Jobir ahmedovning turli yillardagi savollari


partiya va prokuror nazorati o‘rnatiladi


Download 52.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana18.06.2023
Hajmi52.4 Kb.
#1583230
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
SSSRda “Iliqlik davri”. Sovet Ittifoqida qonli zulm va shaxsga sig‘inishni to‘xtatgan Nikita Xrushchyov — «Daryo»


partiya va prokuror nazorati o‘rnatiladi.
1956-yilda SSSR Oliy sudida hatto oliy yuridik
ma’lumotga ega bo‘lmagan sudyalar ham faoliyat
yuritardi. Xrushchyov buni to‘g‘rilaydi: 1962-yilga
kelib sud tizimining 97 foiz oliy va o‘rta yuridik
ma’lumotga ega bo‘ladi. Shuningdek, jinoiy jazo
sohasi insonparvarlashtiriladi, “xalq dushmani”
tushunchasi amaliyotdan chiqarib tashlanadi,
jinoiy jazo yoshi o‘n to‘rtdan o‘n oltiga oshiriladi.
Advokatlarning suddagi ishtiroki kengaytiriladi va
ular o‘lim jazosini bekor qilishni yoqlay boshlaydi.
Xrushchyov kolxozning sut fermasida. Ukraina, Cherkas tumani.
1953-yil
Foto: “RIA Novosti”
Byurokratiya bilan kurashda Xrushchyov partiya va
davlat apparatini uchdan bir qismga kamaytiradi,
boshqaruv tizimini markazsizlashtirishga intilib,
vazirliklarning vakolatini Iqtisodiy kengashlarga
o‘tkazadi. Uning viloyat qo‘mitalari sanoat va
qishloq xo‘jaligi qismlariga ajratiladi. Ammo bu
islohotlar teskari natija beradi: byurokratik apparat
o‘sdi, turli bo‘limlar bir -birini takrorladi va raqobat
qila boshladi. 
“Olmaota tumanlaridan birida
kartoshka yig‘ish bilan ikkita viloyat, to‘rtta tuman
va Qozog‘iston Kompartiyasi Markaziy
Qo‘mitasining qishloq xo‘jaligi bo‘limi
shug‘ullanardi, lekin oxir-oqibat masala shunday
holga keldiki, sabzavot yig‘ishda yordam berish
masalasi hech kim tomonidan to‘liq hal qilinmadi”
— deb yozadi tarixchi Aleksandr Pijikov.
Xrushchyov davrida Uzoq Sharq va Qozog‘istonda
yangi yerlar ochilishi hisobiga iqtisodiy o‘sish
kuzatiladi. Tuzilganidan beri birinchi bor SSSR
o‘zini don bilan ta’minlay boshlaydi. Biroq oradan
bir necha yil o‘tib yangi yerlar sho‘rlash va
eroziyaga uchraydi. SSSR don importini qayta
tiklaydi.
Sovet Ittifoqi bu davrda o‘zining “temir parda”sini
ham ko‘taradi. Millionlab sovet yoshlari dunyo
bo‘ylab sayr qilishga muvaffaq bo‘ladi, shu bilan
birga chet ellik mehmonlarga ham mamlakat
eshiklari ochiladi.
Bular bilan bir qatorda bilimsiz
Xrushchyovning davlatni abgor ahvolga olib kelgan
“xizmatlari” ham mo‘l bo‘ldi. Malenkov aholining
shaxsiy uy-joylarga ega bo‘lishni qo‘llab-
quvvatlagan bo‘lsa, Xrushchyov ularni yo‘qotish
uchun harakat qildi va aslida Stalinning
“ko‘chirish” siyosatini davom ettirdi. Tarixchi
Pijikov Xrushchyov davrida kolxozlardagi ahvolni
shunday xotirlaydi: 
“Dehqon jamoat dalasi yoki
fermasida jamoat burchini bajarib, o‘zi uchun
ishlab bilmas, pul jarimasi tahdidi ostida
mahsulotini shaharga olib ketolmasdi. Ular
kolxozda minimal ish kuni ishlashga majbur bo‘lib,
kolxozni tark etish huquqiga ega emasdi va
mahalliy ma’muriyatga to‘liq qaram edi”
.
Va, albatta, Xrushchyov davrining eng esda qolarli
ijobiy voqealaridan biri bu — SSSR kosmonavtining
insoniyat tarixida ilk bor kosmosga chiqishi edi.
1961-yiling 12-aprel kuni sovet
uchuvchisi Yuriy Gagarin tarixdagi birinchi inson
sifatida kosmosga parvoz qiladi.
Shuningdek, Xrushchyov davlat rahbarining
mamlakat bo‘ylab joylarga tashriflarini (korxona,
fabrika, kolxoz, ferma va hokazo) boshlab bergan
inson ham hisoblanadi. Aynan Xrushchyovdan
keyin SSSR, undan so‘ng postsovet davlat
rahbarlari bu an’anani davom ettirib, hozirga qadar
amalga oshirib kelmoqda.

Download 52.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling