JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT (JMBM)
www.jmbm.uz VOLUME 1, ISSUE 3 (May) ISSN: 2181-3000
Page 105
AHOLI TURMUSH DARAJASINI OSHIRUVCHI KO’RSATKICHLARGA
TA’SIR QILUVCHI OMILLAR
Babanazarova Sevara
SamISI, “Iqtisodiy tahlil va statistika”
kafedrasi katta o’qituvchisi
Xo’jahmedov Ulug’bek Anvar o’g’li
SamISI “Marketing-320”
guruh talabasi
ulugbekshakh@gmail.com
, +998935873222
Annotatsiya:
Ushbu
maqola
turmush
darajasining
tanlangan
ko'rsatkichlarining
tushuntirish
kuchini
baholashga,
ularning
farqlari
va
munosabatlarini ta'kidlashga qaratilgan. Bizning asosiy maqsadimiz - turmush
darajasini baholashda ta’sir qilishi mumkin bo’lgan omillarni o’rganishdir.
Kalit so’zlar: Aholi statistikasi,
turmush darajasi, ko'rsatkichlar, hayot sifati,
farovonlik.
Аннотация: В данной работе ставится цель оценить объяснительную
силу отдельных
показателей уровня жизни, выделить их различия и
взаимосвязь. Наша главная цель – предложить факторы,
которые следует
учитывать при оценке уровня жизни.
Ключевые слова: Статистика населения, уровень жизни,
показатели,
качество жизни, благосостояние.
Annotation: This paper aims to assess the explanatory power of selected
indicators of living standards, to highlight theirdifferences and their relationships.
Our main objective is to suggest factors that should beincluded in the assessment of
living standards.
Key words: Population statistics, living standards, indicators,
quality of life,
well-being.
Kirish. Har bir mamlakat qanday siyosiy va ijtimoiy harakatlarni amaliyotga
joriy etishidan qat'iy nazar ularning yakuniy maqsadi xalq manfaatlari, aholi turmush
darajasini yaxshilash, yetakchi mamlakatlar safidan joy olishga qaratiladi.
Davlatning boyligi va turmush darajasi nafaqat ishlab
chiqarish samaradorligiga,
balki boshqa omillarga ham bog'liq. Shu sababli, YaIM mamlakatning umumiy
rivojlanishini baholashning yagona kompleks ko'rsatkichi bo'lmasligi kerak.