Jobir ahmedovning turli yillardagi savollari


Download 52.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana18.06.2023
Hajmi52.4 Kb.
#1583230
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
SSSRda “Iliqlik davri”. Sovet Ittifoqida qonli zulm va shaxsga sig‘inishni to‘xtatgan Nikita Xrushchyov — «Daryo»

Hokimiyat uchun kurash
1953-yilda Stalin to‘satdan vafot etgach, SSSR
xalqi buyuk dohiysi, “xalqlar otasi(yoxud qotili)”
o‘limidan chuqur qayg‘u va umidsizlikka tushadi.
Yuqori doiralar esa endilikda ulkan va qudratli
mamlakatni kim boshqarishi haqida o‘ylay
boshlaydi. Stalin mamlakatni faqat o‘z qarorlari va
irodasi bilan boshqargani sabab, mamlakatda
ikkinchi avtoritet mavjud emasdi. Aslida an’anaga
ko‘ra, KPSS Markaziy qo‘mitasi (MQ) birinchi kotibi
SSSR rahbari bo‘lishi, ijro hokimiyati bo‘lmish
Vazirlar Kengashi KPSS nazorati ostida ishlashi
kerak edi. Biroq davlatda mutlaq hukmdor bo‘lgan
Stalin hech kim bilan, jumladan, KPSS bilan ham
hisoblashmas va ijro hokimiyatiga to‘liq
hokimiyatni olib bergandi.
Shunday qilib davlatni Vazirlar Kengashi raisi
Georgiy Malenkov boshqara boshladi, ammo
mamlakatda undan qudratliroq Ichki ishlar vaziri
Lavrentiy Beriya ulkan ta’sirga ega edi. Stalinning
shafqatsiz repressiyalari hamda qattiq intizomi
asosi bo‘lgan SSSR xavfsizlik xizmatlari va ichki
ishlar kuchlari amalda butun mamlakatni
boshqaruvchi kuch edi. Stalin bilan yurtdosh
bo‘lgan marshal Beriya uchun zo‘ravonlik
“kommunizm qurish” yoki “kommunizmni yo‘q
qilish” qilishdan qat’i nazar, jamiyat oldida turgan
muammolarni hal qilishning universal usuli bo‘lib
qolgandi.
1924-yildan beri Stalin bilan birga ishlab, uning
yaqin sherigiga aylangan Ukraina Kompartiyasining
birinchi kotibi Nikita Xrushchyov va uning
hamyurti, “g‘alaba marshali” Georgiy Jukov
hokimiyat uchun Beriya bilan kurash boshlaydi.
Beriya va boshqa “stalinchilar”dan farqli ravishda
Xrushchyov va uning guruhi cheklangan zo‘ravonlik
tarafdori — “jinni shishada saqlamoqchi
bo‘lganlar” edi.
Chapdan o‘ngga: Molotov, Stalin va Xrushchyov
Foto: Istorik
Nihoyat 1953-yil 13-sentabr kuni Nikita
Xrushchyov KPSS MQ Birinchi kotibi etib saylanadi
va SSSR tarixida “Iliqlik davri” deb atalgan davr
boshlanadi. Xrushchyov Beriyani yo‘q qilish uchun
hokimiyatni vaqtincha Malenkov bilan bo‘lishadi.
Birinchi kotib etib Xrushchyov saylansa-da,
mamlakatni 1956-yilgacha amalda Vazirlar
Kengashi raisi Malenkov boshqaradi. Shundan
so‘ng Xrushchyovning tashabbusi va Jukovning
unga faol yordami bilan SSSR elitasi Beriyani
qamoqqa olish va sud qilishga ruxsat beradi.
Beriya va tarafdorlari yo‘q qilinishida ularga
o‘zlaring usuli, ya’ni sud hukmi chiqarilmasdan
jazoni ijro qilish qo‘llaniladi (Qodiriy, Cho‘lpon,
Fitrat va boshqa jadidlar kabi). 1953-yilning 23-
dekabr kuni SSSR marshali Lavrentiy Beriya
Pavlovich va uning sheriklari deb hisoblangan yana
besh general milliy nizolarni qo‘zg‘ashda ayblanadi
va Moskvada otib tashlanadi. Shu tariqa
Xrushchyov Stalinning eng sodiq shogirdini
hokimiyat yo‘lidan olib tashlaydi.
Oradan uch yil o‘tib, Xrushchyovning sa’y-
harakatlari bilan an’ana qayta tiklanadi va KPSS
MQ Birinchi kotibi mamlakatning birinchi raqamli
shaxsiga aylanadi. Natijada o‘z-o‘zidan Georgiy
Malenkov ishdan bo‘shatiladi va Vazirlar Kengashi
raisi lavozimiga Xrushchyov tarafdorlaridan
Nikolay Bulganin tayinlanadi. 1958-yilga kelib esa
bu lavozimni ham Xrushchyovning o‘zi egallaydi.
Shunday qilib Nikita Xrushchyov SSSRning mutlaq
diktatoriga 
aylandi
.

Download 52.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling