Jobir ahmedovning turli yillardagi savollari
Download 52.4 Kb. Pdf ko'rish
|
SSSRda “Iliqlik davri”. Sovet Ittifoqida qonli zulm va shaxsga sig‘inishni to‘xtatgan Nikita Xrushchyov — «Daryo»
- Bu sahifa navigatsiya:
- BMTdagi poyabzal tomoshasi
Makkajo‘xori kampaniyasi
SSSRning uchinchi rahbari bir qator ahmoqona va kulgili voqealari bilan birga, shubhasiz, “makkajo‘xori” kampaniyasi bilan tarixda qolgan. 1955-yilda Xrushchyov amerikalik fermer Rosvel Garst bilan uchrashadi va undan makkajo‘xorining afzalliklari haqida eshitadi. Keyinchalik AQShga safari chog‘ida u makkajo‘xorining SSSR uchun an’anaviy ekinlardan ancha foydali ekaniga amin bo‘ladi. Makkajo‘xori ekishni ko‘paytirish orqali 1959—1965-yillardagi yetti yillik davrda qoramollarning o‘sish sur’atini uch barobarga oshirish rejalashtiriladi. Butun mamlakat bo‘ylab makkajo‘xori kampaniyasi targ‘ib qilinadi va “Soyuzfilm” tomonidan makkajo‘xori propagandasi uchun “Mo‘jizakor ayol” multfilmi olinadi. Foto: Google Images 1960-yillarning boshiga kelib SSSRdagi barcha ekin maydonlarining to‘rtdan bir qismiga makkajo‘xori ekiladi. Ammo makkajo‘xori hosildorligi kutilganidan ancha past bo‘ladi va o‘simlikni ekish sekin-asta kamaya boshlaydi. Makkajo‘xorining qishloq xo‘jaligi uchun muhim pichan maydonlariga ekilishi natijasida qishloq xo‘jaligi bundan qattiq zarar ko‘radi. Xrushchyovning iste’fosidan keyin makkajo‘xori maydonlari deyarli yo‘q qilinadi. Shunday qilib buyuk SSSRning buyuk lideri o‘zining “buyukligini” yana bir ahmoqona qarori bilan isbotlaydi. BMTdagi poyabzal tomoshasi 1959-yilda tarixda ilk bor SSSR rahbari AQShga tashrif buyuradi. Amerikaga rasmiy tashrif bilan kelgan Nikita Xrushchyovni AQSh prezidenti Duayt Eyzenxauer kutib oladi. Bu AQSh —SSSR munosabatlaridagi eng yuqori nuqta hisoblanadi. Xrushchyov AQShga yana bir necha bor rasmiy tashrif bilan keladi, ammo ularning ichida esda qolarlisi 1960-yil oktabr oyidagisi bo‘ldi. 1960-yil 12-oktabr kuni BMTning navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tadi. Unda so‘zga chiqqan Xrushchyov mustamlakachilik va uning oqibatlarni bartaraf qilish kerakligi haqida gapiradi. Xrushchyovdan so‘ng minbarga ko‘tarilgan Filippin delegati Lorenso Sumolong mustamlakachilik zulmidan aziyat chekkan xalq vakili sifatida gapirib, SSSR nafaqat G‘arb mustamlakachiligi bilan kurashishi kerakligi, balki o‘zi ham Sharqiy Yevropa xalqlariga erkinlik berishi kerakligi haqida aytadi. Vengriya voqeasi va Boltiqbo‘yi davlatlari anneksiya qilingani haqidagi so‘zlaridan so‘ng Xrushchyovning ortiq sabri chidamaydi . Nikita Xrushchyovning mashhur botinkasi BMT sessiyasida Foto: Google Images Filippin vakilining nutqini eshitishni istamagan Xrushchyov norozilik belgisi sifatida stolni mushtlab ura boshlaydi. Keyin esa ko‘pchilik turli xil talqin qiluvchi hodisa yuz beradi: Xrushchyov oyoq kiyimini chiqarib, uni stolga ura boshlaydi. Ba’zilar Xrushchyov poyabzalni stolga urmaganini, shunchaki uning ustiga chiqarib qo‘yganini ta’kidlaydi. Nima bo‘lgan taqdirda ham sovet rahbari shu voqeadan keyin nafaqat SSSR tarixida, balki butun dunyo tarixida ham o‘zining yana bir “qobiliyati” bilan muhrlanib qoldi . Iste’fo Xrushchyovning “yumshoq” siyosati SSSR yuqori doiralariga mos kelmadi. 1962-yilda Ukraina ziyolilari mustaqillik haqida o‘ylay boshladi, Moldovada esa Bessarabiyada mustaqil davlat tuzish uchun qo‘zg‘olon uyushtirmoqchi bo‘lgan guruh paydo bo‘ldi. Ammo norozilik sabablarining faqat bittasi millatchilik bo‘lib, ikkinchisi — tovar tanqisligi, yuqori narxlar va qiyin ish sharoitlari edi. Ko‘plab shaharlarda, xususan, Moskva, Leningrad, Klaypeda, Lvov, Kiyev, Odessa, Krivoy-Rog, Donetsk, Slavyansk, Krasnodar, Yaroslavl, Gorkiy, Sverdlov, Omsk, Qarag‘anda, Novosibirsk, Kemerovo va Toshkentda Xrushchyov rejimiga qarshi norozilik aksiyalari bo‘lib o‘tadi. Eng qonli favqulodda holat 1962-yilda Novocherkasskda, ishchilar namoyishining bostirilishida yuz berdi: 24 kishi halok bo‘ladi, 70 kishi yaralanadi, 105 kishi qamoqqa olinadi, 7 kishi esa otib tashlanadi. Mamlakatda dissidentlar harakati — samizdat paydo bo‘la boshladi. Odamlar siyosiy talablar qo‘yib, “kommunistik diktaturani”, shaxsan Xrushchyovni ag‘darishga, ko‘p partiyali tizim va parlament demokratiyasini yaratishga chaqirdi. Bularga javoban Xrushchyov bir necha o‘ylanmagan islohotlarni amalga oshiradi. Masalan, partiya yig‘imlarini bekor qilish kabi. Xrushchyov (chapda) va Brejnev (o‘ngda) Foto: Russian7 1964-yil kuziga kelib Xrushchyovning o‘ylanmagan, tez o‘zgaruvchi ko‘p qirrali qarorlari uni davlat va partiya amaldorlari, KGB, armiya, ziyolilar, dehqonlar va ishchilar qo‘llovisiz qoldirdi. Uning atrofini Leonid Brejnev boshliq xushomadgo‘y sudyalar guruhi o‘rab oladi. Kuba inqirozi, mamlakatdagi qishloq xo‘jaligining og‘ir ahvolga kelishi va Xrushchyovning mo‘tadil siyosati tufayli Sovet—Xitoy munosabatlarining yomonlashuvi Xrushchyovga partiya safida qarshilikning kuchayishiga olib keldi. 1964-yil 14-oktabrda Xrushchyovning homiysi va o‘rinbosari Leonid Brejnev unga qarshi muvaffaqiyatli to‘ntarish uyushtirdi hamda Xrushchyov to‘satdan Birinchi kotib va bosh vazir lavozimidan ketdi . Shu tariqa SSSRda “Iliqlik davri” ni boshlagan rahbar iste’foga yuborildi. D U N Y O Download 52.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling