Journal of marketing, business and management
Фойдаланилган адабиётлар рўйхати
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
167604587663e66e34c24ae63e66e34c24a91676045876 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- QISHLOQ XO‘JALIGI RESURSLARIDAN SAMARALI FOYDALANISHDA RAQAMLASHTIRISHNING AHAMIYATI Nurmatov Norbek Jo‘rayevich
- Kalit so’zlar
Фойдаланилган адабиётлар рўйхати
1. “Мультииндикатор кластер кузатувлари” нима ва у қандай натижа бермоқда. // “Халқ сўзи” газетаси. 2022 йил 22 октябрь. – 3 бет. 2. www.globalwaterintel.com 3. www.iwa-network.org. JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 4.28 www.jmbm.uz VOLUME 1, ISSUE 7 (October) ISSN: 2181-3000 Page 38 4. www.oecd.org 5. https:// www2.deloitte.com/content/dam/Deloitte/global/Documents/Energy- and-Resources/gx-erwatercountryprofiles.pdf. 6. Пардаев М.Қ., О.М.Пардаева, О.М.Пардаев Иқтисодиётни стратегик ривожлантиришнинг инновацион моделлари. Монография. – Т.: “Fan va texnologiyalar nashriyot-matbaa uyi”? 2022. – 228 бет. JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 4.28 www.jmbm.uz VOLUME 1, ISSUE 7 (October) ISSN: 2181-3000 Page 39 QISHLOQ XO‘JALIGI RESURSLARIDAN SAMARALI FOYDALANISHDA RAQAMLASHTIRISHNING AHAMIYATI Nurmatov Norbek Jo‘rayevich Termiz davlat universiteti katta o‘qituvchisi Annotatsiya. Ushbu maqolada qishloq xo‘jaligi resurslaridan samarali foydalanishda raqamlashtirishning ahamiyati va o’rni haqida fikr mulohazalar keltirilgan. Qolaversa, qishloq xo‘jaligi resurslaridan samarali foydalanishda raqamlashtirishning o’ziga xos xususiyatlari bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Kalit so’zlar: qishloq xo’jaligi, resurslar, raqamlashtirish, samarali foydalanish. Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida raqamli texnologiyalar asosida mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni takomillashtirish vazifasi belgilab berilgan. Raqamlashtirish qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida ma’lumotlarini elektron almashish, statistik ma’lumotlarni to‘plash va ularni tahlil etish, qishloq xo‘jaligi subyektlari uchun dolzarb xizmatlar va ma’lumotlarni raqamli texnologiyalar yordamida taqdim etish, bu borada jarayonlarning shaffofligini oshirish va inson omilini kamaytirish choralarini ko‘rish, idoralararo qishloq xo‘jaligiga oid ma’lumotlarning elektron almashinuvini yo‘lga qo‘yish imkonini beradi. Shu sababli mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini raqamlashtirishga alohida e’tibor berilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4699-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash doirasida 2020-yil 17-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi agrosanoat majmui va qishloq xo‘jaligida raqamlashtirish tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 794-sonli qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra agrar sohani raqamlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi: qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan, suv resurslaridan samarali foydalanish va ekinlar holatininazorat qilishning idoraviy va idoralararo axborot tizimlarini joriy etish; agrosanoat majmuidagi tashkilotlar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarni, shu jumladan davlat xizmatlarini to‘liq elektron shaklga o‘tkazish; JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 4.28 www.jmbm.uz VOLUME 1, ISSUE 7 (October) ISSN: 2181-3000 Page 40 qishloq xo‘jaligi sohasida zamonaviy AKTni joriy etish uchun maqsadli loyihalarni amalga oshirish; suv omborlari va sug‘orish tizimlarida suv resurslaridan foydalanishni onlayn rejimda nazorat qilish texnologiyalarini joriy etish; suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish, suvdan foydalanish va suv iste’moli hisobini yuritish hamda ma’lumotlar bazasini shakllantirish; biznes-startap loyihalarni amalga oshirish va innovatsion loyihalar natijalarini tijoratlashtirish uchun korxonalarga ko‘maklashish. Ushbu qarorga ko‘ra Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” davlat muassasasini tashkil etish belgilab qo‘yilgan edi. Markaz agrosanoat majmuida “Raqamli qishloq xo‘jaligi” axborot tizimi yuritilishi uchun mas’ul hisoblanadi. “Raqamli qishloq xo‘jaligi” axborot tizimi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilar, ta’minotchilar hamda qayta ishlash tashkilotlari o‘rtasida o‘zaro iqtisodiy hamkorlikni amalga oshirish imkoniyatini beruvchi platforma bo‘lib xizmat qiladi. Prezidentimiz 2022-yil 18-oktabrda agrar sohadagi vazifalar muhokamasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda “Raqamlashtirish bo‘lmasa, sohada haqqoniy statistika bo‘lmaydi. To‘g‘ri ma’lumot bo‘lmagach, agroxizmatlar rivojlanmaydi, fermerlar qachon nimani eksa, ko‘proq daromad olishini bilmaydi. Shuning uchun bu jarayonni tezlashtirish kerak”, - deb ta’kidladilar. Yurtboshimiz tomonidan qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish sohasida yil yakunigacha 3 ta, kelgusi yilda 4 ta loyihani yakunlab, yer hisobi, subsidiya ajratish, ekin maydonlarini monitoring qilishni to‘liq raqamlashtirish vazifasi qo‘yildi. Qishloq xo‘jaligida raqamlashtirishning mohiyati va ahamiyati haqida mutaxassislar va olimlar tomonidan fikrlar berib o‘tilgan. Jumladan, V.I.Belskiyning fikriga ko’ra, raqamli texnologiyalarni qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga joriy etish ushbu sohani strategik rivojlantirishning eng muhim elementlaridan biridir. Bio va nanotexnologiyalar, genetik rivojlanishdan foydalanish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xaridorlarning aniq toifalariga moslashtirish qobiliyati sohaning raqobatbardoshligini oshirishning muhim omilidir, ammo raqamli innovatsion texnologiyalardan faol foydalanmasdan turib mahalliy qishloq xo‘jaligi sanoatini tezda yuqori texnologiyali sohaga aylantirish imkonsizdir. T.I.Espolovning fikriga ko‘ra esa, dunyo allaqachon ma’lumotlar, g‘oyalar va yangiliklarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar oqimlari bilan belgilanadigan raqamli globallashuv davriga qadam qo‘ydi. Aqlli qurilmalar tobora kichrayib, tezlashib, arzonlashib, kuchliroq bo‘lib bormoqda va ular muammolarni hal qilishning kalitidir [3]. Bizning fikrimizcha, qishloq xo‘jaligini raqamlashtirishning tarmoq miqyosidagi va korxonalar miqyosidagi darajalarini bir-biridan farqlash zarur (1- rasm). Tarmoq darajasidagi raqamlashtirish quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lishi mumkin: - qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida foydalanilayotgan resurslar (yer, suv, kapital, mehnat) va ularning holati to‘g‘risida axborotlar tizimini yaratish; - tarmoqda mavjud resurslardan foydalanish holatini monitoring qilib borish; JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 4.28 www.jmbm.uz VOLUME 1, ISSUE 7 (October) ISSN: 2181-3000 Page 41 - tarmoqda samarali boshqaruvni amalga oshirish uchun raqamli ma’lumot almashinuvini joriy etish. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling