kidlaydi. Nima bo‘lgan taqdirda ham sovet
rahbari shu voqeadan keyin nafaqat SSSR tarixida,
balki butun dunyo tarixida ham o‘zining yana bir
“qobiliyati” bilan muhrlanib 
qoldi
.
Iste’fo
Xrushchyovning “yumshoq” siyosati SSSR yuqori
doiralariga mos kelmadi. 1962-yilda Ukraina
ziyolilari mustaqillik haqida o‘ylay boshladi,
Moldovada esa Bessarabiyada mustaqil davlat
tuzish uchun qo‘zg‘olon uyushtirmoqchi bo‘lgan
guruh paydo bo‘ldi. Ammo norozilik sabablarining
faqat bittasi millatchilik bo‘lib, ikkinchisi — tovar
tanqisligi, yuqori narxlar va qiyin ish sharoitlari edi.
Ko‘plab shaharlarda, xususan, Moskva, Leningrad,
Klaypeda, Lvov, Kiyev, Odessa, Krivoy-Rog,
Donetsk, Slavyansk, Krasnodar, Yaroslavl, Gorkiy,
Sverdlov, Omsk, Qarag‘anda, Novosibirsk,
Kemerovo va Toshkentda Xrushchyov rejimiga
qarshi norozilik aksiyalari bo‘lib o‘tadi. Eng qonli
favqulodda holat 1962-yilda Novocherkasskda,
ishchilar namoyishining bostirilishida yuz berdi: 24
kishi halok bo‘ladi, 70 kishi yaralanadi, 105 kishi
qamoqqa olinadi, 7 kishi esa otib tashlanadi.
Mamlakatda dissidentlar harakati — samizdat
paydo bo‘la boshladi. Odamlar siyosiy talablar
qo‘yib, “kommunistik diktaturani”, shaxsan
Xrushchyovni ag‘darishga, ko‘p partiyali tizim va
parlament demokratiyasini yaratishga chaqirdi.
Bularga javoban Xrushchyov bir necha
o‘ylanmagan islohotlarni amalga oshiradi.
Masalan, partiya yig‘imlarini bekor qilish kabi.
Xrushchyov (chapda) va Brejnev (o‘ngda)
Foto: Russian7
1964-yil kuziga kelib
Xrushchyovning o‘ylanmagan, tez o‘zgaruvchi ko‘p
qirrali qarorlari uni davlat va partiya amaldorlari,
KGB, armiya, ziyolilar, dehqonlar va ishchilar
qo‘llovisiz qoldirdi. Uning atrofini Leonid Brejnev
boshliq xushomadgo‘y sudyalar guruhi o‘rab oladi.
Kuba inqirozi, mamlakatdagi qishloq xo‘jaligining
og‘ir ahvolga kelishi va Xrushchyovning mo‘tadil
siyosati tufayli Sovet—Xitoy munosabatlarining
yomonlashuvi Xrushchyovga partiya safida
qarshilikning kuchayishiga olib keldi.
1964-yil 14-oktabrda Xrushchyovning homiysi va
o‘rinbosari Leonid Brejnev unga qarshi
muvaffaqiyatli to‘ntarish uyushtirdi hamda
Xrushchyov to‘satdan Birinchi kotib va bosh vazir 
lavozimidan ketdi
. Shu tariqa SSSRda “Iliqlik davri”
ni boshlagan rahbar iste’foga yuborildi.
D U N Y O

Download 52.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling