Journal of marketing, business and management
-jadval Elektron xizmat tushunchasiga xorijiy olimlar tomonidan keltirilgan
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
167604587663e66e34c24ae63e66e34c24a91676045876 (1)
1-jadval
Elektron xizmat tushunchasiga xorijiy olimlar tomonidan keltirilgan ta’riflar № Keltirilgan ta’rif Muallif 1 Elektron xizmat – ariza beruvchining ehtiyojlarini qondirish uchun uni taqdim etishning avtomatlashtirilgan elektron shakllaridan foydalangan holda axborot xizmati. Jidkova Oksana Sergeyevna Razvitiye sistem okazaniya elektronnix gosudarstvennix uslug naseleniyu (na primere Kurganskoy oblasti) avtoreferat. 2013 g. 2 Elektron xizmatlar deganda Avstraliyaning siyosiy va huquqiy doktrinasida davlat hokimiyatining ijro etuvchi organlari, hukumat tizimi tushunadi va u to'rt elementni o'z ichiga oladi: elektron demokratiya, elektron xizmatlar, e-boshqaruv va elektron hukumat. Danilov Nikita Arkadevich pravovoye regulirovaniye elektronnogo pravitelstva v zarubejnix stranax, Moskva 2013 3 Elektron xizmatlar - bu AKTdan, shu jumladan Internetdan foydalangan holda elektron shaklda taqdim etiladigan moddiy va nomoddiy xizmatlarning har xil turlari. Vishnyakova Svetlana Sergeyevna. Formirovaniye sferы elektronnix uslug v Rossii: dis. ... kand. ekon. nauk: 08.00.05. Moskva, 2007 187 s. RGB OD, 61:07-8/2408 4 E xizmatlar - bu Internetdagi xizmatlar bo'lib, unda faqat tavsiflovchi ma'lumotlar mavjud bo'lgan an'anaviy veb- saytlardan farqli o'laroq, sotib olish va sotish operatsiyalarini amalga oshirish mumkin. Chun Hai, J., Ibrahim. (2007). Fundamental of Development Administration. Selangor: Scholar Press. ISBN 978-967-5-04508-0. http://lookup.computerlanguage.com/ host_app/search?cid=C999999&def= 652d7365727669636573.htm 5 Zeithaml va Bitner (2003) elektron xizmatni Internet orqali taqdim etiladigan veb-xizmatlar deb ta'riflagan. Zeithaml, V., Bitner, M.J. (2003). Services Marketing. Integrating Customer Focus across the Firm. 3rd ed. 2003, New York: McGraw-Hill. JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 4.28 www.jmbm.uz VOLUME 1, ISSUE 7 (October) ISSN: 2181-3000 Page 27 6 Wilson (1998) “elektron xizmat – provayder va mijoz o‘rtasidagi elektron kanal orqali o‘zaro aloqada bo‘ladigan faoliyat yoki bir qator tadbirlar” deb ta’kidlagan. Wilson. (1998). NIST-Special- Publication-800-16, Information Technology Security Training Requirements: A Role and Performance Based Model, 1998, National Institute of Standards and Technology: Gaithersburg. 7 Taherdoost va boshqalar. (2014) elektron xizmatlarning xususiyatlaridan foydalangan va quyidagicha umumlashtirilgan: nomoddiylik, jarayon tabiati, bir hil, ajralmaslik, egalik qilmaslik, o'zaro harakat, o'z- o'ziga xizmat ko'rsatish, raqib emas. Taherdoost, H. et al. (2014). A review paper of e-services, technology concepts. 8th International Conference Interdisciplinarity in Engineering, INTER-ENG 2014, Romania. 8 Elektron xizmatlarning ta'rifi, shuningdek, Kengash Nizomida (Yevropa Komissiyasi, 2006 yil) belgilangan "e-xizmat" - bu Internet orqali etkazib beriladigan (yoki uni taqdim etish uchun Internetga yoki shunga o'xshash tarmoqqa tayanadigan elektron tarmoq) va uni ta'minlashda axborot texnologiyalariga juda bog'liq - ya'ni xizmat mohiyatan avtomatlashtirilgan bo'lib, insonning minimal aralashuvini o'z ichiga oladi va axborot texnologiyalari mavjud bo'lmaganda hayotiy qobiliyatga ega emas”. European Commission. 2006. Directive on VAT Law on Value Added Tax (VAT) § 16 paragraph. 18, Annex II. Amalga oshirilgan taxlillar tadqiqot elektron xizmatlarning asosiy xususiyatlarini aniqlash va tahlil qilish imkonini berdi. Elektron xizmatlarning mohiyatining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, muallif ularning quyidagi turlarini ajratib ko'rsatadi: 1) elektron xizmatlar ko'rsatuvchi sub’ektga ko’ra: - hokimiyat organlari tomonidan taqdim etiladigan elektron xizmatlar, - tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan elektron xizmatlar; 2) moddiy asosga ko’ra: JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 4.28 www.jmbm.uz VOLUME 1, ISSUE 7 (October) ISSN: 2181-3000 Page 28 - pullik asosda taqdim etiladigan elektron xizmatlar, - bepul elektron xizmatlar; 3) xizmatni oluvchi (arizachi): - jismoniy shaxslarga taqdim etiladigan elektron xizmatlar, - yuridik shaxslarga elektron xizmatlar ko‘rsatish; 4) xizmat ko'rsatish uchun zarur bo'lgan sub'ektlar soni: - oddiy (asosiy) elektron xizmatlar; - kompleks (kompozit) elektron xizmatlar; 5) ma'muriy-huquqiy tartibga solish darajalariga ko’ra: - tartibga solingan, - tartibga solinmagan; 6) elektron xizmatlar ko'rsatish sohalariga ko’ra: moliya, soliq, bojxona va boshqalar. Elektron xizmatlar - bu kompyuter yoki Internetga kira oladigan boshqa shunga o'xshash qurilma orqali foydalanish mumkin bo'lgan xizmatlardir. Interaktivlik tushunchasi. Interaktivlik deganda biz, faqatgina, biz o’rganayotgan fan kesimida texnik vositalar, kompyuter, ularning dasturlari hamda foydalanuvchilar orasidagi o’rnatilgan muloqatni tashkil etish tushuniladi. Demak, Kompyuter dasturlari shunday yaratilganki, Biz u yordamida kompyuter bilan muloqat o’rnatamiz. Umuman olganda interaktivlik bu muloqat tizimini tashkil etish bilan bog’liq. Ya’ni, maqsadga ko’ra tizim elementlari orasidagi axborot ma’lumotlar almashinuvi. Ushbu tushuncha axborot nazariyasi, informatika va dasturlash, telekommunikatsiya tizimlari, sotsiologiya va boshqa sohalarda qo’llaniladi. Interaktivlik orqali foydalanuvchi moddiy, ma’naviy, ijtimoiy, iqtisodiy, axborot va ishlab chiqarishning turli manbalaridan ko’riladigan manfaat mavjud bo’lsa, unga interaktiv xizmat qilingan deb tushuniladi. Ya’ni, kompyuter dasturlari orqali foydalanuvchiga interaktiv xizmat tashkil etilgan deb tushuniladi. Internet tarmog’i orqali ko’rsatiladigan interaktiv xizmat turlari. Hozirgi vaqtda, hukumatimiz tomonidan interaktiv xizmatlarni shakllantirish, tashkil etish va ularni boshqarishga katta e’tibor berilmoqda. Interaktiv xizmatlarni tashkil etishning eng tez va yaxshi yo’li, bu, ularni internet tarmoqlari orqali amalga oshirish hisoblanadi. Mamlakatimiz qonunchiligiga binoan davlat elektron xizmati – ariza beruvchilarning so‘rovlariga ko‘ra amalga oshiriladigan, davlat organlarining vazifalarini bajarish bo‘yicha ular tomonidan ko‘rsatiladigan xizmat, elektron davlat xizmati – axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanilgan holda ko‘rsatiladigan davlat xizmati hisoblanadi. “Elektron hukumat” tizimini yaratishdan asosiy maqsad sub’ektiv faktorlarni kamaytirgan holda davlat xizmatidagi mansabdor shaxslarni fuqarolar bilan yaqinlashtirishni ta’minlashdir. Bundan jamiyat hech bo‘lmaganda poraxo‘rlik va korrupsiyaning kamayishi ko‘rinishida foyda ko‘rishi mumkin. Albatta, sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar saylov tizimi, qonunchilik faoliyati, barcha darajadagi hokimiyatlarning fuqarolar oldidagi mas’ulligi nazoratini amalga JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 4.28 www.jmbm.uz VOLUME 1, ISSUE 7 (October) ISSN: 2181-3000 Page 29 oshirish tizimlari, ularning birlashma-lari va tadbirkorlik faoliyatini qamrab olishi lozim. Qisqacha qilib aytganda, bu jarayonni jamiyat hayoti asosini aniqlovchi uch muhim sub’ektning o‘zaro munosabatlari ko‘rinishida tasavvur qilish mumkin Bular: davlat, mamlakat fuqarolari va biznes sub’ektlardir. Bunda fuqarolar birgalikda fuqarolik jamiyatini tashkil etsa, biznes sub’ektlari esa mamlakatning iqtisodiyotini aniqlaydi, davlat esa o‘zaro munosabatlarni birlashtiruvchi yoki integratsiyalovchi tizim hisoblanadi. Bu munosabatlar quyidagi uchta nim tizim yoki boshqacha aytganda, “Elektron hukumat” tizimining tarkibiy modullarida namoyon bo‘ladi: -davlat boshqaruv organlarining o‘zaro aloqalariga yo‘naltirilgan modul G2G (jahonda qabul qilingan davlat davlat uchun - government to government jumlasining qisqartmasi asosida qabul qilingan belgi); -hukumat muassasalari, davlat boshqaruv organlari bilan biznes sub’ektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga yo‘naltirilgan modul G2B (davlat biznes uchun - government to business); -hukumat muassasalari, davlat boshqaruv organlari bilan fuqarolar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga yo‘naltirilgan modul G2C (davlat fuqralar uchun - government to citizens). “Elektron hukumat” tizimi, xususan, uning G2G moduli to‘g‘risida so‘z yuritganda, barcha darajadagi davlat hokimiyati organlarining boshqaruv jarayonlarini axborotlashtirish, bu organlarni aholi va biznes sub’ektlari bilan o‘zaro munosabat funksiyalarini qo‘llab-quvvatlovchi kompyuter tizimlarini yaratish tushuniladi. Agar idoralarda ushbu jarayonlar avtomatlashtirilmagan bo‘lsa yoki elektron hujjat aylanishi mavjud bo‘lmasa, davlatning ichki transaksiyalari amalga oshirilgan va qog‘ozsiz ish yuritish rejimi joriy etilgan deb bo‘lmaydi. Bu borada faqat alohida joriy qilingan amaliyotlar, masalan, elektron pochta orqali ma’lumot jo‘natib, qog‘ozga chop etib, mansabdor shaxsga qo‘l qo‘ydirish jarayoni elektron hukumat tizimidan yiroqdir. Axborot texnologiyalarini joriy etish va axborot resurslarini shakllantirishdan tashqari elektron hukumat normativ-huquqiy baza qabul qilishni ham talab etadi. Ya’ni, hujjat elektron ko‘rinishining qog‘ozdagi ko‘rinishi bilan huquqiy jihatdan teng kuchga ega ekanligi va u bilan asosiy bosh hujjat ko‘rinishida ish yuritish mumkinligiga asos bo‘la oladigan normativ-huquqiy hujjatlar zarur bo‘ladi. Bularga “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi, “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi, “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi va “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi qonunlarni misol qilish mumkin. G2G moduli butun elektron hukumat tizimining asosini tashkil etib, bu modulsiz axborot kommunikatsiya texnologiyalarini davlat boshqaruvida joriy etib bo‘lmaydi. Davlat boshqaruv organlarining korporativ tarmog‘i bu modulning moddiy-texnik va axborot-kommunikatsion asosi sifatida xizmat qiladi. Davlat boshqaruv organlarining korporativ tarmog‘i o‘z ichida davlat muassasalari o‘rtasida axborot almashinish, davlatning fuqarolar, biznes sub’ektlar, shuningdek, Internet global resurslari orqali boshqa tashqi foydalanuvchilar bilan aloqalarini ta’minlaydi. JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 4.28 www.jmbm.uz VOLUME 1, ISSUE 7 (October) ISSN: 2181-3000 Page 30 Munosabat va aloqalarning ushbu modul yordamida hal etiladigan asosiy vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin: -davlat boshqaruv organlari va davlat muassasalarining axborot massivlari, banklari va ma’lumot bazalarini yagona tizimga integratsiyalash; -barcha davlat tuzilmalarini elektron hujjat aylanishiga o‘tkazish va uni optimallashtirish; -davlat qarorlarini ishlab chiqishni, uzatish va ijrosini nazorat qilishni optimallashtirish; -hukumat resurslaridan foydalanish tezligini oshirish maqsadida yagona davlat portalini yaratish; -davlat xizmatchilari o‘rtasida raqobat muhitini kuchaytirish va ularning malakasini oshirish. Bundan tashqari, davlat boshqaruv organlarining korporativ tarmog‘idagi Intranet tizimi o‘z xususiyatlari bilan Internet tizimidan farq qilmagan holda, jamiyatni axborotlashtirishdagi asosiy dasturiy vositalardan hisoblanadi. Bu tizimdan foydalanishni o‘rganish uchun davlat xizmatchisi qo‘shimcha bilim olishi, malakasini oshirishi zarur. G2B moduli, birinchi navbatda, iqtisodiyot sohasidagi davlat boshqaruvining amaldagi tizimini davlat va biznes tuzilmalarining umumiy ishi yo‘lida – biznes sub’ektlaridan har birining, binobarin, mamlakatning ravnaq topishi uchun ularning tadrijiy o‘zaro hamkorligining samarali mexanizmiga aylantirishdan iboratdir. Munosabatlarning ushbu modulida kuyidagilar asosiy sub’ekt hisoblanadi: budjet va soliqlarni tartibga solish, davlat organlari va tijorat tuzilmalarining o‘zaro iqtisodiy hamkorligi, kreditlar, investitsiyalar va boshqa moliyaviy resurslarni boshqarish, tijorat faoliyatini litsenziyalash va boshqalar. G2B moduli quyidagilarni ta’minlashi lozim: -biznes tuzilmalari oldida turgan qog‘ozbozlik va ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish; -davlat boshqaruvining ortiqcha bo‘g‘inlarini qisqartirish, tartibga solish va hujjatlar aylanishining raqamli texnologiyalarini keng joriy etish yo‘li bilan biznes jarayonlarini va tranzaksiyalarni tezlashtirish, soddalashtirish va arzonlashtirish; -qonunlar va bozor talablaridan kelib chiqib, resurslarni maqsadga yo‘naltirib, erkin boshqarish. Ushbu modul vazifalarini hal etish uchun biznes sub’ektlariga quyidagi xizmatlarni ko‘rsatishni nazarda tutadi: -kompaniyalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish; -vakolatli tashkilotlardan loyiha hujjatlariga ruxsatnomalar olish va ular bilan kelishish (ekologiya, qurilish, tabiiy resurslardan foydalanish); -litsenziyalar olish va ular muddatini uzaytirish; -yuridik maslahatlar, qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish-lar to‘g‘risida o‘z vaqtida va to‘liq axborot olish; -budjetga (daromad, foyda, qo‘shilgan qiymat, yo‘l, yer soliqlari va boshqalar) va budjetdan tashqari fondlarga majburiy korporativ to‘lovlarni amalga oshirish; JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 4.28 www.jmbm.uz VOLUME 1, ISSUE 7 (October) ISSN: 2181-3000 Page 31 -buxgalteriya, moliya, soliq va statistika hisobotlarini rasmiylash-tirish va boshqalar. G2B xizmatlari turli ijtimoiy guruh vakillariga yo‘naltirilgan bo‘lib, bu xizmatlarning asosiy maqsadi davlat bilan bog‘liq ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy jarayonlarni optimal boshqarishdan iborat. Davlat boshqaruvining axborot-kommunikatsiya tizimlari bugungi kunda ko‘plab mamlakatlar aholisi kundalik hayotiga tobora kengroq joriy etilmoqda. Davlat tomonidan xizmat ko‘rsatishda bu xizmat qaysi muassasa tomonidan va qanday ko‘rinishda bo‘lishidan qat’i nazar, eng asosiysi fuqarolarning idorama-idora sarson bo‘lishlariga barham berishdan iborat. Bu xizmatlarga quyidagilarni nazarda tutmoq joiz: -soliq deklaratsiyalarini taqdim etish va shaxsiy to‘lovlar: daromad solig‘i, mol- mulk solig‘i va h.k.larni amalga oshirish; -ijtimoiy ta’minot xizmatlaridan foydalanish, grantlar va qarzlar olish; -shaxsiy hujjatlar – pasport, haydovchilik guvohnomasi va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish; -fuqarolarni doimiy yoki vaqtincha yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish, manzil o‘zgarganligi to‘g‘risida bildirishnoma berish; -shikoyat va arizalarni qabul qilish, yuridik masalahat berish xizmatlari; -ish izlash va mutaxassislarning kasb darajasini elektron test sinovidan o‘tkazish bo‘yicha mehnat birjalari xizmatlari; -sog‘liqni saqlash tizimi xizmatlari (interaktiv maslahatlar, qabulga yozish va boshqalar); -oliy o‘quv yurtlariga kirish test sinovlari, masofadan turib o‘qitish usuli bilan davlat ta’lim muassasalarida malaka oshirish va boshqalar; -daromadlar, dividendlar to‘g‘risida axborot va maslahatlar olish; -kreditlar, imtiyozlar va litsenziyalarni online tizimida rasmiylashtirish; -turli badallar, kommunal xizmatlar haqini to‘lash va shularga o‘xshash boshqa xizmatlar. Shuningdek, tarmoq resurslari orqali ko‘rsatilayotgan ko‘plab davlat xizmatlarining o‘ziga xos moliyaviy asosini tashkil etuvchi elektron pullar aholiga ko‘rsatilayotgan zamonaviy online xizmatlaridan biridir. Shunday qilib, axborot kommunikatsiyasi tizimlarining davlat boshqaruviga keng joriy etilishi u yoki bu formulyar, guvohnoma, ma’lumotnoma va hokazolar uchun kishilarning shaxsan davlat muassasalariga kelishlari zaruriyatini ancha qisqartiradi, istiqbolda esa bundan butunlay xalos qiladi. Ko‘plab mamlakatlar tajribasini joriy etishning dastlabki bosqichidayoq kutilgan maqsadga – so‘rovlarga xizmat ko‘rsatish tezligini oshirish va kutish vaqtini kamaytirish hisobiga fuqarolarning davlat xizmatlaridan foydalanishini yengillashtirishga erishiladi. “Elektron hukumat” tizimi mutaxassislarining fikricha, davlat boshqaruviga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining kirib kelishi iqtisodiyotning rivojlanishini tezlashtirish imkoniyatini yaratadi, ma’muriy buyruqbozlik asosida kelib chiqadigan sarf-xarajatlarni kamaytiradi, davlat tashkilotlarining ish unumi va JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 4.28 www.jmbm.uz VOLUME 1, ISSUE 7 (October) ISSN: 2181-3000 Page 32 samarasini oshiradi, aholining turli axborotlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish hisobiga fuqarolik jamiyatini shakllantirish bo‘yicha imkoniyatlarni kengaytiradi, davlat xizmatlarining faoliyatidagi shaffoflikni yaratadi va byurokratik to‘siqlarni kamaytiradi. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling