Journal of marketing, business and management


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/34
Sana29.04.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1399875
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
167604587663e66e34c24ae63e66e34c24a91676045876 (1)

Аннотация. В данной статье освещается художественная интерпретация 
«Лечения сердца» и его аспекты в произведениях Алишера Навои, Виктора 
Гюго, Гафура Гулома в социально-экономической жизни нашего общества 
сегодня. Кроме того, достаточно разъяснены сущность и смысл 
художественной интерпретации в произведениях. 
Ключевые слова: Социально-экономическая жизнь, лечение сердца
художественная интерпретация. 
Bugungi kunda avlodlarimiz kamoloti yo‘lida xizmat qiladigan mumtoz 
adabiyotimizning muqaddas namunalarini chuqur ilmiy talqin etish, omma ongiga
singdirishning naqadar muhimligi haqiqatdir. Chunki adabiyotini, tarixini,
mumtoz adabiyot merosini haqiqiy tanish xalq ma’naviyatini yuksakka ko‘taradi. 
Ma’naviy dunyosini teranlashtirib, xalqlar o‘rtasida qadr-qimmatini oshiradi.
Insonlarni vijdonli, mehr-oqibatli qilib ulg‘aytiradi. Zotan, bu fazilatlar mumtoz
adabiyotimizning asosiy omili bo‘lgan insonparvarlik g‘oyalarining asosidir.
Insoniyatning abadiyatga mansub buyuk fazilatlari safida shoir, mislsiz adib 
Alisher Navoiy o‘z o‘rniga ega. Kishilik tarixida Navoiychalik buyuk iqtidorli va 
fazilatlari beqiyos kishilar juda kam uchraydi.
Jahon adabiyotida Navoiyning asarlari ko’p o’rganilgan. “Hayrat ul-abror” lirik 
janrining nodir namunasi bo‘lish bilan birga, falsafiy-didaktik asar sifatida katta 
ahamiyat kasb etadi.
G’afur G’ulom asarlarida Navoiy ijodining ta’sirini ko’rishimiz mumkin. 
G’afur G’ulom hikoyatlarida inson qalbini yaxshilik bilan davolash. Hamda 
insonlardagi yomon hislatlarni: yolg’onchilik, riyokorlik, o’g’rilik va boshqalarni 
yaxshi amal, yaxshi so’z bilan o’zgartirish masalasi yozilgan. Bundan tashqari jahon 
adabiyotida qalb muolajasi masalasi Viktor Gyugo asarida o’rganilgan. G’arb va 
Sharq adabiyotidagi komil inson masalasining o’rganilishi tahlili. O’zbek xalqining 
jahondagi boshqa millatlar bilan adabiy-madaniy aloqalari tadqiq etuvchi hamda 
uning madaniyati yuksalishiga xizmat qiluvchi kitob hisoblanadi. Navoiyning 


JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 4.28
www.jmbm.uz VOLUME 1, ISSUE 7 (October) ISSN: 2181-3000 
Page 7 
asarlari. “Hayrat ul-abror” ning dunyodagi yetakchi milliy tillarga tarjima qilinishi 
ham buning yaqqol namunasidir.
“Hayrat ul-abror” dostoni qimmatli ma’lumotlarga ega asar hisoblanadi. 
Asarning badiiy qimmati ham yuqori. Asar falsafiy-didaktik xususiyatga ega, 
tarbiyaviy ahamiyatga ega maqolatlardan iborat. Doston yigirma maqolat va yigirma 
hikoyatdan tashkil topgan. Jumladan, adabiyot olami shoirlari, kirish qismida Ollohga 
hamd hamda payg’ambarga na’t bag’ishlangan boblari ham bor. “Hayrat ul-abror” 
haqida yaratilgan filologik tadqiqotlar ham talaygina. Jumladan, filologiya fanlari 
nomzodi, Dilnavoz Yusupovaning “Hayrat ul-abror” dostonining g’oyaviy-badiiy 
xususiyatlari maqolasi shular jumlasidan. Navoiyning asarlarida qalb masalasi bir 
necha maqolatlarda keltirilgan. Uning zamonaviy adabiyotga ko’chishini G’afur 
G’ulom ijodida kuzatsak bo’ladi. Bu ikki ijodkorning asarlarida qalb masalasi 
nihoyatda go’zal qilib tasvirlangan.
Har bir asarga san’at asari sifatida baho berish, ijodkorning badiiy mahoratini 
o‘rganish bugungi kunning estetik talablaridan biriga aylanmoqda. 
To’g’ri, adabiyotshunosligimizda badiiy asar tahliliga bag’ishlangan ilmiy 
ishlar, monografik tadqiqotlar, risola va kitoblar mavjud. Ammo ularda Alisher 
Navoiyning va G’afur G’ulomning asarlaridagi “qalb” mavzusi tadqiqot sifatida 
o’rganilmagan. Ayniqsa, G’afur G’ulom ijodida Navoiydan ruhlanganligi. G’afur 
G’ulomning “Hasan Kayfiy” hikoyasida Navoiyning ijodi ta’sir etganligini 
ko’rishimiz mumkin. Alisher Navoiy hamda jahon adabiyoti adiblaridan Viktor 
Gyugo asarlaridagi “ qalb muolajasi” mavzusining qanchalik bir-biriga yaqinligi 
hamda sharq va g’arb adabiyotini qiyoslab o’rganish. Alisher Navoiyning “Hayrat ul-
abror” asari, shuningdek G’afur G’ulomning “Mening o’g’rigina bolam” hikoyati va 
Viktor Gyugoning asari hamda qalbga masalasiga doir nazariy adabiyotlar tadqiqot 
obyektini tashkil etadi. Ishning predmeti esa Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” 
asaridagi bir necha qalbga doir hikoyatlarni tahlil qilishdan iboratdir. Buyuk 
mutafakkir she’riyat sultoni Alisher Navoiy ijodiy merosi adabiyotshunos olimlar 
tomonidan ko’p o’rganilgan bo‘lsada, uning “Hayrat ul-abror” asarida qalb tasviri 
masalasi alohida tadqiqot sifatida yoritilmagan. Hamda G’afur G’ulum ojodida 
Navoiyning o’rni borligini ham ko’rishimiz mumkin. Shunga ko‘ra, tadqiqotimizda 
“Hayrat ul-abror”da iymon, sabr, tavba va inson dunyosining botiniy va zohiriy 
tasvirini aniqlashga harakat qildik. Alisher Navoiy va G’afur G’ulomning o‘zbek 
adabiyoti taraqqiyotiga qo‘shgan hissasini ko‘rsatishga harakat qildik. Alisher 
Navoiy hamda G’afur G’ulom asarlaridagi qalbning talqini nafaqat sharq adabiyotida 
balki g’arb adabiyotida ham o’rganilgan. G’arb adabiyotining sharqadan 
ilhomlangan, tarbiya komil inson masalasi sharq va g’arb adabiyotida aks etilishi. 
Mumtoz adabiyotimizda qalb masalasi xalq og’zaki ijodidan boshlanganligi, va bu 
an’ananing davom etib kelayotganligi. Navoiydan so’ng zamonaviy adabiyotda 
G’afur G’ulom ijodida aks etishini kuzatamiz. Viktor Gyugoning asarlarida ham 
insonning qalb muolajasi muammosi mavzusining ko’tarilganligini guvohi bo’lamiz. 
 


JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 4.28
www.jmbm.uz VOLUME 1, ISSUE 7 (October) ISSN: 2181-3000 
Page 8 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling